01 умичт ўқув қул
“Ekstexnik” firmasining tosterlari
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ekstexnik” firmasining etti qasqonli tosteri
“Ekstexnik” firmasining tosterlari. Shrot tarkibidan erituvchini bug’latish
uchun “Ekstexnik” firmasining tosterlari (82-rasm . ) ishlatiladi. Bu murakkab qurilma bir necha qasqonlardan (5, 6 va xoh.) iborat bo’lib qasqonlarda shrotni bug’latish, quritish va sovitish jarayonlari amalga oshiriladi. “Ekstexnik” firmasining etti qasqonli tosteri. Ustki to’rtta 4, 5, 6, 7 qasqonda shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish, keyingi ikkita 2, 3 qasqonda shrotni quritish va eng pastki 1 qasqonda sovitish jarayonlari amalga oshiriladi. Yuqorigi qasqonning ustida erituvchi va suv bug’lari uchun 8 sig’im o’rnatilgan. Qasqonlar bug’ yordamida isitiladi. Pastki 1, 2, 3 qasqonlarning tagliklaridan sovuq (2 va 3 qasqonlar) yoki issiq havo (1 qasqon) yuboriladi. Qurilmaning hamma qasqonlari bo’ylab 12 vertikal o’q o’tgan. O’qga shrotni bir tekis aralashtirish va bir qasqondan ikkinchisiga o’tkazish uchun 6 pichoqlar o’rnatilgan Ustki 5, 6, 7 qasqonlarning tagliklarida erituvchi bug’larini chiqarish uchun panjaralar mavjud. O’tkir bug’ aralashtirgich va o’q orqali 6, 7 qasqonlarga beriladi, bitta 5 qasqonga material ustida joylashgan purkagich orqali sachratiladi. Shrot 9 patrubka orqali qurilmaga keladi va ustki to’rtta qasqonlardan o’tadi. Yopiq bug’ yordamida shrot qizdiriladi, o’tkir bug’ ta’sirida erituvchi bug’lanadi. 183 Erituvchi va suv bug’lari yuqoriga ko’tariladi va shrot zarrachalaridan tozalash uchun ho’l shrot tutqichga uzatiladi. 81-rasm. O’n qasqonli bug’latgich. 1-shrot chiqarish uchun patrubka, 2-uzatma, 3-bo’shatishsh shneki, 4-richagli mexanizm, 5-lyuk, 6- pichoqlar, 7-qasqon, 8-kondensat uchun patrubka, 9-o’q, 10,11-bug’ ko’ylagi, 12-kondensat uchun patrubka, 13-shrot uchun patrubka, 14-kengayish kamerasi, 15-bug’larni chiqarish uchun patrubka, 16-o’tkir bug’ uchun patrubka, 17-namuna olish uchun patrubka, 18-bug’ uchun patrubka, 19-bug’ 184 uchun patrubka, 20-o’tkir bug’ uchun patrubka, 21-segmentli klapan, 22-sath rostlagich, 23- reduktor, 24-elektrodvigatel, 25-tirqish, 26-taglikdagi tuynuk Shrot germetik transportyorlar yordamida quritish zonasiga o’tadi va issiq havo oqimida quritiladi. Issiq havo ta’sirida qolgan erituvchi bug’lanadi. Quritish zonadan shrot sovitish zonasiga o’tadi va tashqi haroratdan 10 0 C past bo’lmagan haroratgacha sovuq havo oqimida sovitiladi. Tosterdan shrot shlyuzli zatvor orqali chiqariladi. Uning namligi 9%, erituvchi miqdori 0,05% dan oshmasligi kerak. Qurilmaning ish unumdorligi paxta chigiti bo’yicha 1200 t/sut tashkil etadi. Hozirgi vaqtda zamonaviy va tejamli qurilmalardan biri Crown/Schumacher kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan desolventayzer-toster (83-rasm) hisoblanadi. Bu qurilmalarda shrot tarkibidan erituvchini bug’latish, quritish va sovitish jarayonlari amalga oshiriladi. Ustki qasqonlar (dastlabki bug’latish qasqonlari) pastki bug’latish qasqonlardan chiqayotgan issiqlik ta’sirida qizdiriladi. O’rtadagi (asosiy) qasqonlarda yopiq bug’ yordamida shrot qizdiriladi, o’tkir bug’ ta’sirida erituvchi bug’lanadi. Oxirgi qasqonlarda shrot quritiladi va sovitiladi. Tayyor shrotning harorati 40 0 C tashkil etadi. Crown/Schumacher kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan desolventayzer- tosterning texnik tavsifi Unumdorligi, t/sut.............................................400...450 Bug’ sarfi, kg/t..................................................240 Qasqonlar soni, dona.........................................8 Harorat, 0 C.......................................................75...108 Shrot qavatining balandligi, mm........................700 Bug’ bosimi, MPa.............................................1,0 Qasqon devorlarning harorati, 0 C.......................200 Uzatma quvvati, kVt..........................................110 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling