01 умичт ўқув қул


  XII.ERITUVCHINI REGENERATSIYALASH VA


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

187 
XII.ERITUVCHINI REGENERATSIYALASH VA 
REKUPERATSIYALASH USKUNALARI 
12.1.Erituvchi bug’larini tozalash
Shrot tarkibidan erituvchini bug’latish jarayonida bug’ bilan ko’p miqdorda 
shrot zarrachalari chiqib ketadi. Agar bu bug’lar shrot bug’latgichlardan to’g’ridan 
to’g’ri kondensatorga yuborilsa, shrot zarrachalari kondensatorning sovitish sirtlariga 
yopishib qoladi. Natijada kondensatsiya jarayoni ancha sekinlashadi. 
Erituvchi bug’larini shrot zarrachalardan tozalash uchun kondensatorlardan 
oldin quruq va ho’l shrot ushlash apparatlari o’rnatiladi. 
Quruq shrotushlagichlar shnekli bug’latish qurilmalar bilan o’rnatiladi, shrot 
zarrachalari o’z og’irligi ta’sirida cho’ktiriladi. Bug’ aralashmalarning tozalash 
darajasi 30...40 % tashkil etadi. Ho’l shrot ushlagichlarda bug’lar issiq suv 
(90...95
0
C) yoki issiq erituvchi (50...60
0
C) bilan yuviladi. 
НД-1250, 
МЭЗ-350 
ekstraktsiyalash 
tizimlarda 
quruq 
va 
ho’l 
shrotushlagichlardan foydalaniladi. 
Kamerali ho’l shrotushlagich (84-rasm) - bu qopqoqli, 2 tubi konusli, 4 
korpusi silindrsimon apparat. Uning ichida 5 to’siq o’rnatilgan bo’lib, 6 qopqog’ida 
erituvchi bug’lari kiradigan ikkita 8 patrubka va bitta bug’ chiqadigan 7 patrubka 
joylashgan. Kirish patrubkalarning ustida issiq suvni purkalash uchun 9 forsunkalar
mavjud. Qurilmaning ostki qismida 11 qaytaruvchi to’siq o’rnatilgan. Shlam va 
ishlatilgan suvlar 1 patrubka orqali chiqariladi. Qurilma ikkita 3 lyuk va 10 nazorat 
oynasi bilan jihozlangan.


188 
 
84-rasm. Quruq shrotushlagich
1-shlam va ishlatilgan suvlarni chiqarish uchun patrubka, 2-konusli tubi, 3-lyuk, 4-korpus, 5-to’siq, 
6-qopqoq, 7-bug’larni chiqadigan patrubka, 8-erituvchi bug’lari kiradigan patrubkalar, 9-
forsunkalar, 10-nazorat oynasi, 11 qaytaruvchi to’siq. 
 
Erituvchi bug’lari quruq shrotushlagichlardan o’tib qurilmmaga keladi va 
forsunkalardan sachratiladigan issiq suv (90...95 
0
C) bilan yuviladi. Shrot zarrachalari 
suv oqimi bilan qaytaruvchi to’siqdan oqib konus qismiga tushadi va patrubka orqali 
shlambug’latgichga yuboriladi.
Erituvchi va suv bug’lari aralashmasi to’siqni aylanib o’tadi va patrubkadan 
kondensatorga chiqib ketadi. 
Bu qurilma НД-1250 ekstraktsiyalash liniyada o’rnatilgan. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling