01 умичт ўқув қул
Paxta chigiti mezgasidan presslab moy olish jarayonining davom etish vaqti
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Paxta chigiti mezgasidan presslab moy olish jarayonining davom etish vaqti
Presslash Press turi Shnekli valning aylanish tezligi, min -1 Kunjara qalinligi, mm Materialni pressdan o’tish o’rtacha vaqti, sek Bir marta МП-21 35,6/23 3,2...5,6 124...182 Dastlabki ФП 20 9...12 50...54 ФП 24 9...12 45 Oxirgacha ЕП 5,5 7...10 200...273 Zeyer qabul qilish qismida shnekli valning o’ramini qadami eng katta bo’lib, bu o’ram presslash qurilmasini ish unumdorligini belgilaydi va qabul qiluvchi transportyor vazifasini bajarib mezgaga kuchsiz bosim bilan ta’sir etadi. Mezga shnek o’ramalari ta’sirida aylanma va ilgarilanma harakat qiladi. Mezga kunjara chiqish tomoniga harakatlanayotganda uning siqilishi va tarkibidagi moyning ajralishi natijasida uning hajmi kichrayadi. Bosimni oshirish uchun shnek o’ramlarining qadami kichrayib boradi. Turli konstruktsiyadagi presslash qurilmalarida qo’shimcha bosim turli yo’llar bilan hosil qilinadi. Presslash qismning konstruktsiyasi bo’yicha shnekli presslar quyidagi turlarga bo’linadi: - silindrsimon zeyer va tekis shnekli val (52-rasm, a); - silindrsimon zeyer va bosqichli shnekli val (52-rasm, b); - bosqichli zeyer va tekis shnekli val (52-rasm, c); - bosqichli zeyer va bosqichli shnekli val (52-rasm, d). 111 52-rasm.Shnekli presslarning turlari. Bosqichli zeyerning va shnekli valining diametrlari pressning uzunligi bo’yicha o’zgaradi. Shnek qadami va kanalning chuqurligi h presslash qismning muhim geometrik ko’rsatkichlari hisoblanadi. Shnekli val (53-rasm) 1 shnek o’ramalari va 2 oraliq g’ildiraklardan yig’iladi. Oraliq g’ildiraklar shnek diametri o’zgaradigan joylarda o’rnatiladi. Shnekli press ishlaganda siqilayotgan tovarning zeyerli silindr devorlariga va shnekli valning o’ramlariga ishqalanishi tufayli ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Shnekli valning bunday qizishi kunjarani kuyishiga, moylarning rangini oshirishiga olib keladi. Shu sababdan ham ba’zi bir shnekli presslash qurilmalarining (masalan, ekspellerlar) o’qlarining ichiga sovitish uchun suv yuboriladi. 53-rasm. FP pressning shnekli vali. 1-shnek o’ramalari, 2- oraliq g’ildirak. Zeyerli silindr (54-rasm) alohida plastinalardan yig’iladi va shnekli val joylashgan presslash qismini tashkil etadi. Zeyer plastinalari orasida moylarni oqizish uchun bo’ylama tirqishlar bo’ladi. Bu tirqishlardan siqilgan moy oqib chiqadi, ammo mezga zarrachalari o’tmasligi kerak. Tirqishlar o’lchamlari pressning turi va qayta ishlanayotgan xom ashyoning turiga bog’liq bo’lib, zeyerli silindri uzunligi bo’yicha kichrayadi. 112 Zeyerli silindri vertikal yoki gorizontal chiziq bo’yicha o’rtasidan teng ikkiga bo’lingan bo’lib, ularni po’lat qobiq biriktirib turadi. Bu qobiq boltlar bilan mahkamlanadi. Zeyerli silindrning qobirg’asida zeyer plastinalari yig’iladi. 54-rasm. FP pressning zeyerli silindri. a- yig’ilgan zeyerning kesimi; b- umumiy ko’rinishi; c- zeyerning bo’ylama kesimi; d- zeyerning ko’ndalang kesimi; e- pichoqlar. 1-tayanch ponasi, 2-pichoq, 3-taranglovchi pona, 4- zeyer plastinasi; 5-zeyer silindrning qobirg’asi. Zeyer plastinalari (55-rasm) shunday teriladiki ular shnekli valning aylanishiga qarshi tomonga ma’lum bir qarshilik hosil qilishi uchun baland tomoni bilan teriladi. Zeyerning har ikkala yarmi birik kesib uni shnekli val bilan birga ay Presslash qurilmalarida kunjarani qalinligini rostlab turuvchi mexanizm pressda qo’shimcha bosim hosil qilishga yordam beradi. Zamonaviy presslash qurilmalarida konusli, diafragmali, granulyatsiyalaydigan matritsalar yor kunjara qalinligi rostlab turiladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling