01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия


Download 4.09 Mb.
bet14/19
Sana02.11.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1739520
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O\'zgaramiz 9- mavsum

15-KUN





SAMARADORLIKNI OSHIRISHGA YORDAM BERADIGAN ILOVALAR
Barchamizga maʼlumki, hozirgi kunda hayotimizning asosiy qismi turli xildagi gadjetlar va asosan, telefonimiz bilan oʻtadi. Telefon nafaqat bizni chalgʻituvchi buyum, shu bilan birga, dars qilish/vaqtni boshqarish kabilarni samaraliroq tashkil qilish uchun yaxshi yordamchi hamdir.
Hozirgi kunda smartfonimizda bizning faoliyatimizni yengillashtirishga yordam beradigan foydali ilovalar yetarlicha. Quyida sizni baʼzilari bilan tanishtiramiz:
Detox. Demak sizga birinchi taklif qiladigan ilovamiz
Ushbu ilova android qurilmalarni bloklash uchun ishlab chiqilgan boʻlib, sizni telefonsiz vaqt oʻtkazishingizga xizmat qiladi. Dars qilayotgan vaqtingiz kerakli muddatni tanlaysiz va telefoningizni bloklab, chalgʻimasdan vazifalaringizni bajarasiz.
Alarmy. Ushbu ilova tongda uygʻonishga qiynaladiganlar uchun ayni muddao. Ilovada uygʻonishingiz kerak boʻlgan vaqtni va miyangizni faollashtiruvchi mashq turini belgilaysiz. "Alarmy"ni odatiy uygʻotgich kabi shunchaki bosish orqali oʻchirib qoʻyolmaysiz, tovushni oʻchirish uchun berilgan topshiriqlarni bajarishingiz kerak boʻladi. Bu vaqt ichida esa, sizni miyangiz faol holatga keladi va uyqudan qiynalmay uygʻonasiz.
Pomodoro. Dars qilish yoki boshqa diqqat talab etadigan ishlarda nihoyatda foydali ilova. 25 daqiqa vazifa, 5 daqiqa tanaffus rejimi. Ilovaga kirib 25 daqiqani belgilaysiz va hech narsaga chalgʻimay vazifangizni bajarishga harakat qilasiz, pomodoro esa vaqtingizni nazorat qiladi. Pomodoro texnikasi hozirda eng koʻp foydalaniladigan samarador usul hisoblanadi.
Telefoningizdan yordamchi sifatida foydalanishni oʻrganib, dars qilish jarayoningizni qiziqarli va samarali oʻtkazing!

16-KUN





JAMIYATDA YURISH ODOBI (IJTIMOIY ODOBLAR)



Jamoat joylarida insonning o‘zini qanday tutishi uning madaniyat darajasini belgilaydi. Ko‘pchilik bu kabi joylarda qilib bo‘lmaydigan ishlardan yaxshi xabardor. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay ayrim hollarda bunday narsalardan chetga chiqishadi. Shu sababli biz kichik qo‘llanma tuzishga qaror qildik.
Salomlashish odoblari:

  • "Assalomu alaykum" deb to‘liq salom berish;

  • Salomni suhbatdosh eshitadigan darajadagi ovoz bilan alik olish;

  • Katta va kichiklarga birinchi bo‘lib salom berish;

  • Salomga alik olganda salom bergan inson eshitishi;

  • Xayrlashayotganda salom berib xayrlashish;


  • Salomga alik olayotganda o‘sha salom miqdoricha yoki undan ziyodaqilib salom berish;

  • Salom berganda tabassum bilan salom berish;

  • Salom berganda qo‘l berib ko‘rishish.

  • "Bismillah" ni aytib o‘ng oyoq bilan ostonadan chiqish;

  • Oyoq kiyimni pok tutish;

  • Naqliyotdagi kishilarga salom berish;

  • Ko‘rsatilgan joyga o‘tirish;

  • Ko‘rsatilmagan bo‘lsa birinchi duch kelgan joyga o‘tirish;

  • Haqli kishilarga joy berish kerakligi (qarilarga, homilador ayollarga, yosh bolali kishilarga va h.k);

  • Baqirib gapirmaslik, behuda va keraksiz, uyatsiz faxsh so‘zlarni so‘zlamaslik;

  • Haydovchiga tashakkur aytish;

  • Naqliyotdagi kishilarga xayrlashuv salomini berib o‘ng oyoq bilan tushish kerakligi;

Ilm majlislarida, jamoat yig‘inidagi odoblar:

  • Yaxshi kiyimlarni kiyib, ozoda bo‘lib borish;

  • Belgilangan vaqtdan 5 daqiqa oldin borish, kech qolishi mumkinbo‘lsa, oldindan ogohlantirish;

  • Kelganda ham, ketganda ham salom berish;

  • Uyali aloqani o‘chirib qo‘yish, zarur bo‘lgan vaziyatlarda jamoatdagilardan uzr so‘rab javob berish;

  • Jamoat joylarida chiqindilarni yo‘l ustiga tashlamasdan

"chiqindilar" qutilariga tashlash;
•Yo‘lda ko‘rgan chiqindilarni ham olib "chiqindilar" qutisiga tashlash;

  • Ilm majlislarida suhbat qilinayotganda salom bermaslik;

  • 3 kishi bo‘lganda ikki kishi bir-biriga pichirlab gapirmaslik;

  • 2 kishi uchinchi kishi tushunmaydigan tilda gapirmaslik.

Vazifa: Berilgan qoidalar orasida siz amal qilganingizni ro‘yxatini tuzish hamda amal qilmaganlaringizni hayotingizga tadbiq qilishni boshlash.

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling