01 умичт ўқув қул
Markazdan qochma nasoslar
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Markazdan qochma nasoslar (18-rasm). Konstruktsiyasi sodda, ekspluatatsiya
qilish oson va narxi past bo’lganligi sababli bu nasoslar keng qo’llaniladi. Markazdan qochma nasosning tuzilishi. Odatda, markazdan qochma nasosning ish g`ildiragi shunday joylashtiriladiki, suyuqlik uning atrofidagi bo`shliq orqali o`tib, so`ngra o`qdan radius bo`yicha uzoqlashadi. So`rish trubasi orqali ta`minlovchi idishdan suyuqlik kameraning o`rta qismiga kiradi. So`ngra val orqali harakatga keltiriluvchi ish g`ildiragining kuraklari orasidan o`tib, nasos kamerasiga tushadi. Bu erda markazdan qochma kuch ta`sirida hosil bo`lgan bosim suyuqlikni haydash trubasiga so’rib chiqaradi. Suyuqlikning haydash trubasida ma`lum miqdordagi tezlik bilan oqishini ta`minlashi uchun o`tkazuvchi kamera, yo`naltiruvchi apparat va diffuzor kabi bir qancha maxsus moslamalardan foydalaniladi. Nasosdagi so`rilish qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik sathiga ta`sir qiluvchi bosim bilan so`rish trubasidagi siyraklanish bosimi orasidagi farq hisobiga amalga oshadi. Bunda aytilgan bosimlar farqi so`rish balandligi, so’rish trubasidagi qarshiliklarni yengishga va suyuqlikka tezlik berishga sarf bo’ladi. Bu tezlik suyuqlikning kameraga va so’ngra parraklar orasidagi kanalga kirishiga yordam beradi. Tabiiyki, bunda ta`minlovchi idish bilan so’rish trubasidagi bosimlar farqi so’rilayotgan suyuqlik bug`lari bosimida kam bo’lmasligi kerak. Haydash balandligi markazdan qochma nasos engishi mumkin bo’lgan eng yuqori balandlik bo’lib, g`ildirakning tashqi aylanmasidagi tezlik qancha katta bo’lsa, u xam shuncha katta bo’ladi. ОНЦ -1-6,3/20 nasosning tavsifi: Ish unumdorligi, m 3 /soat...............................6,3 42 Bosim, MPa.....................................................0,4 Gabarit o‘lchamlari, mm...................................450x200x370 Nasosning quvvati, kVt.....................................1,5 18-rasm. Markazdan qochma nasos: 1-kirish teshigi; 2-gaykalar; 3-parrakli g‘ildirak; 4-qopqoq; 5-chiqish teshigi; 6-elektr dvigatel; 7-ushlagich; 8-qisqich halqa; 9-tayanch; 10-nippel; 11-chegaralovchi; 12-rezina halqa; 13- oxirgi qismi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling