01 умичт ўқув қул
“Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmaning sxemasi
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
171
“Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmaning sxemasi (79-rasm). “Ekstexnik” ekstraktsion liniyaning distillyatsiyalash qurilmasi uch bosqichli sxema bo’yicha ishlaydi. Kontsentratsiyasi 30...35% bo’lgan mistsella 1 tindirgich va 2 filtrdan o’tib 3 mistsellani qabul qilish sig’imga yig’iladi. Tindirgichda mistsella tarkibidan dag’al zarrachalari cho’ktirib ajratiladi. Filtrlarda mistsella mayda muallaq zarrachalardan tozalanadi. Filtrlangan mistsella (harorati 55 0 C) pastga tushuvchi 6 va 7 yupqa plyonkali bug’latgichlarga kelib tushadi. Bug’latgich 0,05 MPa vakuum ostida ishlaydi, uning isitish yuzasi 400 m 2 tashkil etadi. Mistsella tosterdan chiqayotgan bug’lar bilan isitiladi, uning kontsentratsiyasi 65 % cha oshadi. Mistsella 8 nasos yordamida isitish yuzasi 500 m 2 bo’lgan yuqoriga kо’tarilayotgan 10 plyonkali bug’latgichga beriladi va yopiq bug’ bilan qizdiriladi. Uning kontsentratsiyasi 95%, harorati 90 0 C cha oshadi. Bug’latgich 0,05 MPa vakuum ostida ishlaydi. 78-rasm. Uchinchi (oxirgi) bosqich distillyatori. 1-bug’ barbotyori, 2-qopqoq, 3,17-qo’zg’almas flanets, 4,11-ustunlar, 5- tirqishlar, 6-markaziy truba, 7-korpus, 8- plastinalar, 9-plastinalarning perforatsiyalangan qismi, 10-forsunka, 12-erituvchi bug’larini chiqarish patrubka, 13- mistsella uchun patrubka, 14-ustki qopqoq, 15-diskli tomchi qaytargichlar, 16-shayba, 18- nazorat oynalari, 19-yopiq suv bug’i uchun patrubka, 20-zmeevik, 21- tayanch, 22-kondensat uchun patrubka, 23,27-moy uchun patrubka, 24-lyuk, 25- perforatsiyalangan plastina, 26,28- ochiq bug’ uchun patrubka 172 Bug’latgichdan mistsella 11 nasos bilan 13 ikkikamerali vakuum rektifikatsion kollonnaga yuboriladi. Rektifikatsion kollonna ikki qismli kolonnadan iborat bo’lib, kolonnalar ichida qavariq va botiq yuzali tarelkalar o’rnatilgan. Mistsella bitta kolonnadan ikkinchi kolonnaga 12 nasos yordamida qizdirigichdan o’tkazilib beriladi va bug’ ejektorning ishchi bug’i bilan qizdiriladi. Bug’ejektori kolonnalarni birlashtiradi va ostki kolonnada 0,01MPa vakuum hosil qiladi. Shuningdek kolonnani pastki qismidagi moydan ajralib chiqqan erituvchi bug’larini suv bug’lari yordamida olib ketishini ta’minlaydi. Ustki kolonnada moy tarkibida qolgan erituvchi miqdori 0,5% tashkil etadi, ostki kolonnada ochiq bug’ bilan qo’shimcha ishlov berish natijasida erituvchi miqdori 0,2% cha pasayadi. Distillyatsiya jarayoni butun sistema bo’yicha vakuum ostida o’tkaziladi va moy harorati 90 0 C dan oshmaydi. Rektifikatsion kollonnaning ikkita qismlari orasida o’rnatilagan 14 plastinali issiqlik almashinish qurilmasida zarur bo’lganda moylarni 105 0 C isitish mumkin. Tayyor moy 15 nasos bilan sig’imlarda yig’iladi. Dastlabki 6 va 7 distillyator qurilmalardan chiqayotgan erituvchi bug’lari 17 va 18 havo kondensatorlarga, 10 plyonkali bug’latgich va 13 rektifikatsion kollonnadan 16 havo kondensatorga yuboriladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling