01 умичт ўқув қул


  Tayanch so’z va iboralar


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

94 
Tayanch so’z va iboralar: yanchilma, yaproqsimon, struktura, yanchilish 
koeffitsienti, val, ta’minlovchi bunker, maydalagich. 
Nazorat savollari: 
1.
Moyli xom ashyolar va ularni qayta ishlash mahsulotlarini yanchishdan maqsad. 
2.
Yanchish usullari. 
3.
Yanchish jarayonining mexanizmi. 
4.
BC-5 tipidagi besh valli yanchish qurilmasi tuzilishi. 
5.
Yanchish qurilmaning ish unumdorligi. 
6.
Yanchish qurilmalariga quyiladigan talablar. 
7. Urug’ va kunjarani maydalash qurilmalari. 
44-rasm. Bolg‘ali maydalagich. 
1-to’siq, 2- ta’monlovchi voronka, 3-taqsimlovchi val, 4-deka, 5-disk, 6-kalibrlash panjara, 7-o’q, 
8-plastina, 9-barmoqlar, 10-deka. 


95 
45- rasm. Yanchish qurilmaning ko’rinishi. 
 
3-qism. MEZGA TAYYORLASH VA PRESSLASH USULIDA MOY OLISH 
USKUNALARI 
VII-bob: YANCHILGAN MAG’IZGA ISSIQLIK BILAN ISHLOV BERISH 
JARAYONI VA USKUNALARI
 
7.1.Yanchilgan mag’izga namlik va issiqlik bilan ishlov berishdan maqsad 
Yanchilma tarkibida moylar bog’langan holatida, ya’ni sirtqi qismida, kapillyar 
holatda va buzilmagan hujayralarda bo’ladi. Bog’lanish kuchlari moylarni mahkam 
ushlab turadi. Shu sababli sovuq presslash usulida moylar kam miqdorda olinadi. 
Oson va ko’p miqdorda moy olish uchun yanchilma tarkibidagi moyni bog’lab turgan 
kuchlarni kamaytirish maqsadida yanchilma namlab qovuriladi.
O’simlik moylari ishlab chiqarishda qovurish jarayoni deganda urug’, mag’iz, 
yanchilma va kunjaraga namlik-issiqlik bilan ishlov berish tushuniladi. Qovurishdan 
maqsad qayta ishlanayotgan moyli xom ashyodan presslash yoki ekstraktsiyalash 
usulida ko’p miqdorda va qisqa vaqtda moy olish uchun sharoit hosil qilishdir. 


96 
Xom ashyoni presslash usulida moy olishga tayyorlashda qovurish jarayonida 
pressda siqib moy olish uchun mezgaga optimal plastiklik xususiyat hosil qilinadi va 
bu orqali mezgani briketlanib kunjara hosil qilishini ta’minlaydi, moyni 
qovushqoqligini kamaytirib uni siqganda oquvchanligi oshiriladi. Xom ashyoni 
to’g’ridan-to’g’ri ekstraktsiya usulida moy olishga tayyorlashda namlik - issiqlik 
bilan ishlov berish orqali plastiklik xususiyatini hosil qilib, yupqa, chidamli va 
g’ovak yassi tuzilish hosil qilish va bu orqali yaxshi ekstraktsiyalanadigan va 
ekstraktsiya vaqtida buzilmaydigan turg’un moddani hosil qilishdir. 
Qovurish vaqtida moyning tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladigan, xom ashyo 
tarkibidagi oqsil va boshqa fiziologik ahamiyatga ega bo’lgan moddalarni kam 
miqdorda denaturatsiyalanadigan va ba‘zi bir moddalarni (paxta chigiti, raps, soya va 
boshqalar tarkibidagi) aktivligini pasaytirish uchun kerakli sharoit hosil qilinadi.
Namlab qovurilgan mahsulotga mezga deb aytiladi. Namlab qovurish vaqtida 
moyni bog’lab turgan bog’lanishlar uziladi, molekulyar tortishish kuchlari kamayadi, 
yanchilma plastik bo’ladi, ba‘zi bir moddalar biologik aktiv holatidan passiv holatiga 
o’tadi.
Yanchilmaga namlik-issiqlik bilan ishlov berish jarayoni ikki bosqichda amalga 
oshiriladi. Birinchi bosqichda yanchilma suv yoki suv bug’i yordamida kerakli 
miqdorda namlanib isitiladi. Ikkinchi bosqichda namlangan material qovurish orqali 
quritilib pishiriladi va mezga hosil qilinadi. 
Yanchilmani namlash xom ashyoni turi, boshlang’ich namligi va naviga ko’ra 
quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 
-issiq yoki iliq suv bilan; 
-bug’ aralash suv bilan; 
-to’yingan bug’ bilan namlash. 
Yanchilmaga namlik-issiqlik bilan ishlov berish jarayoni maxsus qurilmalarda 
o’tkaziladi. Birinchi bosqichda yanchilma namlanadi, bunda moyning mag’iz 
tarkibidagi molekulalar bilan bog’lanish kuchlarining kamayishi natijasida moylar 
nisbatan erkin holatga o’tadi. Qovurish jarayonida yanchilma isitiladi va quritiladi. 
Namlik va issiqlik ta’sirida yanchilmaning fizik-mexanik xususiyatlari o’zgaradi va 


97 
yangi struktura hosil bo’ladi. Yanchilmaning moy bo’lmagan qismi bilan moyning 
o’zaro bog’liqligi o’zgaradi, zarrachalari o’zaro bir-biri bilan birikadi va to’ppa hosil 
bo’ladi. 
Yanchilmani namlaganda uning moy bo’lmagan qismi suvni yutishi natijasida 
bo’kadi, uning plastikligi va hajmi oshadi. Buning natijasida mikroskopik va 
ultramikroskopik kanallar qisiladi, ularning hajmi kamayadi, ichidagi moylar 
zarrachalarning sirtiga siqilib chiqadi. 
Harorati oshishi bilan yanchilma tarkibidagi moyning qovushqoqligi kamayadi, 
oquvchanligi ortadi, natijada presslash jarayoni ancha osonlashadi. 
Namlik va harorat ta’sirida moyning tarkibida chuqur kimyoviy o’zgarishlar 
sodir etmaydi, ammo qovurish va moyni presslash jarayonida oksidlanishning 
ikkilamchi mahsulotlarning to’planishi ro’y beradi. Shu sababdan ham qovurish 
vaqtida mezganing haroratini 105
0
C dan oshirmaslik, mezga bilan havoning o’zaro 
ta’sir qilish vaqtini kamaytirish va olingan moyning haroratini tezlik bilan 50…60
0

cha pasaytirish tavsiya etiladi. 
Kungaboqar urug’larining yanchilmasiga namlik-issiqlik bilan ishlov berish 
jarayonida harorati 100…105
0
C, namligi 5…6 % cha pasaytiriladi. 
Paxta chigiti mezgasining harorati 105…110
0
C, namligi 4,5…5,5% I-III- navlar 
va 5…6% IV-nav uchun bo’lishi kerak. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling