0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
MTP - mashina traktor parklari, SFU-suvdan foydalanuvchilar uyushmasi
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
1 MTP - mashina traktor parklari, SFU-suvdan foydalanuvchilar uyushmasi.
97 publikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi 255 sonli va 2006-yil 514 sonli qarorlari asosida mamlakatimizda fermerchilik harakatini jadal rivojlantirish uchun shart - sharoitlami ta’minlash bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kadrlar tayyorlash, ular malakasini oshirish va qayta tayyorlashga har tomonlama e’tibor berildi. bosqich 2012 va undan keyingi yillami o‘z ichiga oladi. Bu davr esa mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, jahon talablari va standaftlariga javob beradigan zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash darajasini tubdan yaxshilash davri bo‘lib hisoblanadi. Unda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modemizatsi- ya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalami keng jalb etish maqsadida 0‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining “2012-2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida 2012-2016-yillarda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi” qabul qilindi. 2012-2016-yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va uning asosiy turlarini yangilashning prognoz parametrlari aniqlan- di. 2012-2016-yillarda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi, transport vositalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishti- rish, ulami qayta ishlash bo‘yicha texnologik asbob-uskunalaming yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu qarorda belgilangan ustuvor vazifalaming ijrosini ta’minlash uchun 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining 2012-yil 14-iyuldagi “2012-2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va uning chora-tadbirlar belgilandi. Unga muvofiq qishloq xo‘jaligida 4 ta yo‘nalishda amaliy ishlar belgilangan: qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va kengaytirish, qishloq xo‘j aliginif yangi, zamonaviy, yuqori unumli va resurslami tejovchi texnika bilan ta’minlash; qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modemizatsi- ya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, Qishloq xo‘jaligi texni- kasining yangi turlarini ishlab chiqishga tayyorlash; qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib be- rish va ularga servis xizmati ko‘rsatishni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish; fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga kadrlar tayyorlash va mu- taxassislax malakasini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar belgilangan hamda ular izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Shu bois qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal va muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, qishloq aholisi- ning zamonaviy yuqori texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishini ta’minlash maqsadida “2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1957-sonli hukumat qarori qabul qilin- di. Ushbu qaror asosida 2013-2016-yillarda 0‘zbekiston Respub- likasining qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Ushbu Dastuming ijrosini ta’minlash uchun chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi. Belgilangan maqsadli parametrlarga muvofiq 2013-2016-yillar mobaynida ushbu tarmoqning servis xizmat ko‘rsatishni 1,8 mar- taga, jumladan, qishloq xo'jaligi sohasidagi xizmatlami 1,2 mar- taga, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, ta’lim berish xizmatlarini 1,6 martaga, qurilish xizmat- larini 1,7 martaga, aloqa va axborotlashtirish, moliyaviy, sog‘liqni saqlash xizmatlarini 1,8 martaga, transport, texnologik uskunala- rini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish, maishiy xizmat- lami 1,9 martaga, kompyuter dasturlash, turistik, savdo va omma- viy ovqatlanish xizmatlarini 2,0 martaga oshirish rejalashtirilgan. Ko‘rinib turibdiki, qishloqda texnikani ta’mirlash, zamonaviy texnologiyalami qo‘llash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish va shu kabi sohalarga katta e’tibor berilmoqda. Bu davrda qishloqda infratuzilma obyektlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish ahvoli va natijadorligi yuzasidan o‘matilgan monitoring natijalariga ko‘ra 2013-yilda 1641 ta muqo- bil MTPlar 19607 ta, 1504 ta suv iste’molchilari uyushmasi 51909 ta, 1357 ta YOMM sotish shoxobchalari 44302 ta, 915 ta mineral o‘g‘it sotish shoxobchalari 45006 ta, 1293 ta minibanklar 32075 ta, 341 ta konsalting va marketing xizmatlari ko‘rsatish tarmoqlari 3280 ta, 346 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish shoxobchalari 13724 ta, 115 ta transport shoxobchalari 4298 ta, 143 ta tara idishlar tayyorlash va qadoqlash shoxobchalari 1550 ta, 2591 ta zooveterinariya xizmati ko‘rsatish shoxobchalari 5765 ta, fermer va dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, qishloqda xizmat ko‘rsatish hajmining o‘sish sur’ati keyingi besh yilda jami 161,6 foizga ko‘payadi. Bu, albatta, yuqori ko‘rsatkich va uni izchillik bilan ta’minlash uchun salmoqli miqdordagi mablag‘ talab qilina- di. Shu bois mazkur yo‘nalishlarda ishlami amalga oshirish uchun respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari kreditlari- dan foydalaniladi. Shuningdek, yuqorida nomi keltirilgan Dasturda qishloq joy- larda yaqin istiqbolda xizmat ko‘rsatish va bozor ifratuzilma- larini barpo etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilgan. Xususan, 2013-2016-yillarda fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi in- ffatuzilmalarga qo‘shimcha ravishda 111 ta mini-bank, 70 ta zooveterinariya xizmati, 157 ta mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar va o‘simliklami himoya qilish vositalari shoxobchalari, 157 ta qishloq
Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling