01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия


Download 4.09 Mb.
bet19/19
Sana02.11.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1739520
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O\'zgaramiz 9- mavsum

SANA 21-KUN





TANQID QILSIHNING NOZIK SAN’ATI

Tanqid qilish o'zi nima?
Tanqid qilish ‐ o'zga bir kishining ishi, harakatlari yoki g'oyalariga asosli fikr bildirish va o'zining aniq, batafsil yo'l-yo'riqlarni chiroyli tarzda muloyimlik bilan aytishni o'z ichiga oladi.
Tanqid qilayotganda shoshilib, jahl bilan apil-tapil, birdaniga xato va kamchiliklarini aytib tashlanmaydi.
Tanqid qilayotganda qarshingizdagi odamga asosli mulohazalaringizni e'tibor va diqqat bilan bildirishingiz lozim.

Tanqid qilishning 8 samarali uslubi:

  1. Mujmal bo'lmang.

Fikrlaringizni qisqa va aniq fakt va raqamlar bilan bayon eting. Umumiylikdan qoching, e'tiboringizni aniq bir tomonga qarating va nima qilsa yaxshilanishi, o'garishi mumkinligini yetkaza oling.

  1. Ovozingizda muvozanatni saqlang. Ovozingiz juda asabiy, balandyoki aksi juda muloyim ham bo'lmasin.

  2. Kamchiliklarga yechimlar taklif qiling. Tanqid qilish bilan bir paytda muammolarga yechim, tavsiyalar va muqobil variantlar berishingiz yuksalishga asos bo'ladi.

  3. E'tiborni qarshingizdagi insonning shaxsiy kamchiliklariga emas,uning ishi yoki taqdim qilgan ishining natijasiga qarating. Bu orqali siz atrofdagilaringizga bildirilgan fikrlar ustida ishlash, ularni inobatga olishni o'rgatasiz. Bu esa ajoyib muhitni, o’zaro hurmat va e'tiborni yaratib beradi.

  4. Bosh maqsadni unutmang. Tanqidingizni dalil, isbot va aniq raqamlar bilan keltiring. Shaxsiy fikr va o'z qarashlaringizni birinchi o'ringa qo'yib olmang. Unutmang, adolatli yondashuv bor joyda samara va rivojlanish bo'ladi.

  5. Tanqid qilish uchun to'g'ri joy va vaqt tanlang. Omma va ko'pchilikoldida tanqid qila ko'rmang, bu istalgan kishining g'ururini sindirib qo'yib, sizga nisbatan nafratiga sabab bo'lishi mumkin.

  6. Tanqidni suhbatga aylantiring.

O'z fikringizni aytib bo'lgach, qarshingizdagi insonga ham so'zini aytishga imkon bering. So'zini tinglang. O’zaro foydali fikrlar almashing.

  1. Ochiq bo'ling.

O'z fikringizni yetkazdingiz, endi navbat qarshingizdagi insonniki. O'zgalar fikrini ham tinglay oling ham ular bemalol gapirishiga muhit yaratib bering. O’zaro tushunish va fikrlarga hurmat o’rtada do'stlikni shakllantiradi, bu esa muvaffaqiyatli ish va baxtli hayot shartlaridandir.

Unutmang, har bir rivojlanish va o'sishning zamirida o'zaro hurmat va odob yotadi. Qolganlari shu ikki fazilat ustida barpo bo'ladi. Bir o'q bilan ikki quyonni uring. Ham go’zal odobingiz bilan insonlar qalbidan joy oling, ham mulohazalaringiz bilan xatolar to'g'irlanib, yaxshilanishiga sababchi bo'ling!


Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling