01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия
Download 4.09 Mb.
|
O\'zgaramiz 9- mavsum
SANA 13-KUNBarcha insonlarda orzu-istaklar bor, ammo odamlar o'z orzularini amalga oshirish o'rniga, ijtimoiy tarmoqlarga, komputer o'yinlariga, foydasiz uchrashuv va boshqa narsalarga mukkasidan ketishadi. Asosiy ish esa doimgidek dangasalik tufayli qolib ketaveradi. Dangasalik so'zi "mehnat qilishdan qochishga odatlanganlik", "mehnat qilmaslik" degan ma'noni anglatadi. Demak, dangasalik loqaydlik, bee'tiborliklarning sababchisi bo'lgani o'laroq, mudhish voqealar ishtirokchisidir. Dangasalikni qanday yengamiz? Eng avval, dangasalikka sabab bo'luvchi omillar haqida o'rgansak. Dangasalik insonlarda motivatsiya yetishmasligi, jismoniy charchoq, vaqt qadrini bilmasligi, qilayotgan ishini muhimligini anglamasligi oqibatida paydo bo'ladi. Bizga yoqmaydigan, lekin foydasi ko'p ishlarni qilish uchun sizga bir necha usullarni taklif qilamiz: O'zimizni SWOT tahlili yordamida kuchsiz/salbiy tomonlarimizni aniqlaymiz. So'ngra ushbu salbiy tomonlarimizning 3 tasini tanlab ularni yo'qotish rejasini tuzamiz. Reja tuzishda kam-kamdan ammo davomli amal qilishni ko'zlashimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, salbiy tomonlarimizdan biri bu tor doirada fikrlash. Buning yechimi kitob o'qish deb olaylik. Keng doirada fikrlash uchun 40 kun mutolaa qilish rejasini qo'yamiz. Qoida shuki birinchi hafta davomida kuniga faqat 10 daqiqagina mutolaani reja qilamiz. Ikkinchi hafta buni 20 daqiqaga chiqaramiz. Uchinchi hafta esa 30 daqiqaga. Kunlik rejalarni yozib borish. Har kuni ertalab turganingizdan so'ng 10 daqiqa vaqtingizni rejalashtirishga ketkazing. Asosiy qilishingiz kerak bo'lgan 5-7 tagacha vazifalarni yozib o'zingizga ko'rinadigan joyga osib qo'ying. Kuningizni tahlil qiling. Yozgan maqsadlaringizga erishdingizmi yo'qmi ? Erisholmaganingiz sabablarini aniqlang va keyingi safar bunday hol takrorlanmasligi uchun qanday chora ko'rishingiz mumkinligi haqida o'ylang. "3 daqiqa qoidasi"ni qo'llang. Ushbu qoidaga ko'ra o'quvchi o‘zini biror ishni faqatgina 3 daqiqa davomida qilishga majburlaydi. Bundan maqsad o'quvchi shu 3 daqiqa ichida ishga sho'ng'ish orqali o'zidagi dangasalikni ketkazishdir. 3 daqiqa tugaganda ish oxiriga yetmagani o'quvchini yana qo'shimcha 5, 15 va 30 daqiqa ishlashiga turtki bo'lishi mumkin. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling