01 умичт ўқув қул


-rasm. Rekuperatsion sovitish qurilmasi.  1-sovitgich, 2- deflegmator.  Absorbtsiyon rekuperatsiya qurilmalari


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

 
87-rasm. Rekuperatsion sovitish qurilmasi. 
1-sovitgich, 2- deflegmator. 
Absorbtsiyon rekuperatsiya qurilmalari. Bu qurilmalarda gaz-havo 
aralashmasi tarkibidagi erituvchi suyuq yutuvchi (absorbentlar) bilan yutiladi. Bu 


195 
rekuperatsiyalash usulida ishlatiladigan suyuq mineral uglevodorod moddalari 
erituvchi bug’larini eritadi, ular bilan kimyoviy reaktsiyalarga kirishmaydi.
Absorbent sifatida mineral moylari: vazelin va urchuq moylari qo’llaniladi. Ular
erituvchi bug’larini oson eritadi va 130...150
0
C haroratda teskari jarayon – hosil 
bo’lgan mistselladan erituvchining desorbtsiyasi ro’y beradi. 
12.3. Gaz-havo aralashmasidan erituvchi bug’larini absorbtsiyon 
qurilmada rekuperatsiyalash sxemasi 
Bu qurilma (88-rasm) rotor karuselli ekstraktor o’rnatilagan liniyada 
qo’llaniladi. Asosiy qurilmalari 2 absorber va 6 desorber bo’ladi. Absorberda gaz-
havo aralashmasi tarkibidan erituvchi ajratiladi, desorberda esa mineral moylari 
(absorbent) regeneratsiya qilinadi. 
Gaz-havo aralashmasi 1 kondensatorda sovitiladi, absorberning ostki qismiga 
yuboriladi va tepaga qarab harakatlanadi. Absorbentda aralashmaga qarama-qarshi 
yо’nalishda sovuq mineral moy purkaladi. Erituvchidan ajralgan havo 3 markazdan 
qochma separatorda moy tomchilaridan tozalanadi va 4 ventilyator yordamida 
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Mineral moy nasadkalar yuzasidan oqib erituvchi 
bilan to’yintiriladi va absorberning yig’uv kamerada yug’iladi. Bu erdan 8 nasos 
yordamida 5 issiqlik almashinish qurilmasiga beriladi va yopiq bug’ bilan 90...100
0

cha qizdiriladi. 
Qizdirilgan moy 6 desorberning ustki qismiga purkalanadi. Desorberning pastki 
qismidan barbotyor orqali pastdan yuqoriga o’tkir bug’ beriladi. Moy tarkibidagi 
erituvchi bug’ holatda desorberning ustki qismidan chiqariladi va 3 markazdan 
qochma separatordan o’tib kondensatorga yuboriladi.
Tozalangan mineral moy 7 sifonli truba va 8 nasos orqali 9 sovitkichga keladi
va suv bilan sovitiladi. Sovitilgan moy 10 sig’imga kelib tushadi. 
Absorber (89-rasm, a) vertikal silindrsimon apparat bo’lib, uning hajmi 1,5 m

ni tashkil etadi. Apparat ikki qatlam 7 nasadkalar bilan to’ldirilgan. 
Absorber flanetslar bilan biriktirilgan to’rtta qism: 13 ustki sug’orish kamerasi, 
2 yig’uvchi kameraning 10 ustki va 5 ostki kolonnalardan iborat. Balandligi 1450mm 


196 
li nasadkalar 4 panjara ustida joylashtirilgan. Panjaraning gaz-havo aralashmasi va 
mineral moy o’tishi uchun teshiklar mavjud. Gaz-havo aralashmasi kolonnaning bir 
qismidan ikkinchisiga utishi uchun nasdkaning ustki qatlami tagida 9 yo’naltiruvchi 
konus va 8 trubkalar o’rnatilgan. 
Mineral moy 11 truba orqali uzatiladi va 12 purkagich yordamida 
nasadkalarning ustiga sachratiladi.

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling