01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
9.4.НД-1250 M ekstraktorlari
Takomillashtirilgan (modernizasiyalangan) shnekli ekstraktor (63-rasm) uchta asosiy qismlardan iborat: yuklash kolonnasi 4, gorizontal shneki 2 va ekstraktsiyalash kolonnasi 20. Kolonnalar ichida 5 shneklar joylashtirilgan. Ular alohida 1,13 va 14 uzatmalar yordamida harakatga keltiriladi. Ekstraktorning ichida erituvchi harakatlanishi uchun shnek o’ramlari teshik-teshik (perforatsiyalangan) qilingan. Mistsella tarkibidagi qattiq zarrachalarni miqdorini kamaytirish maqsadida yuklash kolonnasida 10 dekantator o’rnatilgan. Dekantator (tindirgich)ning ustki qismi silindrsimon (d = 2200 mm), pastki qismi esa konussimon yasalgan. Dekantatorning konussimon qismida ekstraktsiyalanayotgan material shnek bilan birga aylanmasligi uchun uchta 6 yo’naltiruvchi plastinalar o’rnatilgan. Korpusning ostki qismida payvandlangan flanetslar yordamida tindirgich yuklash kolonnasiga o’rnatiladi. Tindirgichning ustki silindrsimon qismiga qopqog’ o’rnatilgan bo’lib, bu qopqoqda kuzatish oynasi va qisqa silindr mavjud. Ekstraktsiyalanayotgan material ekstraktorning yuklash kolonnasiga 11,qiya va 12 markaziy ta’minlovchi quvurlar orqali beriladi va dekantatorning konussimon qismida filtrlovchi qavatini hosil qiladi. Yuklash kolonnasiga tushadigan xom ashyo qarama-qarshi harakatlanadigan mistsella oqimida yog’sizlantiriladi va 2 gorizontal shnek bilan 20 ekstraktsiyalash kolonnasiga o’tadi. Ekstraktsiyalash kolonnasida xom ashyo vertikal shnek yordamida tepaga ko’tariladi va toza erituvchi bilan yuviladi. Shnekli valning yuqori qismida joylashgan 15 parraklar yordamida shrot ekstraktordan chiqariladi. 134 Erituvchi nasos bilan ekstraktsiyalash kolonnasining ustki qismidan ikki xil balandlikdagi 18 sachratgichlar orqali yuboriladi. Vertikal yo’nalishda sachratgichlar orasidagi masofa 1000 mm. Ekstraktsiyalash kolonnasining shnekli vali ekstraktorning boshqa shneklarga o’xshab soat strelkasi bo’yicha aylanadi. Ekstraktordan chiqayotgan shrot tarkibida erituvchi va namlik 20...40 % tashkil etadi. Erituvchi ekstraktsiyalanayotgan materialga qarama-qarshi harakatlanib mistsella holatda 10 dekantatorga kelib tushadi, ekstraktorga tushayotgan kunjara qatlamidan filtrlanib o’tadi va tindirgichga tiniydi. Qurilmaning bu qismida mistsellani harakat tezligi sekin boradi, shu sababdan mistsella tarkibidagi qattiq zarrachalar cho’kadi. Bir qism tinigan mistsella qurilmaning ustki qismidagi 8 patrubkadan uzluksiz chiqib turadi. Bu yerda mistsella xom ashyo qavatidan o’tishi natijasida o’z-o’zidan filtrlanadi. Mistsella ekstraktordan dekantatorning silindrik qismida o’rnatilgan uchta patrubka 8 orqali chiqadi. Uning kontsentratsiyasi 20...25%, tarkibida ekstraktsiyalanayotgan materialning zarrachalari miqdori 0,4...1,0% bo’ladi. Ekstraktor mistsellani retsirkulyatsiyalash sistemasi bilan jihozlangan. Uning yordamida ekstraktsiyalash jarayonining harorat rejimi stabillashtiriladi. Mahsulot tiqilib qolmasligi uchun ekstraktorda 3 yuvuvchi sistemasi mavjud. Havo-gaz aralashmasini chiqarish uchun yuklash va ekstraktsiyalash kolonnalarning ustki qismida vakuum sistemaga ulangan 17 deaeratsion patrubkalar o’rnatilgan. НД-1250M ekstraktori 21 lyuk, 19 kuzatishh oynalari, nazorat vositalari va texnologiya jarayonini avtomatlashtirish moslamalari bilan jihozlangan. Modernizatsiyalangan НД-1250 ekstraktorda ekstraktsiyalash jarayonining unumdorligini oshirish uchun quyidagi o’zgarishlar amalga oshirilgan: -ekstraktsiyalash kolonnasining balandligi 2...2,5 m oshirilgan, bu esa ekstraktsiyalanayotgan material bilan erituvchini uzoq vaqt kontaktda bo’lishi va moyni to’liq olishini ta’minlaydi; erituvchini oqizish zonasi uzaytirildi; 135 - shrotning benzin yutish sig’imi kamaygan, erituvchi bosimi oshirildi, natijada ekstraktsiyalash jarayonining gidrodinamik sharoitlari yaxshilandi; -ekstraktorda mistsellani ekstraktsiyalanayotgan material qavatidan o’z-o’zidan filtrlanishi uchun takomillashtirilgan dekantator o’rnatildi; - ekstraktorning pastki qismida ekstraktsiyalash jarayonining harorat rejimini stabillashtirish uchun mistsellani retsirkulyatsiyalash sistemasi mavjud; -erituvchi bug’latgichga o’tib ketmasligi uchun avtomatik qaytaruvchi o’rnatilgan; -ekstraktorning yuklash kolonnasi sovutish yuzasi 150 m 2 bo’lgan kondensatorga biriktirilgan. Ekstraktorni ishga tushurishdan oldin uning barcha mexanik qismlarning ishlashi tekshiriladi. Kamchiliklar aniqlanmagandan so’ng qurilma ishga tushuriladi. Yuklash kolonnasiga ekstraktsiyalanayotgan material beriladi, bunda shneklar harakatlanmaydi. Keyin ekstraktorning ishchi hajmini to’ldirish uchun yuklash va ekstraktsiyalash kolonnalarning pastki qismidan qizdirilmagan benzin yuboriladi. Ekstraktor to’lgandan keyin ekstraktsiyalash kolonnaning forsunkalaridan sekinlik bilan (2...3 m 3 /soat) erituvchi beriladi. НД -1250 va takomillashtirilgan НД-1250 ekstraktorlarning texnik tavsifi Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling