01 умичт ўқув қул
Erituvchi bug’larini kondensatsiyalash va rekuperatsiyalash
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
12.2.Erituvchi bug’larini kondensatsiyalash va rekuperatsiyalash
uskunalari 190 Moy ekstraktsiya jarayonida moyli mahsulotdan moyni ajratib olish uchun erituvchi bir necha marta ishlatiladi. Ishlatilayotgan aylanma erituvchining asosiy qismini qayta-qayta ishlatish uchun shrot va mistsella tarkibidagi erituvchi bug‘latiladi, hosil bо’lgan erituvchi bug’larini kondensatsiyalab ishlab chiqarishga qaytariladi. Erituvchi bug’larini kondensatsiyalashda hosil bо’lgan kondensat asosan erituvchi va qisman suv aralashmasidan iborat bо’lib, ularning zichliklari farqiga asosan, suv ajratgichda ikkita komponentga ajratiladi. Erituvchi uzluksiz qayta ishlatiladigan erituvchiga mо’ljallangan rezervuarga yuboriladi. Erituvchi bug’larini kondensatsiyalab qaytadan suyuq holda yig’ib olish jarayoni regeneratsiya deb ataladi. Biroq kondensatorlarda erituvchi bug’lari tо’liq kondensatsiyalanmaydi va havo bilan aralashma hosil qiladi. Bundan tashqari, tarkibida kam miqdorda erituvchi bug’lari bо’lgan aralashmalar turli mistsella yig’gichlarda, erituvchi uchun rezervuarlarda ham hosil bо’ladi. Erituvchi bug’lari havo bilan hosil qilgan aralashmadan (erituvchi bug’lari konsentratsyasi 15-20% atrofida) erituvchini ajratib olish jarayoni rekuperatsiya deb ataladi. Moy ekstraktsiya korxonalarida erituvchini suv, yog’, oqsillar, fosfatidlar, uglevodlar va qayta ishlanayotgan moyli urug’larning boshqa moddalari bilan hosil qilgan, о’ta turg‘un emulsiyalardan ham ajratish zarur. Erituvchini shlam deb ataladigan bunday emulsiyalardan ajratib olish nihoyatda qiyin va og’ir sharoitlarda shlambug’latgichlarda erituvchini bug‘latish bilan bajariladi. Erituvchini regeneratsiya va rekuperatsiyasi erituvchining sarfini kamaytirish uchun asosiy omil hisoblanadi. Shunday qilib, erituvchi regeneratsiya jarayonini takomillashtirish uning sarfini kamaytirishga olib keladi, ishchi xodimlarning mehnat sharoitlari yaxshilanadi, ishlab chiqarishda yong’in va portlash havfi kamayadi va atrof-muhit muhofazasi yaxshilanadi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling