01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tayanch so’z va iboralar: mistsella, distillyatsiya, ekstraktsiya moyi, yopiq
bug’, ochiq bug’, kontsentratsiy, tindirish, quyqa, rotatsion diskli filtr, purkash usuli, plyonkada distillyatsiyalash, qatlam, dastlabki bosqich distillyatori, panjara, spiralsimon, kondensat, separator, quyuqlashtirilgan mistsella, dezodoratsiya kamerasi, ekonomayzer, rektifikatsion kollonna. Nazorat savollari: 1.Mistsellani qayta ishlashdan maqsad. 2.Mistsellani tozalash usullari. 3.Mistsellani filtrlash qurilmalarda tozalash. 173 4. Mistsellani distillyatsiya qilish jarayoni. 5.Distillyatsiya jarayonining nazariy asoslari. 6.Distillyatsiya jarayonining usullari. 7.Distillyatsiya bosqichlari. 8.НД-1250М liniyada mistsellani distillyatsiyalash. 9.MEZ ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmalari. 10.“Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmaning sxemasi. 79-rasm.“Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmaning sxemasi. 1-tindirgich, 2-filtr, 3-sig’im, 4,5,8,9,11,12,15-nasos, 6,7-yupqa plyonkali bug’latgich, 10-plyonkali bug’latgich, 13-vakuum rektifikatsion kollonna, 14-plastinali issiqlik almashinuv qurilmasi, 16,17,18-havo kondensatori. Х I-bob: SHROTNI QAYTA ISHLASH USKUNALARI 11.1.Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish jarayoni Ekstraktordan chiqayotgan moysizlantirilgan material - shrot yuqori ozuqaviy xususiyatlarga ega bo’lib oziq-ovqat sanoatida va chorvachilikda ozuqa sifatida 174 ishlatiladi. Shrot tarkibida oqsil moddalari (35...50%), fosfatidlar, mineral moddalar (6...7%), B guruh vitaminlar borligi uchun fiziologik ahamiyatga ega bo’lgan to’yimli ozuqa mahsulot hisoblanadi. Shrotning sifat ko’rsatkichlari uni qayta ishlash usuli va rejimlariga bog’liq. Ekstraktordan chiqayotgan shrot tarkibida 25...40% cha erituvchi va suv bo’ladi. Uning yuqori ozuqalik xususityalarini saqlab qolish va uzoq muddatda sifatini buzmasdan saqlanishini ta‘minlash, tashishda va saqlashda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida shrot tarkibidagi erituvchi ajratilib shrot namlik va harorat bo’yicha konditsiyalanadi. Tarkibidagi erituvchi ajratib olingan shrot quyidagi sifat ko’rsatkichlarga javob berishi kerak: saqlashga jo’natilayotgan shrotning harorati 35-40 0 C dan yuqori bo’lmasligi, namligi 7-10 %, tarkibidagi qoldiq erituvchi miqdori 0,05% bo’ladi. Shrotni qayta ishlash jarayonida uning tarkibidagi erituvchi bug’latish yo’li bilan ajratiladi. Shrotning ozuqa qiymatini oshirish maqsadda erituvchini haydash bilan birga namlik va issiqlik bilan ishlov beriladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi erituvchini yo’qotish va shrot tarkibidagi zaharli va oziqa bо‘lmagan moddalarni (soya shrotidan - soin, paxta shrotidan - gossipol, kanakunjut shrotidan – ritsin moddasini) inaktivatsiya qilish talab etiladi. Shrot tarkibidagi erituvchi (benzin) va namlikning umumiy miqdori benzin- namlik sig‘imi deyiladi. Benzin-namlik sig‘imi, ekstraksiyaga kelayotgan materialning ichki va tashqi strukturasiga (tuzilishiga), erituvchining tarkibi, xossalariga, hamda ekstraktor turiga bog‘liq. Erituvchi shrot bilan kimyoviy, fizik- kimyoviy va mexanik bog‘langan holatda bо‘lishi mumkin. Erituvchining asosiy miqdori shrot bilan fizik-kimyoviy va mexanik bog’langan holda bо’ladi. Shrot uchun alohida bog’lanish shakli – bu ekstraktsiyadan sо’ng shrot tarkibida qolgan moyni benzin bilan bog‘lanishidir. Shrot tarkibida qolgan moy kontsentrlangan mistsella kо’rinishida bо’lib, undan erituvchini ajratib olish juda qiyindir. 175 Erituvchining asosiy miqdori shrot bilan fizik-kimyoviy va mexanik bog’langan holda bо’ladi. Shrot tarkibidagi benzinni uch xil usul bilan haydab ajratib olinadi: 1.qatlamda haydash usuli; 2.qisman muallaq holda haydash usuli; 3.muallaq holda haydash usuli. Qatlamda haydash tosterlarda amalga oshiriladi. Toster apparatida bu usulda shrotga issiqlik va yuqori bosimda (0,98 MPa gacha) yopiq bug’ beriladi. Jarayonning unumdorligini oshirish maqsadida vakuum ostida aralashtirish yо’li bilan ochiq bug’ beriladi. Ochiq bug‘ berish xom ashyoni tez qizdirib, erituvchini haydashni tezlashtiradi. Tosterdan chiqayotgan shrot tarkibidagi benzin miqdori 0,05% dan oshmasligi kerak. Qisman muallaq holda haydash usuli shnekli bug’latgichlarda amalga oshiriladi. Bunda ham issiqlik xuddi tosterdagidek beriladi. Jarayonni tezlatish uchun ikkinchi bosqich vakuum ostida olib boriladi. Shrotdan erituvchini muallaq holatda haydash usuli “Ekstexnik” qurilmalarida amalga oshiriladi. Bu usul bо’yicha shrot yopiq aylanuvchi sistemada shrotdan uchib chiqayotgan erituvchi bug’lari oqimida harakatlantiriladi va qizdiriladi. Bu haydash jarayoni tez boradi. Shu sababdan oksidlanish, gidrolitik jarayonlar, oqsil moddalarning denaturatsiyalanishi kam miqdorda sodir bо‘ladi. Ekstraktsiya jarayonida erituvchi bir necha marta ishlatiladi. Erituvchining asosiy qismini shrot va mistsella tarkibidan bug’latish va konditsiyalash usuli bilan ishlab chiqarishga qaytariladi. Hosil bо‘lgan aralashma (erituvchi bilan suv) ularning zichligidagi farqiga asosan suv ajratgichda ikkita komponentga ajratiladi. Erituvchi uzluksiz qayta ishlatiladigan erituvchiga mо’ljallangan rezervuarga yuboriladi. Erituvchini qaytadan yig‘ib olish jarayoni regeneratsiya deb ataladi. Biroq yuza kondensatorlarida erituvchi tо’la kondensatsiyalanmaydi va havo bilan aralashma hosil qiladi. Bundan tashqari, tarkibida kam miqdorda erituvchi bug’i bor aralashmalar turli mistsella yig’ichlarda, erituvchi uchun rezervuarlarda ham hosil bо’ladi. Erituvchi bug’i havo bilan hosil qilgan aralashmadan (erituvchi 176 konsentratsyasi 15-20% gacha) erituvchi ajratib olish jarayoni rekuperatsiya deb ataladi. Shrotdagi erituvchini haydash jarayonini jadallashtirish uchun ochiq bug‘, vakuum va aralashtirishdan foydalaniladi. Ochiq bug‘ materialni kerakli haroratgacha tez isishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bug‘ning qо’llanilishi material yuzasi ustidagi erituvchi bug’larining konsentratsiyasini kamaytiradi (bu ularni haydashni tezlashtiradi). Jarayonni jadallashtirish uchun haydashning birinchi davrida, ya’ni shrotdagi erituvchi konsentratsiyasi yuqori bо’lganda, materialga bug’ning berilishi muhim hisoblanadi. Oxirgi bosqichlarda (shnekli bug’latgichlarning pastki seksiyasiga va tosterning pastki qasqonlariga bug‘ berilganda) beriladigan bug’ apparatdagi erituvchi bug‘ oqimining ma’lum bir yо‘nalishini hosil qiladi. Haydash jarayonida apparat ichida vakuumning hosil bо‘lishi material yuzasi ustidagi erituvchi bug‘larining parsial bosimini kamaytiradi, bu haydash jarayonini jadallashtiradi. Shrotni aralashtirish natijasida zarrachalarning isishi tezlashadi va undagi erituvchining bug‘lanish tezligini oshiradi. Kunjara va shrot saqlanayotganda ularning yuzasida katta miqdorda mikroorganizmlar paydo bо’lishi mumkin. Shu bilan birgalikda mog’orlashi ham mumkin. Saqlash vaqtida namlik ortib ketsa mahsulot о’z-о’zidan qizib ketadi. Bu esa mahsulotning sifatini bо’zilishiga olib keladi. Kunjara va shrotlarning notо’g‘ri saqlanishi kuygan ta’m va noxush hid berishi mumkin. Bunday jarayonlar yog’ kislotalarning oksidlanishi natijasida sodir bo’ladi. Ularni oldini olish uchun kunjara va shrot saqlashdan oldin namlik va harorat bо’yicha konditsiyalanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga quyidagi talablar qо’yiladi: qо‘shimcha moddalar bо’lmasligi kerak (mog’or, kuygan moddalar va chirindilar, qum, tuproq); yog’ning ma’lum miqdori; protein va kulning miqdori; mahsulotning harorati (35-40 o C ) dan oshmasligi kerak; 177 shrotdagi benzin miqdori 0,1% dan kо‘p bо‘lmasligi kerak. Saqlash uchun kelayotgan shrot quyidagi optimal parametrlarga ega bо’lishi kerak: harorati<40 o C, namligi kungaboqar shroti uchun -7...9%; soya shroti uchun - 8...10%; paxta chigiti shroti uchun -7...8%. Shrotni konditsiyalashdan asosiy maqsad erituvchi miqdorini kamaytirishdan iboratdir. Kondintsiyalangan shrotdagi erituvchi miqdori 0,1% dan oshmasligi kerak. 40> Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling