01 умичт ўқув қул
Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish qurilmalari
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
11.2.Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish qurilmalari
Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish qurilmalari konstruktiv tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: qasqonli bug’latgichlar (tosterlar) - bu qurilmalarda shrotdan erituvchi aralashtirib turgan qatlamda haydaladi; shnekli bug’latgichlar - bu qurilmalarda shrotdan erituvchi qisman muallaq holatda haydaladi; mavhum qaynash qatlamli bug’latgichlar - yog’-moy sanoatida qo’llanilmaydi. НД -1250M ekstraktsiyalash liniyaning shnekli bug’latgichi НД-1250M ekstraktsiyalash liniyalarida shnekli bug’latgich (80-rasm) qurilmasi o’rnatilgan, lekin hozirgi vaqtda bu bug’latgichlarni hammasi tosterlar bilan almashtirilgan. Shnekli bug’latgich ishlash usuliga ko’ra aralash usulda ishlaydigan qurilmalar tipiga kiradi. Har bir ekstraktsiyalash liniyasi ikkita shnekli bug’latgich bilan ta‘minlangan. Qurilma ikki sektsiyadan iborat bo’lib, birinchi sektsiya beshta 9 shnekli bug’latgich, ikkinchi sektsiya uchta 9 shnekli bug’latgichdan tashkil topgan. Shneklar uzunligi 6200 mm, diametri 600 mm bo’lib, ular o’zaro bir-birining ustiga o’rnatilgan. Birinchi ustki sektsiyada erituvchini atmosfera bosimida kuchsiz bug’ yordamida dastlabki bug’latish amalga oshiriladi, ikkinchi ostki sektsiyada qisman vakuumda (96,1...97,9kPa) kuchsiz va o’tkir bug’ yordamida shrot tarkibidagi erituvchi oxirigacha bug’latiladi. Ustki va ostki sektsiyalar 14 shlyuzli zatvor orqali tutashtirilgan. 178 9 bug’latish shneklar truba shaklida bo’lib uning ichiga 16 val joylashtirilgan, valda kuraklar o’rnatilgan. Kuraklar shrotni aralashtirish va harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Bir shnekli bug’latgichdan shrot ikkinchi shnekli bug’latgichga 4 tuynuklar orqali o’tadi, bu tuynuklar bir vaqtda bug’latgich shneklarini ko’tarib turuvchi tayanch vazifasini ham bajaradi. Tuynuklarni kuzatish va tozalash uchun 7 lyuklar o’rnatilgan. Shnekli bug’latgichlar 17 bug’ ko’ylagi bilan ta‘minlangan. Bosimi 0,5 MPa va harorati 180...200 0 C bo’lgan yopiq bug’ 5 patrubka orqali ustki sektsiyalarga uzatiladi. Ustki sektsiyalardan chiqqan bug’ 13 patrubka orqali ostki sektsiyalarga yuboriladi, u erdan kondensat ajratgichlarga o’tadi. O’tkir bug’ ostki sektsiyaning eng oxirgi shnekli bug’latgich ichiga uzatiladi. Bug’latgichning har bir sektsiyasi 11 quruq shrot tutqichlar bilan jihozlangan. Ustki sektsiyalarning shneklari 6 elektrodvigatellar, ostki shneklar 2 zanjirli uzatmalar yordamida harakatlantiriladi. Ekstraktordan chiqayotgan shrot bug’latgichning ustki sektsiyasiga 8 patrubka orqali kiradi va shnek yordamida harakatlanib va aralashib o’tish tuynugi orqali keyingi shnekga oi’tadi. Shunday harakatlanib 14 zatvor orqali shrot ostki sektsiyaga kelib tushadi va hamma shneklardan ketma-ket o’tadi. Hosil bo’lgan erituvchi va suv bug’lari har bir sektsiyadan 10 va 12 trubalar orqali ko’tarilib 11 quruq shrot tutqichlarga o’tadi. Bu yerda keskin kengayishi natijasida harakat tezligi sekinlashib bug’ tarkibidagi shrot zarrachalari qurilmaning konussimon qismiga cho’kadi va 10 va 12 trubalar orqali shnekli bug’latgichlarini ichiga tushib turadi. Harorati 95...100 0 C, tarkibidagi qoldiq erituvchi miqdori 0,2 % bo’lgan tayyor shrot 3 zatvordan chiqarilib konditsiyalashga uzatiladi. НД -1250M ekstraktsiyalash liniyaning shnekli bug’latgichning texnik tavsifi Ish unumdorligi, t/soat..........................................4 Shneklarning aylanish tezligi, min -1 .....................38 179 Shneklar soni, dona..............................................8 Elektrodvigatel quvvati, kVt.................................27,5 Umumiy isitish yuzasi, m 2 .....................................70 Gabarit o’lchamlari, mm...................................9170x11150 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling