01 умичт ўқув қул
Gaz-havo aralashmasidan erituvchi bug’larini adsorbtsiyon qurilmada
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
12.4.Gaz-havo aralashmasidan erituvchi bug’larini adsorbtsiyon qurilmada
rekuperatsiyalash sxemasi Adsorbtsiyon rekuperatsiya qurilmalari. Gaz-havo aralashmadan erituvchi bug’larini ushlab qolish uchun navbat bilan ishlaydigan qattiq moddalar (adsorbentlar) bilan to’ldirilgan adsorberlar qo’llaniladi. Yutuvchi modda – adsorbent sifatida normal haroratda erituvchi bug’larini yutish va ularni qizdirganda ajratish qobiliyatiga ega bo’lgan qattiq moddalar ishlatiladi. Eng ko’p qo’llaniladigan adsorbent bu faollashtirilgan ko’mirdir. Adsorber (90-rasm) bu vertikal silindrik po’latdan yasalgan apparat. Uning qopqog’i va tubi sferik shaklida qilingan. Adsorberning ostki qismida gorizontal teshikli panjara o’rnatilgan. Panjaraga faollashtirilgan ko’mir qatlami (3,5m 3 ) joylashtirilgan. Adsorbentning ustida o’tkir bug’ yuborish uchun halqali barbotyor 199 o’rnatilgan. Gaz-havo aralashmasi faollashtirilgan ko’mir qatlamidan o’tib erituvchi bug’laridan tozalanadi. Adsorbtsiyon rekuperatsiya qurilmasi quyidagi tartibda ishlaydi. Gaz-havo aralashmasi 1 kondensatordan o’tib sovitiladi va qisman kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalangan erituvchi va suv aralashmasi 2 suvajratgichga yuboriladi. Qolgan gaz-havo aralashmasi 3 sovitkichdan o’tib 4 nasos yordamida 5 va 6 adsorberlarga uzatiladi. Faollashtirilgan ko’mir qatlamidan o’tib gaz-havo aralashmasi erituvchi bug’laridan tozalanadi va adsorbentga yutiladi. Tozalangan havo atmosferaga chiqariladi. Adsorbent erituvchi bug’lari bilan to’yinganda unung yutish qobiliyati pasayadi, apparat o’chiriladi, gaz-havo aralashmasi keyingi adsorberga yuboriladi. 90-rasm. Adsorbtsiyon rekuperatsiya qurilmasi. 1-kondensator, 2-suvajratgich, 3-sovitkich, 4-nasos, 5 va 6-adsorberlar, 7-nasos, 8-kalorifer, 9- ventilyator. Erituvchi bug’lari bilan to’yingan faollashtirilgan ko’mir erituvchi bug’larini ajratish uchun suv bug’i bilan qizdiriladi. Harorati 105...110 0 C suv bug’i gaz-havo aralashmasiga qarama-qarshi yuboriladi. Erituvchi va suv bug’i aralashmasi kondensatsiyaga jo’natiladi. 200 Adsorberda kondensatsiyalangan erituvchi gidravlik zatvor orqali nasos 7 bilan suvajratgichga 1 yuboriladi. Faollashtirilgan ko’mirning adsorbtsion qobiliyatini tiklash maqsadda unga issiq havo bilan ishlov beriladi. Havo ventilyator 9 bilan kalorifer 8 orqali yuboriladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling