01 умичт ўқув қул
-rasm.Shnekli bug’latgich
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3.Qasqonli bug’latgichlar O’n qasqonli bug’latgich (toster).
80-rasm.Shnekli bug’latgich. 1-lubrikator, 2-zanjirli uzatma, 3-zatvor, 4-tuynuk, 5-yopiq bug’ uchun patrubka, 6-uzatma, 7-lyuk, 8-shrot uchun patrubka, 9-bug’latish shneklari, 10, 12-erituvchi va suv bug’lari uchun trubalar, 11- shrot tutqich, 13-yopiq bug’ uchun patrubka, 14-shlyuzli zatvor, 15-parrak, 16-o’q, 17-bug’ ko’ylagi. МЭЗ ekstraktsiyalash liniyaning shnekli bug’latgichi ikkita sektsiyadan iborat bo’lib, har bir sektsiya uchta shnekli bug’latgich, barabanli quritgich dezodorator, yuklash va tushurish shlyuzli zatvori, quruq chang ajratkich va ho’l shrot tutqichdan tashkil topgan. 180 Shnekli bug’latgichlarning bir qator kamchiliklari mavjud. Qurilmaning gabarit o’lchamlari juda katta va ularga ko’p metall sarflanadi, shrotning shnek parraklariga urilishi natijasida maydalanib ketishi va o’tkir bug’ ta‘siridan haddan tashqari qurib ketishi natijasida shrot changlanib uning atrofda yo’qolishi ko’payadi va atrof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari qisqa muddatdagi namlik-issiqlik bilan ishlov berish ayrim xom ashyolarning (paxta chigiti, soya va bosh.) shroti tarkibidagi zaharli moddalar to’liq inaktivatsiyalanmaydi. 11.3.Qasqonli bug’latgichlar O’n qasqonli bug’latgich (toster). Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda turli konstruktsiyadagi tosterlar ishlatilmoqda. Yog’-moy korxonalarda Germaniyada ishlab chiqarilgan o’n qasqonli tosterlar o’rnatilgan. O’n qasqonli toster (81-rasm) kolonna tipidagi qurilma bo’lib, u ustma-ust o’rnatilgan o’nta 7 qasqonlardan tashkil topgan. Har bir qasqon 11 bug’ ko’ylagi bilan ta’minlangan. Isitish bug’i 18 patrubka orqali bug’ ko’ylagiga kiradi, kondensat esa 12 patrubkadan chiqariladi. Har bir qasqonning tubiga 10 bug’ ko’ylagi bo’lib, bug’ 19 patrubka orqali berilib kondenat 8 patrubkadan chiqariladi. Qurilmaning hamma qasqonlari bo’ylab 9 vertikal o’q o’tgan. Bu o’q 24 elektrodvigatel va 23 uzatma yordamida harakatga keltiriladi. O’qga shrotni bir tekis aralashtirish uchun har bir qasqonda ikkitadan 6 pichoqlar o’rnatilgan. Ular shrotni bir qasqondan ikkinchisiga o’tkazish uchun ham xizmat qiladi. O’qning ichiga 16 patrubka orqali o’tkir bug’ yuborilib, u pichoqlarga tarqatiladi. Bundan tashqari har bir qasqonga o’tkir bug’ 20 patrubka orqali yuboriladi. Shrot bir qasqondan ikkinchisiga taglikdagi 26 tuynukdan o’tadi. Bu tuynuk 21 segmentli klapan orqali yopiladi. Klapan 4 richagli mexanizm yordamida 22 sath rostlagich bilan bog’langan. Har bir qasqonning tagligida erituvchi va suv bug’lari tosterning ustki qismiga 14 kengayish kamerasiga o’tish uchun 25 tirqishlar mavjud. Tosterdan chiqayotgan bug’lar 15 patrubka orqali qurilmadan chiqariladi. 181 Ekstraktordan chiqayotgan shrot tosterga shnekli ta‘minlagich orqali 13 patrubkadan beriladi, erituvchidan ajratilgan shrot qurilmadan individual 2 uzatmali 3 bo’shatishsh shneki orqali chiqariladi. Shrot namunasi 17 patrubkadan olinadi. Har bir qasqon 5 lyuk bilan ta’minlangan. Termometr va manometr patrubkalar yordamida o’rnatiladi. Qurilma quyidagi tartibda ishlaydi. Ekstraktordan chiqayotgan shrot shlyuzli zatvor va ta’minlagich orqali qurilmaning yuqori qismiga - kengayish kamerasiga beriladi. Zarur hollarda shnekli ta’minlagichda shrot namlanadi. Ustki qasqondan shrot uzluksiz ravishda ketma-ket pastgi qasqonlardan o’tadi va qurilmadan chiqariladi. Shrotni qayta ishlash umumiy vaqti 55...65 minutni tashkil etadi. Qasqonlarda shrot yopiq bug’ yordamida qizdiriladi, o’tkir bug’ bilan bug’lanadi va pichoqlar bilan aralashtiriladi. Har bir qasqonda mahsulot qatlamining balandligi bir xil (400 mm) bo’ladi Erituvchi va suv bug’lari har bir qasqonning ostidagi 25 tirqishlardan o’tib yuqoriga ko’tariladi va kengayish kamerasiga keladi. Bu yerda bug’lar dastlab shrot zarrachalaridan tozalanadi, qolgan shrot zarrachalaridan ajratish uchun ho’l shrot tutqichga uzatiladi. Tayyor shrot harorati 100-105 0 C, namligi 8,5-10 % va qoldiq erituvchi 0,05% dan ortiq bo’lmagan holda 3 shnek orqali qurilmadan chiqariladi. O’n qasqonli bug’latgichning texnik tavsifi Ish unumdorligi shrot bo’yicha, t/sut......................170 cha Aylanish tezligi, min -1 aralashtirgich o’qi .............................................28 bo’shatuvchi shnek ............................................63 Uzatmaning quvvati, kVt aralashtirgich o’qi .............................................48 bo’shatuvchi shnek .............................................2,2 Gabarit o’lchamlari, mm...................................4320x10930 182 Qasqonli bug’latish qurilmasi - toster ishlatilganda shnekli bug’latish qurilmasining kamchiliklari bartaraf etiladi. Tosterlarda har bir bosqichda bug’latish jarayonini boshqarish imkoniyati mavjud bo’lganligi sababli belgilangan harorat va namlikdagi shrot olinadi. Tosterda shrotning qurib ketishi va maydalanishi ko’zatilmaydi, natijada ko’p chang hosil bo’lmaydi. Bu esa shrotni tashishda statik elektr toki hosil bo’lishini oldini oladi, yo’qotishlarni kamaytiradi, korxona va saqlash omborlarning sanitar holatini yaxshilaydi. Tosterlarda bug’latish jarayoni samarali boradi va shrot tarkibidagi qoldiq erituvchi miqdori 0,05% dan oshmaydi. Shrotning oziqa xususiyatlari oshadi. Paxta, soya, kanakunjut urug’lari tarkibida zaharli moddalar bo’lib, tosterda shrotni qayta ishlash jarayonida bu moddalar zaharsizlantiriladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling