01 умичт ўқув қул
Moy ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalari
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Oziq-ovqat texnologiyasi jarayonlarining tavsifi
8
Moy ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalari: -moyli xom ashyolarni qabul qilish uskunalari; -moyli xom ashyolarni tozalash uskunalari; -moyli xom ashyolarni kondisiyalash uskunalari; 9 -moyli xom ashyolarni maydalash va tarkibiy qismlarga ajratish uskunalari; -mag’izni yanchish uskunalari; -yanchilgan mag’izga namlik va issiqlik bilan ishlov berish uskunalari; -presslash uskunalari; -ekstraktsiyalash uskunalari; -distillyatsiyalash uskunalari; -moylarni birlamchi tozalash uskunalari; -erituvchini regeneratsiya va rekuperatsiya qilish uskunalari va boshqalar. Har qanday texnologik qurilma, texnik, texnologik, estetik, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga javob berishi kerak. Yog’-moy sanoatida ishlatiladigan uskunalar xom shyoga nisbatan neytral materiallardan yasalgan bo’lishi kerak: bu materiallar tarkibida inson organizmiga zarar yetkazadigan moddalar bo’lmasiligi, xom ashyo yoki qayta ishlanayotgan mahsulot bilan o’zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishmasligi kerak; zanglashga chidamli bo’lgan materiallardan tayyorlanishi yoki maxsus qoplamalar bilan qoplanishi lozim. Bu sohada qo’llaniladigan uskunalar asosan po’lat, cho’yan, alyuminiy, titan, mis va shunga o’xshash materiallardan tayyorlaniladi. Yog’-moy sanoatida ishlatiladigan uskunalar oson boshqariladigan, elektrenergiya, suv, bug’ kam sarflaydigan ratsional bo’lishi lozim. 1.2.Oziq-ovqat texnologiyasi jarayonlarining tavsifi Yog’-moy sanoatning zamonaviy korxonalari murakkab texnologik jarayonlarini bajaruvchi turli xil uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan. Texnologik jarayonlarni ikkita asosiy guruhlarga ajratish mumkin: asosiy, ko’p ishlab chiqarishlarda uchraydigan; spetsifik (o’ziga xos), aynan shu ishlab chiqarish uchun xos. Jarayonlarni o’tishini xarakterlovchi asosiy qonuniyatlariga bog’liq holda, bu jarayonlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: mexanik va gidromexanik; termo (issiqlik); 10 fizik-kimyoviy. Mexanik va gidromexanik jarayonlarga quyidagilar kiradi maydalash; saralash; presslash; almashinish; aralashtirish; cho’ktirish; filtrlash; tsentrifugalash va xok. Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchga mexanik kuchlar, gidrostatik va gidrodinamik bosim yoki markazdan qochma kuchlar kiradi. Issiqlik (termo) jarayonlariga quyidagilar kiradi: isitish; sovitish; bug’latish; kondensatsiya; sun’iy sovuqni hosil qilish va xok. Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlariga issiqlik almashinuvchi, muhitlar haroratini farqi kiradi. Fizik - kimyoviy jarayonlarga quyidagilar kiradi: sorbtsion jarayonlar; ekstraktsiyash; quritish; haydash; kristallash va xok. Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlariga o’zaro ta‘sirlanuvchi fazalardagi moddalar orasidagi kontsentratsiyalar farqi kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling