01 умичт ўқув қул


Qalin qatlamda distillyatsiyalash


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

Qalin qatlamda distillyatsiyalash qaynash harorati yuqori bо’lgan, yuqori 
konsentratsiyali (80…85%) mistsellalar uchun qо’llaniladi. Bunday holatda 
erituvchini ajratish bug’latish yо’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni 
jadallashtirish uchun apparatda vakuum hosil qilinadi, mistsellaning qalin qatlamiga 
esa barbotyor orqali ochiq bug’ beriladi. 
Qalin qatlamda distillyatsiyalashda mistselladagi bosim yuqori va pastki 
qatlamlarda bir xil bо’lmaydi, demak, eritmaning harorati ham qatlam balandligi 
bо’yicha turli xil bо’ladi. Suyuqlikni pastki qatlamida turgan bug’ pufakchalari 


158 
qatlam orqali uni bosimini yengib о’tishi lozim, demak yuzadagiga nisbatan yuqori 
bosimga ega bо’ladi. Shu sababli quyi qatlamdagi mistsellaning qaynash harorati 
yuqori bо’ladi. 
Erituvchini bug’latish va mistsella kontsentratsiyasining oshishi bilan gidravlik 
bosim kо’tarilib boradi, chunki bunda olinayotgan mistsella zichligi ortadi. Qatlam 
qalinligi qancha kichik bо’lsa, gidravlik bosim ta’siri shuncha kam bо’ladi.
Ekstraktsiya moyining tayyorligi chaqnash harorati bо’yicha aniqlanadi. Bu 
kо’rsatkich kо’pgina moylar uchun 225
0
C dan past bо’lmasligi kerak (ya’ni yog’dagi 
qoldiq benzinning miqdori 0,01% teng bo’ladi). 
Purkash, plyonkada va qalin qatlamda distillyatsiyalash usullari bir-biridan 
suyuqlik va gaz fazalarini ajratuvchi yuza kattaligi – bug‘lanish oynasi deb ataluvchi 
kattalik bilan farqlanadi. Mistsella hajmining birligiga nisbatan bug’lanish oynasining 
kattaligi qalin qatlamda distillyatsiyalashdan purkash bilan distillyatsiyalashga qarab 
о’shib boradi. Bug’lanish oynasi qancha katta bо’lsa bir xil sharoitda mistsella 
tarkibidan shuncha kо’p erituvchi haydalgan bо’ladi, ya’ni distillyatsiya tezligi 
shunchalik yuqori bо’ladi.
Purkash usuli bilan distillyatsiyalash istiqbolli hisoblanadi. Bu usul bug’lanish 
oynasini kattaligi va yuza notekisligi bilan ham farq qiladi. Ya’ni bug’lanish 
bо’ladigan yuza sferik, qavariq bо’ladi va tekis yuzaga nisbatan ortiqcha yuza 
energiyasiga ega bо’ladi. Yuza egriligining radiusi qancha kichik bо’lsa, ortiqcha 
energiya shuncha katta bо’ladi, ya’ni tomchi о’lchami shunchalik kichik bо’ladi. Shu 
sababli, suyuqlik yuzasi ustidagi bug’ bosimi uning tomchi о’lamini kichikligiga 
qarab oshib boradi; molekulani mistsellaga qaytarishga intilayotgan kuch tekis 
yuzadagiga nisbatan kichik bо’ladi. Bu esa erituvchini bug’lanish jadalligiga ta’sir 
etadi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling