01 умичт ўқув қул


Plyonkada distillyatsiyalash (yupqa parda)


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

Plyonkada distillyatsiyalash (yupqa parda)li bug’ oqimi ta’sirida 
harakatlanishiga qarab, pastga tushayotgan plyonkada distillyatsiyalash va yuqoriga 
kо’tarilayotgan plyonkada distillyatsiyalashga ajratiladi. Plyonka oqimining har 
ikkala turi moy-ekstraktsiya korxonalarida keng qо’llaniladi. Plyonka harakatining 
birinchi turi НД-1250, DS liniyalardagi tugal distillyatsiyalashda qо’llaniladi. 
Ikkinchi turini esa asosan НД-1250, DS liniyalarning mistsellani dastlabki 
distillyatsiyalash bosqichlarida uchraydi. 
Plyonka qalinligi mistsellaning fizik xossalariga, plyonka hosil bо’ladigan 
yuzaning xususiyatlariga, bu yuzani joylashishiga va distillyatsiya jarayonining 
sharoitlariga bog’liq bо’ladi. 
Plyonkani isituvchi yuza bо’ylab yuqoridan pastga tushish mexanizmi bug’ 
kо’piklari hosil bо’lishi tufayli yuzaga keladigan bir qator xususiyatlarni namoyon 
etadi. Yuza harorati oshganda dastlab mayda, sekin kattalashadigan kо’piklar hosil 
bо’ladi, keyin esa kattaroq, tez kattalashadigan kо’piklar hosil bо’ladi. Natijada 
suyuqlikni yupqa pardasi buziladi va uziladi. Ma’lum bir isitish haroratida yupqa 
parda tekis bо’ladi, chunki jadal hosil bо’layotgan kо’piklar о’z energiyasini 
suyuqlikni butun yuza bо’ylab bir tekisda taqsimlashga sarflaydi. Keyingi qizdirish 
butun yuza bо’ylab kо’piklarni hosil bо’lishiga va yupqa parda bilan aralashishiga 
olib keladi. Bunda diametri 30 mm ga yetgan yirik kо’piklar pastga oqib tusha 
boshlaydi. Yuza haroratining keyingi kо’tarilishi undan suyuqlik yupqa pardasini 
oqim holida ajralishiga olib keladi. 


157 
Suyuqlik yupqa pardasini oqim bо’ylab harakati mexanizmi quyidagilardan 
iborat. Aniq ifodalangan tо’lqinlar bir-biriga nisbatan har xil masofada kо’tariladi. 
Yupqa parda butun trubka uzunligi bо’ylab tinch holatda joylashadi, chunki alohida 
bir tо’lqinning shakli va amplitudasi amalda о’zgarmay qoladi. Gaz oqimining tezligi 
kamayganda ular truba bо’ylab halqa kо’rinishida kо’tarila boshlaydi. 
Kо’tarilayotgan plyonka doimiy qalinlikka ega bо‘lmaydi. Plyonka oqimi aniq 
ifodalangan pulsatsion harakterga ega bо’lib, u asosan gaz tezligi kichik bо’lganda 
yaxshi kuzatiladi. Bunda oz impuls olayotgan plyonka tezligini yо’qota boshlaydi va 
gaz oqimining impulsi uning yuqoriga kо’taruvchi energiyaga ega bо’lmaguncha 
pastga sirg’alib tusha boshlaydi. 
Yupqa parda tipidagi apparatlarning asosiy afzalliklariga bug’ning ruxsat etilgan 
tezligini yuqoriligi, yuqori unumdorlik va gidravlik qarshilikni kichikligi kiradi. 
Yupqa pardadagi bug’lanishni jadallashtirish uchun yupqa parda hosil 
bо’ladigan yuzani qizdirishning borligi yoki yо’qligi muhimdir. Yupqa parda 
isitiluvchi yuzada isitilmaydigan yuzaga nisbatan tez bug’lanadi.
Pastga tushuvchi yupqa pardadagi bug’lanish isitilmaydigan yuzada sekin 
boradi, chunki bunda bir tomonlama issiqlik almashish bо’lib, plyonkani turbulentligi 
kichik bо’ladi. 
Mistselladan erituvchini bug’latish plyonkani barqaror qiluvchi yuza tarangligini 
oshishiga olib keladi. Bu konsentratsiyasi yuqori bо’lgan mistselladan yupqa 
qatlamda erituvchini haydash jadalligini kamaytiradigan sabablardan biri bо’lishi 
mumkin. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling