01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Kraun ekstraktori ko’p bosqichli sug’orish usulida ishlaydigan ekstraktor (70-
rasm). Uning asosiy ishchi organi mahsulotni harakatlantiradigan zanjirli konveyer hisoblanadi. Konveyer korpus ichida joylashgan bo’lib, uning ikkita gorizontal (ustki va ostki) va ikkita vertikal (yuqoriga va pastka yo’naltirilgan) shoxlari mavjud. Ekstraktsiyalanadigan material transportyorga tushadi va transportyor bilan harakatlanib oldin kuchsiz kontsentratsiyali mistsella (pastka yo’naltirilgan qismida), keyin kontsentrlangan mistsella (ostki gorizontal qismida), oxirida (ustki gorizontal qismida) toza erituvchi bilan yuviladi. Xom ashyo gorizontal qismidan vertikal qismiga o’tganda ikki marta ag’dariladi, natijada erituvchining ta’siri oshadi. Hozirgi vaqtda xorijiy yog’-moy korxonalarda konveyerli ekstraktorlar keng ishlatilmoqda. Ularning asosiy afzalliklari: ekstraktsiyalanadigan material qavatining qalinligi 0,70...0,78 m; chiqayotgan mistsellanning tozalik darajasi va kontsentratsiyasi yuqori 30 % bo’ladi; erituvchi kam sarflanadi 5 kg/t; shrot tarkibida erituvchi miqdori 0,7% cha qoladi; ekstraktorning butun hajmidan unumli foydalaniladi. 150 70-rasm. Kraun ekstraktori Tayanch so’z va iboralar: molekulyar diffuziya, duffuziya koeffitsienti, konvektiv diffuziya, kutbsiz erituvchi, shrot, alifatik uglevodorodlar, gidromodul, ekstraktor, shnekli, kurakli, zanjirli, cho’michli, rotorli, tasmali, dekantator, yuklash kolonnasi, ekstraktsiyalash kolonnasi, forsunkalar, takomillashtirilgan, sug’orish usuli, shlyuzli qopqoq, yuklash bunkeri, transportyor, rotor. Nazorat savollari: 1. Ekstraktsiya jarayonining mohiyati 2. Ekstraktsiya jarayoniga ta’sir etuvchi omillar 3. Ekstraktsiyalash qurilmalarning guruhlanishi. 4. Shnekli ekstraktorlarning konstruktsiyasi. 5. НД -1250M ekstraktorning dekantatorini tuzilishi va ishlashi. 6. Gidromodul tushunchasini izohlab bering. 7.Ko’p bosqichli sug’orish usulida ishlaydigan ekstraktsiyalash qurilmalari. 8.Tasmali “De-smet” (DS-70) ekstraktorning tuzilishi va ishlashi. 9.Tasmali “MEZ” ekstraktorning tuzilishi va ishlashi. 10.Rotor karuselli “Ekstexnik” ekstraktorning tuzilishi va ishlashi. 11.Kraun ekstraktorning tuzilishi va ishlashi, afzalliklari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling