01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Ikki qavatli ekstraktor (69-rasm) silindrsimon korpus va alohida o’qlarda
mahkamlangan ikkita: 4 ustki va 10 ostki aylanadigan rotorlardan iborat. Rotorlar tishli uzatma yordamida bitta elektrodvigatel orqali harakatga keltiriladi. Rotorlarning 22, 27 tashqi va 23,26 ichki silindrsimon devorlari mavjud. Devorlar orasidagi joy 20, 5 vertikal radial to’siqlar bilan 18 ta kameralarga bo’lingan. 147 Rotorlarning tagida ikkitadan quzg’almas tubi joylashgan, 2, 9 ustki tubi tirqishli, zeyerli va 7, 28 pastki - yaxlit bo’lib tashqi devorga tomon 12 0 qiyalik bilan qilingan. Ekstraktorning pastki qismi vertikal radial to’siqlar bilan mistsellani yig’ish kameralarga bo’lingan. Ekstraktsiyalanadigan material birinchi qavatning tegishli kamerasiga bunker 15 orqali yuklanadi. Bunker ichida uzunligi har xil bo’lgan ikkita 13 shnekdan iborat ta’minlagich joylashgan. Ular yordamida xom ashyo bir me’yorda ikkita 12 tarnovdan ekstraktor kamerasiga tushadi. Ekstraktorning birinchi qavatida xom ashyo ketma-ket sakkiizta bosqichlardan o’tadi va 19, 23 sachratgichlar orqali beriladigan mistsella bilan sug’oriladi. Ekstraktsiyalanadigan material ekstraktorning birinchi qavatidan ikkinchi qavatiga 24 shaxta orqali tushiriladi, ketma-ket sakkiizta bosqichlardan o’tib mistsella bilan sug’oriladi. Mistsella kontsentratsiyasi bosqichdan-bosqichga pasayadi va oxirgi bosqichda ekstraktsiyalanadigan material toza erituvchi bilan yuviladi. Erituvchini oqizish zonasidan o’tib moysizlantirilgan material 34 tushurish shnek orqali ekstraktordan chiqariladi. Erituvchi, havo va suv bug’lari ekstraktorning ustki qismidan maxsus 14 patrubka orqali chiqarib yuboriladi. Ekstraktor 18 nazorat oynalari va 29 lyuk bilan jihozlangan. Mistsella mistsella yig’gichlardan 30 patrubkalar orqali retsirkulyatsiya qilinadi. Ekstraktorning ostki qismidan mistsella patrubka va nasos orqali birinchi qavatning sug’orish quvurlarga o’zatiladi. Oxirgi kontsentrlangan mistsella patrubka orqali ekstraktordan chiqariladi va nasos yordamida filtrlashga yuboriladi. 148 .. 69-rasm. Ikki qavatli rotor karuselli ekstraktori: a- umumiy ko’rinishi, b- qo’shimcha moslamalarning ko’rinishi. 1-mistsellani ikkinchi qavatdan chiqarish uchun patrubka, 2, 9-tirqishsimon (zeyerli) tubi, 3-korpus, 4-ustki rotor, 5, 20-vertikal radial to’siqlar, 6, 11-tishli uzatma, 7, 28-yaxlit tubi, 8-elektrodvigatel, 9-rotor, 10-ostki rotor, 12-xom ashyo uchun tarnov, 13-shneklar, 14-erituvchi, havo va suv bug’larni chiqarish uchun patrubka, 15-bunker, 16-shnekli uzatma, 17-ilgaklar, 18-nazorat oynalari, 19, 32-sachratgichlar, 21, 25-o’qlar, 22, 27-tashqi silindrsimon devorlari , 23, 26-ichki silindrsimon devorlari, 24-shaxta, 29, lyuklar, 30-kontsentrlangan mistsellani chiqarish uchun patrubka, 31- mistsellani birinchi qavatdan chiqarish uchun patrubka, 33-mistsellani retsirkulyatsiya uchun berish patrubka, 34-tushurish shneki. Ikki qavatli rotor karuselli ekstraktorlarning texnik tavsifi 1-rusumi 2- rusumi Ekstraktorning o’lchamlari.........................2/5000/1800 2/6000/1800 Unumdorligi (urug’ning turi va materialni tayyorlash uslubiga bog’liq holda), t/sut.....................................280...500 350...600 Korpusning ichki diametri, mm...................5400 6500 149 Rotor diametri, mm.....................................5000 6000 Rotorda material qatlamining balandligi, mm..............................................1800 1800 Qavatda rotor kameralarning soni..................18 18 Uzatma quvvati, kVt: yuklash shnekning......................................4,6 4,6 rotorning....................................................4,6 4,6 tushurish shnekning....................................6,7 9,0 Shnekning aylanish tezligi, min -1: yuklash.....................................................10...60 15...67 tushurish...................................................10...44 0...125 Rotorning bir marta aylanish vaqti, min........29...173 34,5...208 Gabarit o’lchamlari, mm........................9340x6640x1180 9610x 7260x1910 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling