01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Tayanch so’z va iboralar: yanchilma, qovurish, namlash, to’ppa, plastikligi,
inaktivator, qasqon, agregat, mezga, Link klapani, to’yingan bug’. Nazorat savollari: 1.Yanchilgan mag’izga namlik va issiqlik bilan ishlov berishdan maqsad. 2.Yanchilmani namlash qurilmalarining konstruktsiyasi va ishlashi. 3.Qovurish qurilmalariga qo’yiladigan talablar. 4.Qovurish qurilmalarning turlari. 5.Barabanli qovurish qurilmalarining tuzilishi va ishlashi. 6.Qasqonli qovurish qurilmalarining tuzilishi va ishlashi. 7.Qasqonli qovurish qurilmalarini issiqlik balansini hisoblash. 8.Qasqonli qovurish qurilmasida mezgani bir qasqondan ikkinchi qasqonga o’tishi. 107 51-rasm. Qasqonli qovurish qozonlari. VIII-bob: PRESSLASH USULIDA MOY OLISH USKUNALARI 8.1.Presslash usulida moy olish jarayoni Presslash usulida moyli xom ashyolardan moy olish usuli eng qadimgi usuli bo’lib hozirgi vaqtda ham keng qo’llaniladi. Yog’-moy korxonalarda presslash usulida moy olishda uzluksiz ishlaydigan turli konstruktsiyadagi shnekli presslash qurilmalaridan foydalaniladi. Texnologik maqsadlarga ko’ra shnekli presslar ikkita guruhga bo’linadi: - moylarni dastlabki ajratish uchun forpresslar; - moylarni oxirgacha ajratish uchun ekspellerlar. Forpresslash-ekstraktsiyalash va moylarni ikki marta dastlabki presslab ajratish uchun forpresslar ishlatiladi. Forpresslarda zeyer silindri va shnekli valning diametri 108 katta (250...320 mm); shnekli valning aylanish tezligi ham ko’paytirilgan (18...28 min -1 ); pressdan chiqayotgan kunjaraning qalinligi 6...7 mm dan kam emas (ba‘zida 9...12 mm). Ekspellerda zeyer silindr va shnekli valning diametri kichraytirilgan (130...155 mm); shnekli valning aylanish tezligi pasaytirilgan (4,5...5,5 min -1 ); pressdan chiqayotgan kunjaraning qalinligi 3-5 mm. Pressda siqilish jarayonini quyidagicha tushuntirish mumkin. Qovurish qasqondan pressning shnekli o’qiga tushgan mezga optimal namlikga ega bo’lib, unda zarrachalar orasida ma’lum bir bo’shliqlar bo’ladi. Shnekli o’q bilan harakatlanayotgan mezga zichlasha boshlaydi va zarrachalar o’zaro bir-biriga yaqinalashadi, buning natijasida mezga sirtidagi molekulyar kuchlar ta’sirida bog’lanib turgan moy ajralib chiqa boshlaydi. Bosimning ortib borishi natijasida zarrachalarning o’zi ham deformatsiyalanib ularning kapillyarlaridan moy ajrala boshlaydi. Shundan keyin bosimning ortishi zarrachaning gel qismini deformatsiyalanishiga va buning natijasida bir qism kapillyarlarni ichidagi moyi bilan berkitilishiga olib keladi. Kapillyarlar ichida yopilib qolgan va buzilmagan to’qimalardagi moy kunjaraning qoldiq moyini tashkil etadi. Pressda siqib moy olishda kunjarada qolgan moyning miqdori pressda hosil qilingan gidrodinamik bosimga, mezga qatlamining qalinligiga, mezganing g’ovakligiga va deformatsiyalanishiga, moyning qovushqoqligiga, siqilish vaqtiga, mezga hajmining siqilishda kichrayish darajasiga va siqilayotgan moyning zichligiga bog’liq. Presslash jarayoniga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri mezganing plastikligi hisoblanadi. Mezganing plastikligi o’z navbatda issiqlik-namlik bilan ishlov berish rejimiga bog’liq. Ishlov berish rejimidan og’ish mezga xususiyatlarini o’zgarishiga olib keladi. Mezganing namligi me’yordan yuqori bo’lganda, uning plastikligi oshadi va presslashda kunjara hosil bo’lmaydi. Xom ashyo tushayotgan joydan moylar oqib chiqadi, zeyer tirqishlaridan ezilib chiqayotgan mezga miqdori oshadi, elektrodvigatel kuchlanishi kamayadi. 109 Mezga haddan tashqari qurib ketsa uning plastikligi kamayadi, yog’sizlantirilgan mahsulot unsimon bo’lib chiqadi, moy chiqishi kamayadi va asosan kunjara chiqayotgan tomonga oqib tushadi, elektrodvigatel kuchlanishi oshib ketadi, keyin keskin pasayadi. Bosim ta’sirida mezga zarrachalari o’zaro bir-biriga yaqinalashadi, zichlanadi va deformatsiyalanadi. Natijada mezga butun plastik massaga aylanadi. Bosim ortishi bilan g’ovakli kunjara briketi hosil bo’ladi. Mezganing plastikligi pressdagi bosimga ta’sir qiladi va siqilish darajasini ta’minlaydi. Pressning zeyerida bosimning hosil bo’lishi uning konstrultsiyasi va presslanayotgan xom ashyoning turiga bog’liq. Shnekli presslarda mezganing zichlanishi natijasida moylar ajralib chiqadi. Mahsulot zichlanishning asosiy sabablari: -shnek qadami qisqarishi natijasida mahsulot hajmi kichrayishi; -shnek o’qining diametrini o'zgarishi; -shnek o’ramalarning balandligi o’zgarishi; -mezga zarrachalarining shnek o’ramalariga, zeyer devorlariga va o’zaro ishqalanishi; -shnekning aylanishi natijasida o’ramalarning mezgaga mexanik ta’siri; -kunjara qalinligini rostlab turadigan mexanizmning qarshiligi. Mezga tarkibidagi moyni shnekli pressda maksimal miqdorda olish uchun quyidagi shartlarga amal qilish kerak: - presslanayotgan mezga strukturasi presslash uchun optimal bo’lishi; - pressni xom ashyo bilan bir xil miqdorda uzluksiz ta’minlash; - pressda hosil qilinadigan bosimning miqdori maksimal moy ajralishini ta’minlashi; - presslash jarayonining davom etish vaqti moyni ajratib olish uchun etarli bo’lishi kerak. Pressda ajratiladigan moyning asosiy qismi (96% cha) uning birinchi yarimida siqib chiqariladi. Mezgani presslash natijasida hujayralarning qo’shimcha buzilishi (10...15%) ko’zatiladi. 110 Hamma turdagi presslash qurilmalarning asosiy konstruktiv elementlari shnekli val va zeyerli silindr, qo’shimcha elementlari ta’minlagich, kunjara qalinligini sozlovchi mexanizmi, elektrodvigatel hisoblanadi. Asosiy va qo’shimcha elementlarning barchasi cho’yan plitada yig’ilgan. 7-jadval Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling