01 умичт ўқув қул


II- bob.URUG’LARNI QABUL QILISH VA OMBORLARGA


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

II- bob.URUG’LARNI QABUL QILISH VA OMBORLARGA 
JOYLASHTIRISH JARAYONI VA QURILMALARI 
Yog’-moy sanoati korxonalariga urug’lar turli xil transport vositalarida keladi: 
yuk mashinalarda, temir yo’l vagonlarida va bosh. Tayyorlov davrida transportni 
tezda yukdan tushirish katta ahamiyatga ega.
Silliq bo’lgan kungaboqar, zig’ir, kanakunjut va boshqalar urug’i O’rta Osiyo 
zavodlaridan boshqa respublika korxonalarda katta o’rin tutadi. Yuzasi tukli urug’ 
bo’lgan chigit O’zbekiston yog’-moy korxonalarida asosiy xom ashyo bo’lib, uni 
vagon va avtomashinalardan tushirish, omborga joylash va sexlarga uzatish ancha 
murakkab ish, shuning uchun bu ishlarni mexanizmlar yordamida bajarish alohida 
diqqat e‘tiborni talab etadi. 
Chigit paxta zavodlaridan, boshqa yog’li urug’lar esa jamoa xo’jalik dalalari 
yoki tayyorlov punktlaridan yog’ zavodlariga temir yo’l transporti orqali yoki 
avtomashinalarda tashiladi.


25 
Urug’larni qabul qilish va saqlashga tayyorlash jarayonlari maxsus qurilmalar 
yordamida bajariladi. 
Korxonaga olib kelingan urug’larning har bir partiyadan (avtomashina, vagon va 
bosh.) maxsus moslama yordamida namuna olinadi. 


26 


27 
2.1.Urug’larni qabul qilish va omborlarga joylashtirish transport 
qurilmalari 
Avtomobil bo’shatkichlari. Avtomobil bo’shatuvchilardan amalda gidravlik 
uskunalari keng qo’llaniladi. Ular ikki xil - statsionar va ko’chma turlariga bo’linadi.
Statsionar avtomobil bo’shatuvchilari platformada o’rnatiladi. Ko’chma 
avtomobil bo’shatuvchilar maydonchalar va omborlarda ishlatiladi.
Avtomashina va avtopoezdlardan yuk tushirish uchun gidravlik avtomobil 
bo’shatkichlardan foydalaniladi. Bulardan statsionar va o’ziyurar tipdagi ГУAР, 
ПГA, БAР, ГAП va boshqa bo’shatkichlarni ko’rsatish mumkin (3-rasm). 
Avtomobil bo’shatuvchi ГУAР-15C gidravlik universal mexanizm bo’lib, 15t 
yuk ko’taradigan avtomashinani bo’shatadi. Uning boshqa tipi ГУAР-30 bir nechta 
pritsep ulangan avtopoezdni bo’shatish uchun mo’ljallangan. Yuk mashinaning orqa 
tomonidan tushirila boshlanadi, agar pritseplar 12 t yuk ko’tarishga mo’ljallangan 
bo’lsa, unda mashina yonboshdagi bort (to’siq)ni ochib bo’shatiladi. Katta platforma 
bir-biriga ulangan ikkita maydonchadan tashkil topgan. Uning bir qismi tayanch 
yordamida sharnir shaklida fundamentga bog’langan, boshqa bir tomoni bo’sh 
holatda turadi. 
Bir juft o’zi o’rnashadigan tiragich oldida, fundamentdagi platforma teshigiga 
tayanchlar o’rnatilgan, ular avtomobil g’ildiraklarini itarib chiqarib yuboradi. Katta 
platformani sharnir yordamida qo’shilgan ikkita gidravlik domkrat aylantirib turadi. 
Kichik platformaning yonboshida avtomashina g’ildiraklari uchun tirgak va 
ko’tarilayotgan bortlarni ushlab turuvchi mexanizmi mavjud. 
БAР-25 rusumli shatakli statsionar gidravlik avtomobil bo’shatkich ko’p tonnali 
mashinalarni chap tomonidan bo’shatish uchun mo’ljallangan. Bo’shatkichning 
ikkala platformasi bir-biriga qimirlamaydigan qilib zich biriktirilgan, platformasi 
ko’tarilganda mashinaning yon bortini to’liq ochadigan mexanizmi mavjud. 
ГAП-2У, ГAП-2Н, ГAП-4 va boshqa rusumdagi avtomobil bo’shatkichlar har 
xil: statsionar, o’ziyurar, gidravlik printsipda ishlaydigan bo’lib, 8-12 t yukni 
tushirishga mo’ljallangan. 


Avtomashinalarda keltirilgan 
Avtomobildan yuk tushiradigan bu ma
bo’lib, rolik shaklidagi tayan
boshqa ikki donasi yetaklov
Yo’lduzchalarning tishi vtulkali roliklarnnng zanjiriga kirib turadi. Aylantirilganda 
yo’lduzchalar zanjir ustidan siljib, platformani qiy
ortilgan mashina ham yonbo
3-rasm.Unversal 
1-tutqich; 2-katta platiforma; 3
ko’targich; 7-kichik pl

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling