01 умичт ўқув қул
Tasmali (lentali) De-Smet ekstraktorning tuzilishi va ishlashi
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Tasmali (lentali) De-Smet ekstraktorning tuzilishi va ishlashi (66-rasm).
Ekstraktorning 1 korpusi yaxlit po’latdan tayyorlangan. Ekstraktsiyalanadigan material 4 tasmali transportyor yordamida harakatlanadi. 2 yuklash bunkeriga o’rnatilgan shiber (tusiq) yordamida avtomatik ravishda xom ashyo qavatining balandligini 0,8...1,4 m oralig’ida boshqarib turadi. Transportyor tasmasi 3 yo’lduzchalar yordamida aylanadi. Tasmali transportyor maxsus (xrapovikli) mexanizm yordamida to’xtab-to’xtab harakatlanadi. Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoning ustki qismida 7, 8 sachratgichlar o’rnatilgan. Tasmaning ostida ekstraktsiya bosqichlariga mos 6 mistsella yig’gichlari joylashtirilgan. Ularning har biri markazdan qochma nasoslar bilan ta‘minlangan bo’lib, bu nasoslar o’z navbatida tegishli sachratgichlarga mistsellani yetkazib beradi. Ekstraktorning har bir bosqichida erituvchini oqizish zonasi mavjud. Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni ustki qismi 12 qo’zg’atgichlar bilan yumshatilib turiladi. Ekstraktsiyalanadigan material 21 elektromagnitdan o’tib 16 qopqoq orqali bunkerga, u erdan transportyorga tushadi. Transportyor bilan harakatlanib xom ashyo 7,8,9,10 sachratgichlar orqali oldin kontsentrlangan mistsella, keyin kuchsiz kontsentratsiyali mistsella, oxirida toza erituvchi bilan yuviladi. 143 66-rasm. Tasmali (lentali) De-Smet ekstraktori. 1-korpus, 2-yuklash bunkeri, 3-yo’lduzchalar, 4-tasmali (lentali) transportyor, 5-bo’shatish bunkeri, 6-mistsella yig’gichlari, 7,8,9,10-sachratgichlar,11,17-nasoslar, 12-yumshatkich, 13-rotorli yumshatkich, 14-cho’tkali baraban, 15-yumshatkich, 16-shnek,18-isitgich, 19-sarfo’lchagich, 20- sifon apparati, 21-elektromagnit, 22-tarnov, 23-me’yorlovchi, 24 va 25-sathni boshqarish avtomatik qurilmalari. Erituvchi sig’imdan 18 isitgich va 19 sarfo’lchagich orqali 9 sachratgichga keladi. Moysizlantirilgan material (shrot) tushurish 5 bunkeridan 16 shnek orqali ekstraktordan chiqariladi. Mistsellani material qatlamidan o’tishi natijasida uning kontsentratsiyasi oshadi. Oxirida kontsentrlangan mistsella ekstraktordan chiqariladi. Transportyor to’rini tozalash uchun 20 sifon apparatdan 10 sachratgich orqali filtrlangan mistsella beriladi. Loyqa mistsella ostki sig’imdan 17 nasos yordamida 18 isitgich va 22 tarnov orqali yangi kirayotgan materialning ustiga quyiladi. Shrotni tushurish joyida yumshatkich mavjud, 14 cho’tkali baraban yordamida transportyor to’ri qattiq zarrachalardan tozalanadi. Bunkerda xom ashyo sathini boshqarish 24 va 25 avtomatik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling