4.1. «TA’MINOTChI»ning majburiyatlari:
4.1.1. Mahsulotni sifatli va shartnomada belgilangan muddatlarda bajarish;
4.1.2. Mahsulotni shartnoma talablariga javob beradigan holatda “BUYURTMACHI”ga o‘z vaqtida topshirish;
4.1.3. Sifati lozim darajada bo‘lmagan tovarlar yuborilganligi hakida xabarnomani olgan paytdan boshlab 3 (uch) bank ish kuni ichida sifati lozim darajada bo‘lmagan mahsulotni sifatlisiga almashtirish yoki sifati lozim darajada bo‘lmagan mahsulotni pulini qaytarib berish.
4.1.4. Mahsulotlar sifati “BUYURTMACHI” ga mos kelmaganda, bu haqida xabar berilgach, 3 (uch) bank kun ichida mahsulotni sifatlisiga almashtirib berish.
4.2. «TA’MINOTCHI” quyidagi huquqlarga ega:
4.2.1 Ushbu shartnomaga asosan to‘liq yetkazib berilgan mahsulotlar haqini “BUYURTMACHI” dan talab qilish.
4.2.2. “BUYURTMACHI”ning roziligini olgan holda mahsulotni muddatidan oldin yetkazib berish.
4.3. “BUYURTMACHI” NING MAJBURIYATLARI:
4.3.1. Topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda ushbu shartnoma va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda mahsulotni miqdori, sifati va butunligi bo‘yicha qabul qilib olish;
4.3.2. Sifati lozim darajada bo‘lmagan mahsulot keltirilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu mahsulotning sifati lozim darajada emasligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 3 (uch) bank ish kuni ichida bu haqda “TA’MINOTChI”ni xabardor qilish;
4.3.3. Shartnomada belgilangan miqdorda, tartibda va muddatda mahsulot haqini o‘z vaqtida to‘lash.
4.4. “BUYURTMACHI” QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA
4.4.1. «TA’MINOTCHI” dan mahsulotlarni sifati va shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishini talab qilish.
4.4.2. Yetkazib berilgan mahsulotlar aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni uning talabiga ko‘ra sifatlisiga almashtirib berishni talab qilish.
5. MAXSULOT SIFATI VA MIQDORI BO‘YICHA YETKAZIB BERISH QABUL QILISH TARTIBI
5.1. Maxsulot “BUYURTMACHI”ga “TA’MINOTChI”ning transportida yetkazib beriladi.
5.2. «TA’MINOTCHI” tomonidan yetkazib beriladigan maxsulotlarni sifati amaldagi davlat standarti (GOST,TU) talabiga javob berishi lozim va bu xaqida “BUYURTMACHI”ga maxsulot sertifikatidan nusxa beriladi.
5.3. Maxsulotlar miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilish maxsulotni qabul qilib olish joyida (BUYURTMACHI hududida) amalga oshiriladi. (Amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan xollar bundan mustasno).
Do'stlaringiz bilan baham: |