01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия
Download 4.09 Mb.
|
O\'zgaramiz 9- mavsum
SANA 17-KUNQ OG'OZ KITOB YOKI ELEKTRON KITOB? Hozirgi kunda ko‘plab kitobxonlar uchun juda qiziq savol bo'layotgan narsa bu - qog‘oz kitobda o‘qish afzalmi yoki elektron kitobda? Qog‘oz va elektron kitoblarini o'qishning foydalari va zararlari: Bugungi kunga kelib, kitoblarni qog'oz formatida o'qish o'quvchiga o'qilgan narsalarni yaxshiroq anglashi va vaqt o'tishi bilan aniqroq xotiraga ega bo'lishiga imkon berishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Diqqatni saqlaydi. Diqqatingizni saqlashga yordam beradi. Agarda siz telefon yoki kompyuter orqali elektron kitoblarni mutolaa qilsangiz, diqqatingiz bo‘linishi va mutolaadan chalg‘ishingiz mumkin. Kitob o‘qiyotgan vaqtingizda kimdir qo'ng'iroq qilib qolsa, diqqatingiz ham fikringiz ham bo'linishi tabiiy va diqqatingizni jamlashingiz ozgina qiyin bo‘ladi. Sog‘ligingizda muammo bo‘lmaydi. Siz doim yoki ko‘p hollarda elektron kitob o‘qishingiz natijasida ko‘zingizning sog'lig'i yomonlashishi mumkin. Eslab qolishingiz yaxshi bo‘ladi. Olimlarning aytishlaricha qog‘oz kitobda o‘qigan ma'lumotlarning 80% i, elektron kitobda o‘qiganlarning esa 30% i esda qolar ekan. Ayniqsa qog‘oz kitobdan o‘qish jarayonida turli xil narsalar orqali chizib, belgilab o‘qisangiz, kitobni keyingi safar ancha vaqtlardan so‘ng ham ochib qaraganingizda voqealar yodingizga tushadi. Hid va ovoz . Kitobning hidi va ovozi bo‘lishini bilasizmi? Agar siz doimiy qog‘oz kitobdan mutolaa qiladigan bo‘lsangiz, kitoblarning o‘zgacha hidi va uni varaqlaganingizda chiqadigan ovozini yoqtirib qolasiz. Uning o‘zgacha lazzatini his qilasiz. Boshqalarning ham kitobga qiziqishiga sababchi bo‘lasiz.Agar siz doimiy qog‘oz kitobi mutolaasida bo‘lsangiz va borgan joylaringizga o‘qiyotgan kitoblaringizni olib borib , bo‘sh vaqt bo‘lishi bilan mutolaa qilsangiz yoki kitobni mutolaa qilmasangiz ham yoningizda olib yursangiz boshqa insonlarning ham kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirishga yordam berasiz. Kitoblarga to‘la javon. Siz doimiy kitob mutolaasida bo‘lib, o‘qigan va yoqtirgan kitoblaringizni yig‘sangiz, vaqti kelib bir kitoblarga to‘la javoningiz bo‘ladi. Bu bilan atrofdagilaringiz, yaqinlaringiz , farzandlaringizning ham kitob mutolaasiga qiziqishiga sababchi bo‘lasiz. Elektron kitoblar esa faqat MBlarni oladi xolos. Agarda siz qog‘oz kitob mutolaa qilsangiz, ammo kitoblarni yig‘ishni yoqtirmasangiz, uni kimgadir sovg‘a qilish orqali yana bir insonning ilm olishiga sabab bo‘lasiz. Eng yaxshi va manfaatli sovg‘a kitobdir. 9. Elektron kitob yengil va olib yurish uchun qulay. Elektron kitoblar sumkangizdan katta joy olmaydi. Faqatgina qurilmangizdan bir necha MBlarni oladi va bu sizga ko‘tarishingiz og'irlik ham qilmaydi. Ushbu maqolani yozishdan oldin bir qator kitobxonlardan qog‘oz kitob afzalmi yoki elektron kitob? savoli bo‘yicha so'rovnoma o‘tkazildi va ular bergan javoblar orqali mavzu yoritilib berildi. Ularning 90% i qog‘oz kitoblarini afzal deb bilishdi. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling