0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana03.11.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1742675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19



«0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent - 2005 


KIRISH 
0„zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan agrar siyosat, Respublika 
Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bir qator muhim qonunlar va hukumat 
qarorlari qishloq xo„jaligi barcha sohalarining samaradorligini oshirish, jamoat 
hamda mulkchilikning turli shakllaridan foydalangan holda aholining qishloq 
xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xom ashyoga boigan talablarini 
qondirish ga qaratilgan. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar qishloq xo'jaligining 
hamma 
sohalarini 
boshqarish 
tamoyillariga, 
xususan 
uzumchilik 
bilan 
shug„ullanuvchi xo'jaliklar, uzumni qayta ishlash korxonalarining tashkiliy -
iqtisodiy 
tarkibi 
hamda davlat bilan o„zaro munosabatlarida ham jiddiy 
o„zgarishlar kiritishni taqozo etayotir. Bu esa, o„z navbatida o„rta maxsus va oliy 
o'quv yurtlarida boshqa sohalar qatori uzumchilik bo'yicha ham fan bilan 
amaliyotni qo„shib olib boradigan, xo„jalikni yuritish asoslarini yaxshi anglagan 
malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirishni, ayniqsa, 
darslik, o'quv va uslubiy qoilanmalar yaratishni talab etayotir. Demak, yaratilgan 
adabiyotlarni ham hozirgi kun talablari asosida yangi ma‟lumotlar, o'zgarishlar 
bilan boyitib turish hozirgi kunning talabi boiayotir. Bu borada «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi» da, shuningdek, davlatimiz rahbari I. A. Karimovning 
Oliy Majlisning IX sessiyasi (1997 yil 28 avgust)da so„zlagan nutqida ushbu 
masalaga alohida urg„u berilgani bejiz emas. Biroq, oliy va o„rta maxsus o„quv 
yurtlari uchun zamonaviy darsliklar, o'quv qo'llanmalar yaratilishiga e‟tibor 
ancha kuchaygan bolsada, ammo ularga bo'lgan ehtiyoj (ayniqsa aniq fanlar 
bo'yicha) 
xanuz 
sezilayotir. 
Shular 
qatorida 
Markaziy 
Osiyo, 
xususan 
mamlakatimiz xalq xo„jaligida katta ahamiyatga molik, xalqimizuing qadimiy va 
serdaromad sohasi hisoblangan uzumchilikka oid ushbu darslikka boigan ehtiyoj 
kattadir. O'zbek tilidagi «0„zbekiston uzumchiligi» darsligi bundari qariyb 35 yil 
muqaddam nashr qilingan bo'lib, u ham sobiq sho'rolar tuzumi talablari asosida 
yozilgan. Istiqlol mamlakatimizga xos, sohibkorlar va talabalar talablariga mos 
ushbu 
darslikni 
yaratishga 
imkon 
berdi. 
Maqsadimiz 
hozirgi 
davr 
uzumchiligining ahvoli, vazifa va muammolari hamda ularni hal etish yoilari 
bilan bevosita bogiiq bo„lgan tokni ko„paytirish va parvarish



qilishning zamonaviy ilg„or texnologiyasini, xo„raki uzumchilikni rivojlantirish, 
mayiz yetishtirishni ko'paytirish, hosilni saqlash, shuningdek, tok seleksiyasi va 
ampelografiyasini 
zarur 
tarzda 
bayon 
etib, 
talabalar- 
bo„lajak 
yetuk 
mutaxassislarning 
aniq 
maqsadga 
qaratilgan 
bilimlarini 
chuqurlashtirish, 
mustahkamlash va ularni ushbu sohaga bo'lgan qiziqishlar in i yanada oshirishdir. 
Mazkur 
darslikda 
bayon 
etilgan 
materiallar talabalami zarur bilim bilan 
qurollantiribgina qolmay, ularning mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida sohani 
tashkillashtirish, 
boshqarish 
va 
rivojlantirish, 
uning 
yuqori 
rentabelligi 
va 
daromadliligini 
oshirishga 
qaratilgan 
tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmini 
yaratish, 
shuningdek, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot tizimini takomillashtirishga yordam 
beradi degan umiddam iz . 
Bizning nazarimizda xalqimizning sevimli dehqonchilik sohalaridan boimish 
uzumchilikni 
yanada 
rivojlantirishda 
davlat 
ahamiyatiga 
molik 
dastur 
ishlab 
chiqish, «Bog'dorchilik va uzumchilik to„g„risida» 0„zbekiston Respublikasining 
Qonunini yaratish, fan yutuqlari va ilg„or tajribalar asosida uzum va uzum 
mahsulotlarini keskin oshirish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, tuproq 
unumdorligin i oshirish kabi masalalar davr talabi boiib qolayotir. 
Modomiki shunday ekan, uzumchilikni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini 
belgilab 
beruvchi 
direktiv 
xujjatlarni 
ishlab 
chiqish 
bilan 
bir 
qatorda 
uzumchilikning ishlab chiqarish, moddiy-texnika, ilmiy bazasini kuchaytirish va 
yuqori malakali, sohani tashkiliy, xo„jalik va iqtisodiy tomondan rivojlantira 
olishga qodir kadrlarni tayyorashga ahamiyat berilayotgani bejiz emas. Bularni 
amalga oshirishda dunyo bo„yicha katta ahamiyat berilayotgan uzumning serhosil, 
urug„siz, ko„rkam, noqulay tabiiy sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga 
chidamli 
navlarini 
yaratish, tokzorlarni yangi tipdagi navlar bilan toidirish, 
mexanizasiyalashtirilgan 
va 
avtomatlashtirilgan 
zamonaviy ilg„or agrotexnika 
usullarini joriy etish, shuningdek, zaxarli kimyoviy moddalar va mineral o„g„itlarni 
kamroq 
ishlatib 
tabiatni 
asrash, 
ekologik 
toza 
mahsulot yetishtirish, inson 
salomatligini 
muhofaza 
qilish, 
xalqimizni 
yil 
bo'yi 
yangi 
uzum 
va 
uzum 
mahsulotlari bilan jon boshiga to„g„ri keladigan fiziologik meyorda ta‟minlash, 
mamlakatimizning eksport imkoniyatlarini oshirish kabi masalalar va vazifalar 
uzumchilik oldida turgan va yechimini kutayotgan eng muhim ishlardir. Bunday 
vazifalarni yaxshi anglagan, fundamental va amaliy bilimga ega yetuk mutaxassis 
kadrlar 
respublikamizda 
uzumchilikning 
rivojlanishiga 
o'zlarining 
munosib 
xissalarin i qo„sha oladilar degan umiddamiz. 



Ushbu 
darslik 
mutaxassis-pedagoglar, 
tajribali 
sohibkorlar, 
talabalar 
tomonidan bildirilgan istaklar, takliflar asosida yangi ma‟lumotlar, o„zgartishlar 
bilan boyitilgan holda Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan na‟munaviy dastur talablari asosida qayta nashr etildi. Uning 
yaratilishida o„zlarining qimmatli maslahatlari, takliflari bilan bizga yaqindan 
yordam ko'rsatgan T oshkent Davlat agrar universiteti rahbariyatiga, boshqa bir 
qator o„quv va ilmiy muassasalar, olim va tajribali mutaxassislar, pedagoglarga 
minnatdorGhilik izhor etamiz. 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling