01 умичт ўқув қул
-rasm. Absorbtsion rekuperatsiya qurilmaning sxemasi
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
88-rasm. Absorbtsion rekuperatsiya qurilmaning sxemasi. 1-kondensator, 2-absorber, 3-markazdan qochma separator, 4-ventilyator, 5-issiqlik almashinish qurilmasi, 6-desorber, 7-truba, 8-nasos, 9-sovitkich, 10-sig’im. Gaz-havo aralashmasi 3 patrubka orqali absorberning ostki qismiga keladi va tepaga qarab harakatlanadi. Mineral moy nasadkalar yuzasidan yupqa plyonka holida tushadi va uning qavatida mayda tomchilar shaklida taqsimlanadi. Moy erituvchi bug’lari bilan to’yinadi va 2 yig’uvchi kamerada yig’iladi. To’yingan moy apparatdan 1 patrubka orqali chiqariladi. Havo absorberning ustki qismidagi 14 patrubkadan chiqariladi. Apparat nazorat qilish uchun 15 lyuklar va 6 tayanchlar bilan ta’minlangan. Desorber (89-rasm, b) bu kolonna tipidagi apparat, uning hajmi 1,6 m 3 . Apparat ikki qatlam 10 nasadkalar bilan to’ldirilgan. 197 Desorber bir-biri bilan flanetslar yordamida biriktirilgan quyidagi to’rtta qismdan iborat: 15 ustki sug’orish kamerasi, 12 ustki va 8 ostki nasadkali kolonnalar va 4 ostki kamera. Nasadka 7 panjara ustiga to’kiladi. Panjaraning teshiklaridan bug’ va suyuqlik o’tadi. Nasadkalarning ustki qatlami pasida 11 yo’naltiruvchi konus joylashtirilgan. 89-rasm. Absorbtsiyon rekuperatsiya qurilmaning absorber (a) va desorber (b) apparatlari. a) 1-moy chiqarish uchun patrubka, 2-yig’uvchi kamera, 3-gaz-havo aralashmasini kiritish patrubkasi, 4-panjara, 5-ostki kolonna, 6- tayanchlar, 7- nasadkalar, 8- trubkalar, 9- yo’naltiruvchi 198 konus, 10-ustki kolonna, 11-mineral moy uchun truba, 12-purkagich, 13- sug’orish kamerasi, 14- havo chiqarish patrubkasi, 15-lyuk; b) 1-kondensat uchun patrubka, 2-barbotyor, 3-bug’ ko’ylagi, 4-ostki kamera, 5-yopiq bug’ uchun patrubka, 6-o’tkir bug’ uchun patrubka, 7-panjara, 8-ostki nasadkali kolonna, 9-tayanch, 10- nasadkalar, 11-yo’naltiruvchi konus, 12-ustki nasadkali kolonna, 13-mineral moy uchun truba, 14- sachratkich, 15-ustki sug’orish kamerasi, 16-patrubka, 17-lyuk, 18-ehtiyot klapani, 19-regeneratsiya qilingan mineral moy uchun patrubka. Erituvchi bilan to’yintirilgan mineral moy 13 truba orqali desorberga uzatiladi, 14 sachratkich yordamida kolonnaning kesim yuzasi bo’yicha bir me’yorda taqsimlanadi va 10 nasadkalardan pastga oqib tushadi. O’tkir bug’ 6 patrubkadan desorberning pastki qismida joylashgan 2 barbotyorga uzatiladi va yuqoriga harakatlanadi. Ostki 4 kamera moylarni qizdirish uchun 3 bug’ ko’ylagi bilan ta’minlangan. Yopiq bug’ 0,5 MPa bosim bilan 5 patrubka orqali beriladi, kondensat 1 patrubkadan chiqib ketadi. Mineral moydan ajratilgan erituvchi bug’lari suv va kondensatsiyalanmagan suv bug’lari bilan apparatdan 16 patrubka orqali kondensatorga chiqariladi. Regeneratsiya qilingan mineral moy 19 patrubka orqali desorberdan chiqariladi. Apparat nazorat qilish uchun 17 lyuk, 18 ehtiyot klapani va 6 tayanchlar bilan ta’minlangan. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling