0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi ma’Iumotlari asosida tuzilgan l-jadval
1 O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi ma’Iumotlari asosida tuzilgan l-jadval Qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan infratuzilma obyektlarining soni1 xo‘jaligi mahsulotlarini sotish shoxobchalarini barpo etish ko‘zda tutilgan. 2013-yilda 25 ta (ushbu obyektning tashkil etilayotgan umumiy soniga nisbatan 22,5%) mini-bank, 25 ta (35,7 %) zoove- terinariya xizmati, 80ta (51,0 %) mineral o‘g‘itlar, kimyoviy pre- paratlar va o‘simliklami himoya qilish vositalari shoxobchalari, 70ta (44,6 %) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish shoxobchalari barpo etildi. Davlat dasturlarida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari va cho- ra-tadbirlar qishloqda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, xu- susan, fermer xo ‘jaliklariga zamonaviy yangi texnika va texnologi- yalar bilan jihozlangan inffatuzilmalami barpo etish hamda bozor talablariga mos, yuqori saviyada xizmatlar ko‘rsatish, ishlami ba- jarish, va pirovardida xizmat bozorini yuksaltirishga zamin yaratib beradi. Tahlillar idishlami tayyorlash va qadoqlash, transport xizmat- laridan foydalangan fermer xo‘jaliklari soni ko'proq ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu turdagi xizmatlarga talab yuqori, xizmat ko'rsatish esa boshqa infratuzilmalarga nisbatan yaxshi. Axborot ta’minoti va konsalting xizmati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash va mineral o‘g‘itlami sotish shoxobchalari xizmatidan foydalangan fermerlar soni ham nisbatan yuqori bo‘lib, tegishli- cha 470; 368; 132 nafami tashkil etadi. Chorvachilik va dehqon- chilik mahsulotlarini yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarining ixti- soslashuvi va yiriklashuvi natijasida ushbu xizmat turlariga talab o‘sib bormoqda. Unga mos ravishda iqtisodiy munosabatlar ham takomillashib borayotganligi kuzatilmoqda. Mini-banklar, SIU, YOMM sotish, zotdor mollami sotish va zooveterinariya shoxobchalari xizmatlaridan foydalangan fermer xo‘jaliklari boshqa in- ffatuzilmalarga nisbatan son jihatdan ancha kam. Bu davrda qishloq ishlab chiqarish inffatuzilmasi korxonalari faoliyatidagi asosiy mavjud muammolar va aniqlangan kamchilik- lar quyidagilardan iborat:. • Infratuzilma obyektlarining tashkil qilinishi va faoliyat ko‘rsatishining huquqiy asoslari, shuningdek, ulami fermer xo‘jaliklari bilati shartnoma munosabatlari takomillashtirilib bo- rilmayotganligi sababli xo‘jalik subyektlarida majburiyat va ja- vobgarlik mas’uliyati talablarga to‘liq javob bermaydi. Mazkur holat infratuzilma obyektlarining faoliyati bilan bog‘liq me’yoriy- huquqiy hujjatlari va shartnomaviy munosabatlarini yanada ta- komillashtirilishni talab qiladi. Joylarda hisob-kitob to‘g‘ri tashkil etilmaganligi va bu sohada malakali kadrlarning yetarli emasligi sababli xizmat kb‘rsatuvchi tarmoqlarda ayrim fermer xo‘jaliklari bilan solishtirma dalolatno- malar yo‘qligi, tijorat banklariga inkassa qo‘yilmaganligi natijasi- da fermer xo‘jaliklarining infratuzilma shoxobchalari oldidagi qarz- lar o‘z vaqtida to‘lanmasligi tufayli ustama va jarimalar miqdori ko‘payib ketmoqda. Monitoring natijalariga ko‘ra, paxta va g‘alla yetishtirish- da faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklaming 4 ta asosiy tar- moq oldidagi kreditorlik qarzlari 2013-yil 1-mart holatiga 871,9 mlrd. so‘mni, jumladan, “0‘zneftmahsulot” 299,6 mlrd. so‘m, “0‘zkimyosanoat” 459 mlrd. so‘m, “0‘zbekenergo” 80 mlrd. so‘m, “0‘zagromashservis” uyushmasi korxonalaridan 32,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, fermer xo'jaliklarining ushbu tarmoqlar oldidagi jami debitorlik qarzdorliklari 168,2 mlrd. so‘mni, jumladan, “O‘zneftmahsulot” 52,1 mlrd. so‘m “0‘zkimyosanoat” 99.7 mlrd so‘m, “0‘zagromashservis” 14,1 mlrd. so‘m va “0‘zbekenergo” kompaniyasi korxonalaridan 2,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Tizimli xizmatlar ko‘rsatish uchun bozor va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarining о‘zida erkin moliyaviy mablag‘larining yetishmasligi va ular tomondan bankdan kredit olishdagi qiyin- chiliklar infratuzilma obyektlarining barqaror faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Tashkil qilingan mini banklardan 519 tasi hanuzgacha ish boshlamagan. Jumladan, Toshkent viloyatida 145 ta, Namangan viloyatida 74 ta, Buxoro viloyatida 62 ta va Jizzax viloyatida 22 ta minibankda bugungi kungacha modem aloqasi o‘matilmagan. 103 Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda istiqbolda fermer xo'jaliklari va ularga xizmat ko‘rsatadigan infratuzilma obyektlari o‘rtasidagi munosabatlami takomillashtirish lozim. Bu borada birinchi Prezidentimiz ta’kidlab o‘tgan!aridek: “Qishloq joylardagi mavjud infratuzilmani yana bir bor tanqidiy baholab, uni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha mablagI va imkoniyatlar topish zarur.”1 Shuni inobatga olib, qishloqda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish davlat dasturi parametrlariga tayangan holda, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarni tashkil etishning optimal o‘lchovini topish maqsadga muvofiqdir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mashina-traktor parki (MTP) fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi asosiy infratuzilma muas- sasasi hisoblanadi. Parkning tarkibi er haydash, ekish, ekinlar qator oralariga ishlov berish, hosilni yig‘ishtirib olish kabi agrotexnik tadbirlami bajarishga qodir bo‘lgan texnik vositalardan iborat bo‘ladi. Mazkur tashkilot bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqti- sodiy munosabatlar shartnoma tuzish orqali olib boriladi. Fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha raqobat muhitini yaratish, ushbu tizim faoliyatini yanada jonlantirish, sifatli xizmat ko‘rsatishga yo‘l ochib beradi. Ammo tashkil etilgan MTPlari joylashishi talab darajasida emas. Buulaming faoliyati samarador- ligi pastligi, ya’ni shartnomada ko‘rsatilgan xizmatni vaqtida va to‘liq hajmda (amalda 95,4 %) bajarishini ta’minlay olmaslikda namoyon bo‘lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri tuman miqyosida MTPlar o‘rtasida raqobat muhitini yuzaga keltiruvchi asosiy shart, ya’ni MTPlar soni va ulardagi texnika tarkibi agro- texnologik ishlar hajmiga mos kelmasligi hisoblanadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling