01 умичт ўқув қул
Mistsellani rotatsion diskli filtrda tozalash
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
10.2.Mistsellani rotatsion diskli filtrda tozalash Rotatsion diskli filtr (71-rasm) - tarkibida 1,0% cha qattiq zarrachalari bo’lgan mistsellani filtrlash uchun qo’llaniladigan uzluksiz qurilmasi. Filtrning 6 gorizontal silindrsimon korpusi 1 staninaga mahkamlangan. Korpusning ichida ichi bo’sh 7 o’q va tozalangan mistsella uchun 9 kollektor o’rnatilgan. Qo’zg’almaydigan kollektorning ichida ettita 13 filtrlash disklari joylashtirilgan. Disklar filtrlash mato bilan qoplangan va bir biriga mahkamlangan o’nta sektordan iborat. Staninaga payvandlangan korpus tublaridan 15 o’q o’tadi. Tozalanmagan mistsella 12 patrubka orqali kiradi. Filtrlangan mistsella 14 va 2 patrubkalardan chiqariladi. Korpusda 18 quyqani (shlam) chiqarish uchun, 8 vakuum va 3 havo tizimiga ulanish patrubkalari, monovakuummetr va 19 extiyot klapani mavjud. Tozalangan mistsella chiqayotgan joyda filtr 4 nazorat fonar bilan jihozlangan. Disklar orasida cho’kma yig’ilmasligi uchun korpusning ustidan sakkizta 11 yuvish moslamasi o’rnatilgan. Ular orqali filtr korpusiga 10 taqsimlovchi kollektordan mistsella yuboriladi. Filtr ikkita 20 nazorat oynasi va 21 qopqoqli lyuklar bilan jihozlangan. Filtr o’qi 17 uzatma yordamida aylanadi. Harorati 50...60 0 C bo’lgan mistsella 12 va 14 patrubkalardan 0,2 MPa bosim bilan filtrga keladi, filtrlash disklardan va kollektor teshiklaridan o’tib o’qning ichiga kelib tushadi. U erdan mistsella nazorat fonarga keladi va 2 patrubka orqali filtrdan chiqib ketadi. Disklar sirtida yig’ilib qolgan zarrachalar filtrga keladigan mistsella bilan yuviladi. Filtrlash vaqtida disklar harakatlanmaydi. 154 Disklar sirti quyqa bilan to’lganda filtr ichidagi mistsella miqdori 70...75 % qoldirilib so’ng elektrodvigatel qushiladi, o’q bilan disklar aylanadi va filtr segmentlari yuviladi. Filtrda yig’ilgan quyqalar (shlam) 18 patrubka orqali chiqariladi va ekstraktorga yuboriladi. Filtrlash jarayonida hosil bo’lgan erituvchi bug’lari havo bilan birga 3 patrubka orqali deflegmatsiyaga yuboriladi. Mistsellani qayta ishlash liniyasida bir necha filtrlash qurilmalari, shuningdek rezerv (zahira) filtr joylashtiriladi. 71-rasm.Rotatsion diskli filtr. 1-stanina, 2 va 14-filtrlangan mistsella uchun patrubka, 3- erituvchi bug’lari va havo chiqarish uchun patrubka, 4-nazorat fonari, 5-podshipnik, 6- silindrsimon korpus,7- o’q, 8-vakuum liniyasiga ulanish patrubkasi, 9-kollektor,10-taqsimlovchi kollektor, 11- yuvish moslamasi,12-tozalanmagan mistsella uchun patrubka, 13-filtrlash disklari, 15-korpus tublari, 16-salnik, 17-uzatma, 18- cho’kmalar uchun patrubka, 19-bosimni me’yorlovchi extiyot klapani, 20-nazorat oynasi, 21- qopqoqli lyuklar. Rotatsion diskli filtrning texnik tavsifi Unumdorligi (mistsella bo’yicha), m 3 /soat................................9 Filtrlash yuzasi, m 2 ................................................................16,8 Filtrlash bosimi, MPa..............................................................0,2 cha Filtrlash disklarning soni, dona................................................7 155 Disk diametri, mm..................................................................1400 Diskning aylanish tezligi regeneratsiya davrida, ayl/sek..................................................43 Filtrlangan mistsella tarkibida qattiq zarrachalar miqdori, %...................................................0,02 Elektrodvigatel quvvati, kVt....................................................5,5 Gabarit o’lchamlari, mm...............................................3320x1860 x 2485 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling