01 умичт ўқув қул
Qalin qatlamda distillyatsiyalash
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Qalin qatlamda distillyatsiyalash qaynash harorati yuqori bо’lgan, yuqori
konsentratsiyali (80…85%) mistsellalar uchun qо’llaniladi. Bunday holatda erituvchini ajratish bug’latish yо’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni jadallashtirish uchun apparatda vakuum hosil qilinadi, mistsellaning qalin qatlamiga esa barbotyor orqali ochiq bug’ beriladi. Qalin qatlamda distillyatsiyalashda mistselladagi bosim yuqori va pastki qatlamlarda bir xil bо’lmaydi, demak, eritmaning harorati ham qatlam balandligi bо’yicha turli xil bо’ladi. Suyuqlikni pastki qatlamida turgan bug’ pufakchalari 158 qatlam orqali uni bosimini yengib о’tishi lozim, demak yuzadagiga nisbatan yuqori bosimga ega bо’ladi. Shu sababli quyi qatlamdagi mistsellaning qaynash harorati yuqori bо’ladi. Erituvchini bug’latish va mistsella kontsentratsiyasining oshishi bilan gidravlik bosim kо’tarilib boradi, chunki bunda olinayotgan mistsella zichligi ortadi. Qatlam qalinligi qancha kichik bо’lsa, gidravlik bosim ta’siri shuncha kam bо’ladi. Ekstraktsiya moyining tayyorligi chaqnash harorati bо’yicha aniqlanadi. Bu kо’rsatkich kо’pgina moylar uchun 225 0 C dan past bо’lmasligi kerak (ya’ni yog’dagi qoldiq benzinning miqdori 0,01% teng bo’ladi). Purkash, plyonkada va qalin qatlamda distillyatsiyalash usullari bir-biridan suyuqlik va gaz fazalarini ajratuvchi yuza kattaligi – bug‘lanish oynasi deb ataluvchi kattalik bilan farqlanadi. Mistsella hajmining birligiga nisbatan bug’lanish oynasining kattaligi qalin qatlamda distillyatsiyalashdan purkash bilan distillyatsiyalashga qarab о’shib boradi. Bug’lanish oynasi qancha katta bо’lsa bir xil sharoitda mistsella tarkibidan shuncha kо’p erituvchi haydalgan bо’ladi, ya’ni distillyatsiya tezligi shunchalik yuqori bо’ladi. Purkash usuli bilan distillyatsiyalash istiqbolli hisoblanadi. Bu usul bug’lanish oynasini kattaligi va yuza notekisligi bilan ham farq qiladi. Ya’ni bug’lanish bо’ladigan yuza sferik, qavariq bо’ladi va tekis yuzaga nisbatan ortiqcha yuza energiyasiga ega bо’ladi. Yuza egriligining radiusi qancha kichik bо’lsa, ortiqcha energiya shuncha katta bо’ladi, ya’ni tomchi о’lchami shunchalik kichik bо’ladi. Shu sababli, suyuqlik yuzasi ustidagi bug’ bosimi uning tomchi о’lamini kichikligiga qarab oshib boradi; molekulani mistsellaga qaytarishga intilayotgan kuch tekis yuzadagiga nisbatan kichik bо’ladi. Bu esa erituvchini bug’lanish jadalligiga ta’sir etadi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling