01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия
Download 4.09 Mb.
|
O\'zgaramiz 9- mavsum
SANA 4-KUNSha'riy istilohda esa ma'naviy ishlarda narsalarni teskarisini yo'q darajada aniq bilish sifatiga "ilm" deyiladi. Ilmda yaxshi natijaga erishmay, yillab qolib ketishga sabab bo'ladigan narsa - hali u kitob, hali bu kitob, bir qarasang bir ustoz, bir qarasang yana yangi dars-u yangi ustoz, yangi dastur qilib yurishdir. Mana shunday aylanaveradi, qarabsiz-ki, bir necha yo'lni qo'ldan boy berib qo'ygan bo'ladi o'quvchi, umid qilingan natija olisda qolaveradi. Boshlang'ich talaba dastlab bir ustozni lozim tutishi kerak, bo'lmasa parokanda bo'ladi. Vaqtini zoye qiladi. Eng avvalo, ilmning qiymatini anglab olishimiz kerak. Ilm narsalarning eng foydalisidir. Agar tolibi ilm bilim talab qilib, xoh institutga bo'lsin, xoh maktabga, xoh boshqa joy bo'lsin, birinchi qadamni tashlab boshlaganda gunohlari to'kilib ketar ekan. Har bitta qadamga bitta gunoh to'kilib, bitta savob yozilar ekan. To ilm olinadigan dargohga borib, o'tirib ustozini oldida ilmini olib, o'rnidan turayotgan paytda ustozining ham, tolibi ilmning ham ota-onasining barcha gunohlari to'kilib, onadan qayta tug'ilgandek qilib qo'yilar ekan. Shuncha ilmni fazilatini ko'rib o'qimaslik, bu aqldan emas. Ilm olish orqali nafaqat o'zimiz, balki ota-onamizga ham yaxshilik qilgan bo'lamiz. Eng katta muallimning gaplari bor: " Kim ilm talab qilish yo'liga tushsa, Alloh unga jannatning yo'lini yengillashtiradi". Ilm talab qilish odoblari 2 qismga bo'linadi: ▪Ilmga nisbatan bo'ladigan odoblar. ▪Muallimga nisbatan bo'ladigan odoblar. Ilmga nisbatan bo'ladigan odoblar: Niyatni xolis qilish. Dinida ilm o'rganish faqat Alloh taoloning roziligi uchun bo'ladi. Ilm talab qilmoqchi bo'lgan shaxs niyatini yaxshi qilishi, olgan ilmi bilan xalqqa xizmat qilib, Haqni rozi etishni ko'zlashi kerak. Shunda olgan ilmi foydali bo'ladi: dunyoga ham erishadi, oxirat savobiga ham erishadi. Ammo niyatni mol-u dunyoga, riyoga bog'lasa, oxirat savobi bo'lmaydi, dunyo havasi ham aniq amalga oshmaydi. Nafsni poklash va razolatlardan holi qilish. Ilm talabi yo'liga kirgan shaxs ilm olish va uning martabalariga erishishdan oldin o'zini turli yomonlik-gumonlardan, nafsini turli razolatlardan va xulqini esa qoralangan sifatlardan poklashi zarur. Ilm majlislarini izlash, ularning samarasidan foydalanish. Ilm talabida sadoqatli bo'lish, barcha vaqt va harakatni tahsil olishga qaratish, ilmga xalaqit beradigan barcha narsadan yuz o'girish, haromdan hazar qilish va ma'siyatdan chetda bo'lish lozim. Ilm talabida ixlos qilish. Diniga, dunyosiga, oxiratiga, vataniga, xalqiga foydali bo'lgan ilmnitalab qilish. Befoyda, vaqti o'tgan va zarar beradigan ilmdan chetda bo'lishi. Ilmning viqorini lozim tutish. Muallimga nisbatan bo'ladigan odoblar: Muallimga tavoze'li bo'lish, qadrini bilish. Unga ulug'lash nazari bilan qarash. Agar muallim talabadan kichik yoshda bo'lsa ham, unga alohida ehtirom ko'rsatiladi. Muallim kelganda o'rnidan turib, hurmat ila kutib olish. Muallimning darsida odobli bo'lish, jim o'tirib tinglash va odob bilan savol berish. Darsdan chiqib ketmaslik. Tolibi ilmning shogird tushishga izn so'rashi, muallimdan ilm olishva uning itoatida bo'lishi talab etiladi. Muallimning haqlarini mukammal tarzda ado etish. Bir ustoz aytgandilarki, agar darsda o'quvchidek o'tirsangiz, o'quvchidek dars olasiz. Ustozdek fikrlashga harakat qiling. Shunda dars davomida ustoz e'tibor beradigan narsalarni sezasiz va ustozdek o'rganasiz. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling