01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barabanli qovurish qurilmalari
99
7.3.Qovurish qozonlar Qovurish jarayoni to’g’ridan-to’g’ri qovurish qozonlarda yoki oldin namlovchi apparatlarda keyin qovurish qozonlarda o’tkaziladi. Qovurish qozonlari konstruktiv tuzilishi jihatidan uch turga bo’linadi: shnekli, barabanli va qasqonli. Hozirgi vaqtda sanoatda asosan qasqonli qovurish qurilmalari qo’llaniladi. Mezga plastik bo’lishi uchun uni yaxshilab bug’latish zarur. Aks holda moy chiqishi qiyinlashadi, kunjara shakllanmaydi va yog’dorligi yuqori boladi. Barabanli qovurish qurilmalari (47-rasm). MП-21 shnekli pressning agregati tarkibiga kiradi va shnekli qovurish qozonlarga nisbatan texnologik talablarga ko’proq javob beradi. MП-21 shnekli pressning barabanli qovurish qurilmasi ichki diametri 920 mm bo’lgan 1 silindrdan iborat. Baraban bug’ ko’ylagi bilan o’ralgan, uning isitish yuzasi 10,25 m 2 , silindr ichida 8 kVt quvvatli elektrodvigatel yordamida aylanadigan 2 parrakli aralashtirgich o’rnatilgan. Mahsulot barabanning ustida o’rnatilgan 3 ta‘minlovchi shnek orqali uzatiladi. Qurilmaning pastki qismida silindrsimon haroratlantiruvchi qurilma o’rnatilgan. Bu qurilmada pressga yuboriladigan mezga yopiq bug’ bilan quritiladi. Uning isitish yuzasi 4 m 2 , ichki diametri 351 mm tashkil etadi. Mezga silindrga chiqaruvchi patrubka orqali 4 shnek yordamida uzatiladi. Silindr bug’ko’ylagi bilan o’ralgan, uning ichiga 9 lentasimon aralashtirgich o’rnatilgan. Birinchi qismida mahsulot bug’ bilan qizdiriladi, kerak bo’lganda qozonning ichiga suv yoki o’tkir bug’ beriladi. Ikkinchi qismida pressga yuboriladigan mezga yopiq bug’ bilan quritiladi. Tayyor mezga pressga 10 konussimon patrubka orqali uzatiladi. 1-silindr, 2-parrakli arala chiqarish quvuri, 6-qabul qilish Barabanli qovurish qurilmaning kamchiliklari: mezga tarkibidagi namlik yetarli miqdorda bug’lanmaydi, yanchilmani baraban ichida bo’lish vaqti qisqa; bu vaqt paxta chigiti yanchilmasini qovurish uchun kamlik qiladi bog’langan holatga o’tishga ulgurmaydi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling