01 умичт ўқув қул


Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish qurilmalari


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

11.2.Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish qurilmalari 
Shrot tarkibidagi erituvchini bug’latish qurilmalari konstruktiv tuzilishiga ko’ra 
uch guruhga bo’linadi: 
qasqonli bug’latgichlar (tosterlar) - bu qurilmalarda shrotdan erituvchi 
aralashtirib turgan qatlamda haydaladi; 
shnekli bug’latgichlar - bu qurilmalarda shrotdan erituvchi qisman muallaq 
holatda haydaladi; 
mavhum qaynash qatlamli bug’latgichlar - yog’-moy sanoatida qo’llanilmaydi. 
НД
-1250M ekstraktsiyalash liniyaning shnekli bug’latgichi 
НД-1250M ekstraktsiyalash liniyalarida shnekli bug’latgich (80-rasm) qurilmasi 
o’rnatilgan, lekin hozirgi vaqtda bu bug’latgichlarni hammasi tosterlar bilan 
almashtirilgan. Shnekli bug’latgich ishlash usuliga ko’ra aralash usulda ishlaydigan 
qurilmalar tipiga kiradi. Har bir ekstraktsiyalash liniyasi ikkita shnekli bug’latgich 
bilan ta‘minlangan. Qurilma ikki sektsiyadan iborat bo’lib, birinchi sektsiya beshta 9 
shnekli bug’latgich, ikkinchi sektsiya uchta 9 shnekli bug’latgichdan tashkil topgan. 
Shneklar uzunligi 6200 mm, diametri 600 mm bo’lib, ular o’zaro bir-birining ustiga 
o’rnatilgan. Birinchi ustki sektsiyada erituvchini atmosfera bosimida kuchsiz bug’ 
yordamida dastlabki bug’latish amalga oshiriladi, ikkinchi ostki sektsiyada qisman 
vakuumda (96,1...97,9kPa) kuchsiz va o’tkir bug’ yordamida shrot tarkibidagi 
erituvchi oxirigacha bug’latiladi. Ustki va ostki sektsiyalar 14 shlyuzli zatvor orqali 
tutashtirilgan. 


178 
9 bug’latish shneklar truba shaklida bo’lib uning ichiga 16 val joylashtirilgan, 
valda kuraklar o’rnatilgan. Kuraklar shrotni aralashtirish va harakatlantirish uchun 
xizmat qiladi.
Bir shnekli bug’latgichdan shrot ikkinchi shnekli bug’latgichga 4 tuynuklar 
orqali o’tadi, bu tuynuklar bir vaqtda bug’latgich shneklarini ko’tarib turuvchi 
tayanch vazifasini ham bajaradi. Tuynuklarni kuzatish va tozalash uchun 7 lyuklar
o’rnatilgan.
Shnekli bug’latgichlar 17 bug’ ko’ylagi bilan ta‘minlangan. Bosimi 0,5 MPa va 
harorati 180...200
0
C bo’lgan yopiq bug’ 5 patrubka orqali ustki sektsiyalarga 
uzatiladi. Ustki sektsiyalardan chiqqan bug’ 13 patrubka orqali ostki sektsiyalarga 
yuboriladi, u erdan kondensat ajratgichlarga o’tadi.
O’tkir bug’ ostki sektsiyaning eng oxirgi shnekli bug’latgich ichiga uzatiladi. 
Bug’latgichning har bir sektsiyasi 11 quruq shrot tutqichlar bilan jihozlangan. Ustki 
sektsiyalarning shneklari 6 elektrodvigatellar, ostki shneklar 2 zanjirli uzatmalar 
yordamida harakatlantiriladi.
Ekstraktordan chiqayotgan shrot bug’latgichning ustki sektsiyasiga 8 patrubka 
orqali kiradi va shnek yordamida harakatlanib va aralashib o’tish tuynugi orqali 
keyingi shnekga oi’tadi. Shunday harakatlanib 14 zatvor orqali shrot ostki sektsiyaga 
kelib tushadi va hamma shneklardan ketma-ket o’tadi.
Hosil bo’lgan erituvchi va suv bug’lari har bir sektsiyadan 10 va 12 trubalar 
orqali ko’tarilib 11 quruq shrot tutqichlarga o’tadi. Bu yerda keskin kengayishi 
natijasida harakat tezligi sekinlashib bug’ tarkibidagi shrot zarrachalari qurilmaning 
konussimon qismiga cho’kadi va 10 va 12 trubalar orqali shnekli bug’latgichlarini 
ichiga tushib turadi.
Harorati 95...100
0
C, tarkibidagi qoldiq erituvchi miqdori 0,2 % bo’lgan tayyor 
shrot 3 zatvordan chiqarilib konditsiyalashga uzatiladi. 
НД
-1250M ekstraktsiyalash liniyaning shnekli bug’latgichning texnik tavsifi 
Ish unumdorligi, t/soat..........................................4
Shneklarning aylanish tezligi, min
-1
.....................38 


179 
Shneklar soni, dona..............................................8
Elektrodvigatel quvvati, kVt.................................27,5 
Umumiy isitish yuzasi, m
2
.....................................70 
Gabarit o’lchamlari, mm...................................9170x11150

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling