01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Tayanch so’z va iboralar
: bo’shatkich, transportyor, noriya, pnevmatik va aerozol transport qurilmalari, nasos. Nazorat savollari: 1. Moyli urug’larni qabul qilish va omborlarga joylashtirish uchun ishlatiladigan transport qurilmalari. 2. Avtomobil bo’shatkichlari. 3. Vagon bo’shatkichlari turlari 4. Pnevmatik C-559X tipidagi qurilma yordamida temir yo’l vagonidan paxta chigitini bo’shatish. 5. Transportyor turlari. 6. Rolikli transportyor, uning tuzilishi, ishlashi. 7. Plastinkali transportyor, uning tuzilishi, qo’llanilishi. 8. Shnekli transportyor, uning tuzilishi, qo’llanilishi. 9. Yuklarni ko’tarish uchun qo’llaniladigan uskunalari. 46 10. Pnevmatik va aerozol transport qurilmalari. 11. Nasoslar turlari, ishlash printsipi. 2-qism. MOYLI URUG’LARNI MOY OLISHGA TAYYORLASH III- bob. MOYLI URUG’LARNI ARALASHMALARDAN TOZALASH JARAYONI VA USKUNALARI 3.1.Urug’larni tozalash usullari Zavodga qabul qilinadigan moyli urug’lar tashish vaqtida har xil chiqindilar bilan ifloslanishi mumkin. Urug’larga qo’shilib qolgan aralashmalar asosan uch xil: moyli, organik va anorganik chiqindi bo’ladi. Yog’li chiqindilar singan, ezilgan, po’chog’i chaqilgan, mag’zi ezilgan urug’dan iborat bo’lib, chigit va boshqa moyli urug’larni saqlash va qayta ishlashda katta zarar yetkazadi. Chunki ular havodagi namlik va kislorod ta‘sirida buzilib, yog’ kislotalari, ketonlar va boshqa har xil uchuvchan moddalarga parchalanadi, natijada moyning sifati buziladi. Organik chiqindilarga g’o’za po’chog’i, barglar, paxta tolalari va xas-xashaklar kiradi. Bunday chiqindilar urug’ni tez qizdirib yuboradi, moy olishda mashinalarning ayrim joylariga tiqilib qolib, avariyaga olib kelishi mumkin. Anorganik chiqindilar tosh, g’isht maydalari, qum, tuproq, temir, mix, bolt va shunga uxshashlardan iborat. Bularning miqdori 1-10 % gacha bo’lishi mumkin. Bunday chiqindilar texnologik uskunalarni va mashinalarni ishdan chiqaradi, sindiradi va yong’inga sabab bo’lishi mumkin. Urug’larni tozalash natijasida ularning saqlash barqarorligi oshadi, ishlab chiqilgan mahsulot (moy, kunjara, shrot)ning sifati va texnologik qurilmalarning ish unumdorligi oshadi, eyilishi kamayadi, omborlar sig’imidan rasional foydalaniladi, ishlab chiqarish sexlar va korxonalarda sanitar holati yaxshilanadi. Moyli urug’lar yaxshi saqlanishi va sanoatda turli noxush hodisalar ro’y bermasligi uchun ular tozalanadi. Korxonalarda moyli urug’larni tozalash jarayoni ikki bosqichda: 47 saqlashdan oldin; ishlab chiqarishga yuborishdan oldin (texnologik tozalash) amalga oshiriladi. Birinchi va ikkinchi bosqichda tozalashda bir xil texnologik uskunalardan foydalaniladi, lekin ular turli rejimda ishlatiladi. Moyli urug’lar quyidagi xususiyatlariga asosan aralash moddalardan tozalaniladi: -urug’ va aralash moddaning o’lchami va shakliga asosan. Urug’larni tozalashda o’lchami va shakli har xil bo’lgan elaklar qo’llaniladi; -urug’ va aralash moddalarning aerodinamik xususiyatlariga asosan. Bunday tozalashda urug’ massasini havo oqimida separatsiya qiladigan qurilmalar qo’llaniladi; -urug’ va aralash moddalarning magnitlanish xususiyatlariga asosan, ya’ni urug’ va aralash moddalarning ferromagnit xususiyatlari farqi hisobidan. Hozirgi vaqtda sanoatda ishlatilayotgan tozalash qurilmalarining ko’pchiligi moyli urug’ va aralash moddalarning yuqoridagi hamma hususiyatlarini hisobga olgan holda ishlaydi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling