01 умичт ўқув қул
Mistsellani buralgan oqimida distillyatsiyalash
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki bosqich distillyatori
Mistsellani buralgan oqimida distillyatsiyalash jarayon tezligini oshiradigan
istiqbolli usulidir. Buralgan oqimni hosil qilish uchun maxsus mistsellaning uyurmalanishini (turbulent oqimni) hosil qiladigan moslamalardan foydalaniladi. Mistsellani buralgan oqimida va purkash usuli bilan distillyatsiyalash orqali distillyatsiya qurilmalarning samaradorligi oshiriladi. 159 НД -1250 ekstraktorning distillyatsiyalash qurilmalari. НД-1250 ekstraktsiyalash qurilmasi o’rnatilgan liniyalarda mistsellani distillyatsiyalash ikki yoki uch bosqichda amalga oshiriladi. Jarayon ikkita alohida qurilmada olib boriladi. Birinchi qurilma dastlabki bosqich distillyator atmosfera bosimida, ikkinchi qurilma oxirgi bosqich distillyator vakuumda ishlaydi. Dastlabki bosqich distillyatsiya jarayoni bir hil konstruktsiyali apparatlarda amalga oshiriladi. Distillyatsiyaga kelayotgan filtrlangan mistsella nasos yordamida mistsella yig’ichdan trubali issiqlik almashinish qurilmadan (isitish yuzasi 20 m 2 ) o’tib dastlabki distillyatorga kelib tushadi. Mistsella harorati 40...60 0 C, kontsentratsiyasi 15...20 % tashkil etadi. Dastlabki bosqich distillyatori. Dastlabki bosqich distillyatori (72-rasm, a) plyonkali bug’latish qurilmasi bo’lib, ikkita asosiy (3 trubali - isitish va 8 separatsion) qismlardan iborat. Isitish qismi ichida 4 trubalar to’plami joylashgan 2 silindrsimon korpusdan iborat. Yuqoridan va pastdan trubalar 13, 17 panjaraga mahkamlangan. Qurilmaning yuqori qismida spiralsimon plastinalardan yasalgan 7 separator joylashgan va 9 tomchi qaytargich (disk) o’rnatilgan. Distillyator 14 yopiq suv bug’i va 15 mistsellani berish patrubkalar, 1 kondensat va 6 bug’latilgan mistsellani chiqarish uchun patrubkalar, 10 erituvchi bug’larini va 16 kontsentrlangan mistsellani chiqarish patrubkalar bilan jihozlangan. Qurilmaning separator qismida 12 lyuk o’rnatilgan. Dastlabki mistsella nasos yordamida uzluksiz ravishda patrubka orqali isitish sektsiyaning pastki qismiga beriladi, 4 isitish trubalarining yuzasi bo’ylab yupqa plyonka holida yuqoriga harakat qiladi. Mistsellani qizdirish uchun harorati 180...200 0 C, bosimi 0,5 MPa yopiq bug’ patrubkalardan trubalar orasiga beriladi. Distillyatorning isitish yuzasi 78,5 m 2 tashkil etadi. Mistsella pastdan yuqoriga harakatlanadi va qaynab bug’-suyuqlik aralashmasini hosil qiladi. Bu aralashma isitish trubalarining devori atrofida yuqoriga qarab katta tezlikda harakat qiladi va bug’lanadi. Mistsella plyonkasi bug’ oqimi bilan trubalarning ichki yuzasi bo’ylab distillyatorning 8 separator qismiga kelib tushadi. 160 Isitish trubalarining yuqorigi qismida bug’ning miqdori ko’payib boradi va natijada mistsellaning kontsentratsiyasi ham oshib boradi. Isitish trubalaridan chiqayotgan erituvchi bug’iga aralashgan mistsella tomchilari separatordagi diskaga urilib pastga isitish trubalariga tushadi. Erituvchi bug’lari separatorda tangentsial yo’nalishda aylanma harakat qiladi. Tomchi ushlagichda erituvchi bug’i tarkibida qolgan mistsella tomchilari markazdan qochma kuch ta‘sirida uning devorlariga urilib pastga oqib tushadi, erituvchi bug’lari esa qurilmaning yuqorigi qismidan kondensatorga chiqib ketadi. Quyuqlashtirilgan mistsella separatorning pastki qismidagi 6 patrubkadan chiqariladi. Dastlabki bosqich distillyatorda kirayotgan mistsellaning kontsentratsiyasi 15 %, qurilmadan chiqayotgan mistsellani kontsentratsiyasi 55-70 %, harorati 60...85 0 C teng bo’ladi. Nasos yordamida quyuqlashtirilgan mistsella distillyatorning ikkinchi bosqichiga beriladi. Birinchi bosqich distillyatori atmosfera bosimida ishlaydi. Ikkinchi bosqich distillyatorda 0,01...0,03 MPa qoldiq bosim hosil qilinadi, mistsella kontsentratsiyasi 90...95 % cha oshiriladi. Ikkinchi bosqich distillyatordan yuqori kontsentrlangan mistsella nasos bilan qizdirish qurilmasida 105-110 0 C gacha qizdiriladi va oxirgi bosqich distillyatorning sachratish forsunkalariga beriladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling