01 умичт ўқув қул
X-bob: MISTSELLANI QAYTA ISHLASH JARAYONI
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
151
X-bob: MISTSELLANI QAYTA ISHLASH JARAYONI, DISTILLYATSIYALASH QURILMALARI 10.1.Mistsellani qayta ishlash jarayonining mohiyati Ekstraktsiya jarayonida hosil bo’lgan mistsella tarkibi moy, uchuvchan erituvchi va ekstraktsiyalangan materialning qattiq zarrachalardan tashkil topgan. Mistsella tarkibidan moyni ajratish uchun erituvchi (benzin) bug’ holatiga o’tkaziladi. Bu jarayon distillyatsiya deb aytiladi. Distillyatsiya jarayonida erituvchi minimal haroratda qisqa vaqt davomida imkoniyat boricha tо’liq haydalishi lozim. Mistselladan erituvchi tо’liq haydalishi olinayotgan moyning chaqnash harorati bilan belgilanadi. Rafinatsiya qilinmagan ekstraktsiya moyi uchun bu ko’rsatkich 225 o C dan kam bо’lmasligi kerak. Distillyatsiya jarayoni asosan mistsellani qizdirish va undan erituvchini bug’ holida uchirish yо’li bilan olib boriladi. Shuning uchun bug’latish issiqligi hisobiga erituvchi molekulalari isib, ularning kinetik energiyasi ortib boradi. Maksimal energiyaga ega bo’lgan molekulalar katta tezlik bilan suyuqlik ichidan bug’ holatida ajralib chiqadi. Bu hollarda, erituvchi bug’larining kinetik energiyasi molekulalarning о’zaro tortishish kuchidan ustun bо’lishi va suyuqlik ta’siridan ozod bо’lib, bug’ holatiga о’tishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, bu kinetik energiya suyuqlik sathiga ta’sir qilayotgan erituvchi bug’larining parsial bosimi qiymatidan ham yuqoriroq bо’lishi kerak. Distillyatsiya jarayoni sanoatda ochiq va yopiq bug’lar yordamida, atmosfera bosimida yoki vakuum ostida olib boriladi. Yopiq bug’ о’z issiqligini tо’siq orqali mistsellaga о’zatadi va uni qizdiradi. Mistsellani yopiq bug’ bilan qizdirilganda suyuqlik ustidagi bug’ fazada faqatgina bitta komponentning bug’lari, ya’ni erituvchi bug’lari bo’ladi. Qizdirilayotgan mistsella harorati uning qaynash nuqtasiga teng kelganda bir vaqtning о’zida ham bug’lanish ham qaynash yuzaga keladi. 152 Mistsellaning harorati qancha yuqori bо’lsa, distillyatsiya jarayoning vaqti shuncha qisqaradi. Lekin erituvchining bug’lanishi natijasida mistsellaning kontsentratsiyasi oshadi, natijada uning qaynash harorati keskin ortadi. Yuqori harorat va uzoq muddatli distillyatsiya olinayotgan moyning sifatini tushirib, rangi, kislotaliligi, tarkibidagi oksidlangan moddalarning kо’payishiga olib keladi. Shuning uchun distillyatsiya jarayonida ochiq bug’ ishlatiladi. Ochiq bug’ning ishlatilishi natijasida mistsella ustidagi erituvchi bug’larining kontsentratsiyasi pasayadi, ya’ni bug’ning parsial bosimi kamayadi. Natijada mistsellaning qaynash harorati ham kamayadi va distillyatsiyalash jarayoni tezlashadi. Ochiq bug’ning ishlatilishi moyning о’ta qizib ketishiga yо’l qо’ymaydi; moyni intensiv aralashtiradi va о’zi bilan qoldiq erituvchini ilashtirib olib ketadi. Distilyatsiya jarayonini ayniqsa yuqori konsentratsiyali mistsella bо’lganda vakuum sharoitida olib borilishi mistsellaning qaynash haroratini pasaytiradi. Shuning uchun distillyatsiya jarayonining oxirgi bosqichlari vakuumda olib borilishi lozim. Distillyatsiya jarayonida mistsella tarkibidagi erituvchini ajratish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda erituvchi yopiq bug’ yordamida atmosfera bosimida yoki kuchsiz vakuumda bug’latiladi. Ikkinchi bosqichda erituvchi o’tkir suv bug’i bilan vakuumda bug’latib ajratiladi. Distillyatsiyaga yuboriladigan mistsella tarkibida 0,4...1,0% cha shrot zarrachalari bo’lishi mumkin. Distillyatsiyalash jarayonida qattiq zarrachalarning mavjudligi mistsellaning ko’pikrishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu zarrachalar distillyator qurilmasining isitish sirtlarida kuyib issiqlik berish jarayonlarini qiyinlashtiradi va tayyor mahsulot sifatini pasaytiradi. Mistsellani tozalash uchun uchta usul mavjud: tindirish, senrifugalash va filtrlash. Tindirish usuli mistsellani tozalashda alohida qo’llanilmaydi. Ba’zi ekstraktsiyalash liniyalarda mistsella dekantator va mistsellayig’ichlarda qisman tindiriladi. Tindirish jarayonining tezligi zarrachalar o’lchamlari va mistsella qovushqoqligiga bog’liq. 153 Senrifugalash usulida mistsella markazdan qochma kuchlar maydonida mexanik aralashmalardan tozalanadi. Jarayon samaradorligi yuqori bo’lganligiga qaramasdan bu usul amalda qo’llanilmaydi. Amalda mistsella filtrlash usulida patronli, diskli, rotatsion filtrlarda tozalanadi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling