0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Minibanklarda fermer xo‘jaliklariga kreditlarni berish, hisobini yuritish va kreditni qaytarish tartibi
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
Minibanklarda fermer xo‘jaliklariga kreditlarni berish, hisobini yuritish va kreditni qaytarish tartibi
Bank va fermer xo‘jaligi o‘rtasida kredit shartnomasi imzo- lanib, u amalga kiritilganidan keyin, bank fermer xo‘jaligi uchun alohida ssuda hisobvarag‘ini ochadi va undan qarz oluvchin- ing to‘lov topshiriqnomalari asosida faqat naqd pulsiz shaklda to‘lovlami amalga oshirish yo‘li bilan beriladi. Bunda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish xarajatlarining har bir turini moli- yalashtirish uchun beriladigan kreditlaming eng ko‘p miqdorini 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun tasdiqlangan agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilash tavsiya etiladi. (0‘zRAV 30.04.2005 у. 1337-1-son bilan ro‘yxatgaolinganO‘zR MBB Qarori tahriridagi xatboshi). Berilgan kreditlar 14301 - “Xu- susiy korxonalarga, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan o‘rta muddatli ssudalar” balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan kreditlar bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra kredit to‘la qaytarilguniga qadar 91903 - “Qarz oluvchilaming o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari” nomli, ko‘zda tutilmagan sharoitlar hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartla- rining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishga qara- tilgan bo‘lishi lozim. Banklar tomonidan monitoring amalga os- hirilish tartibi, berilgan kreditlar boshqa maqsadlarda ishlatilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Monitoring jarayonida fermer xo‘jaligi tomonidan yetish- tirilayotgan ekinlar holati va ulami parvarishlash bo‘yicha zarur agrotexnika ishlarining o‘tkazilishi va kreditdan samarali ham- da maqsadli foydalanish bo'yicha joylarga borib o‘rganishlar o‘tkazib turiladi. Ekinlar (to‘liq yoki qisman) mavjud bo‘lmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan, agrotexnika tadbir- larining muddatida amalga oshirilmasligi, ekin maydonini begona o‘tlar bosib ketgani, sug‘orilmaganlik natijasida ekinlami nobud bo‘lish xavfi vujudga kelgani va shunga o‘xshash holatlar sababli yetarli hosil to‘planmasligi xavfi vujudga kelsa, bank kreditlashni to‘xtatadi hamda berilgan kredit va unga hisoblangan foizlami muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu holatlar kredit shartnomasida kelishib olingan bo‘lishi lozim. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlami hisoblash qonun- chilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, ulami undirish oyda bir marta, kredit shartnomasida kelishilgan sanada amalga oshiriladi. Olingan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlaming qoldig‘i va asosiy qarz to‘lovi qarz oluvchining maxsus 23210, 23220-sonli hisobvaraqlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlov kor- xonalariga sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan birinchi nav- batda amalga oshiriladi. Bunda hisoblangan foizlar kredit bo‘yicha qarzdan oldin undirib olinadi. Fermer xo‘jaliklari kredit bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlami kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega. Qarzdoming 23210, 23220-sonli maxsus hisobvarag‘idagi mablaglar olingan kredit va unga hisoblangan foizlami to‘lash 119 uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda foizlar va kredit qoldig‘ini undirish qarzdoming asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida mavjud mablag'lar hisobidan qonunchilikda belgi- langan navbat tartibida amalga oshiriladi. Bunda hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnoma- lar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi Qarzdoming asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'ida hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘ini undirish uchun mablag‘lar etarli bo‘lmagan taqdirda, bank qarzdoming muddatli maj- buriyatnomasi asosida uning barcha ikkilamchi depozit hisob- varaqlari ochilgan banklarga ushbu hisobvaraqlarda mavjud pul mablag‘larini asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib berishni so‘rab yozma talab yo‘llaydi. Qarzdoming ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'i ochilgan banklar kreditor bankning ushbu talabini Fuqarolik kodeksining 784-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda, memorial order bilan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i egasin- ing asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi shart. Bunda qarzdoming asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag'lar hisobidan foizlar va kredit qoldig‘i “Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan o‘chirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada (1999-yil 30 yanvar, ro‘yxat raqami 615-son) belgilangan kalendar navbati tartibida undiriladi. Bunda foizlar kreditdan oldin qaytariladi. Agar qarzdor tomonidan yetishtirilgan hosilni sotishdan tushgan mablag‘lar va uning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari- dagi mablag‘lari bank krediti va hisoblangan foizlar bo‘yicha to'lovlami amalga oshirishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, bank bo‘lg‘usi hosilni sug‘urtasi to'lovidan olingan mablag‘lami kredit- ni va hisoblangan foizlar to‘lovini amalga oshirishga yo‘naltiradi. Hosilni sotish hamda sug‘urta to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar hisoblangan foizlar va kreditni qaytarishga etmagan taqdirda bank tomonidan kredit va hisoblangan foiz qoldig‘i 0‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabridagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklaming kreditlari bo‘yicha qarz- dorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlam- ing likvidli mol-mulkiga qaratish tartibi”da belgilangan tartibda undirib olinadi. Fenner xo‘jaliklarga tijorat kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi. Tijorat kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va fermer xo‘jaligining asosiy faoliyati bilan bog‘liq tovar-moddiy boylik- lar, asbob-uskunalar va boshqa xizmatlar uchun qarz oluvchining toTov topshiriqnomalarini toTash yoTi bilan naqd pulsiz beriladi. Tijorat kreditni qaytarish muddatlari jadval tarzida taqdim etilishi mumkin, jadvalda kreditni pul oqimlari tushishi istiqboliga ko‘ra bir nechta bosqichda qaytarish nazarda tutiladi. Tijorat kredit uchun foizlami to‘lash yetishtirilgan hosilni so- tishdan pul mablagTari tushishiga qarab, biroq kredit berilgan kundan boshlab kamida 6 oydan keyin amalga oshirilishi mumkin. Tijorat kreditni qaytarish muddati boshlanganda va qarz oluvchi- da pul mablagTari mavjud boTmaganda kredit kafolat beruvchi (sug‘urtalovchi)ning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami- dan undirib olishga taqdim etiladi. Sug‘urta holati boshlanganda “0‘zagrosug‘urta” kompaniyasining hududiy boTimlari va boshqa sug‘urta tashkilotlari tijorat banki talabiga ko‘ra sug‘urta summa- sini mazkur kredit bo‘yicha foizlami va asosiy qarzni toTashga o‘tkazishga majbur. Tijorat banklari tijorat kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi va u qarz oluvchining buyurtmanomasi hamda kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi kerak. Monitoring jarayonida bank joylarda kreditdan samarali va Chirchiq” va “Farg'onaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida, fosforli o‘g‘itlar “Ammofos-Maksam”, “Samarqandkimyo” va “Qo‘qon SFZ” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida, kaliyli o‘g‘itlar esa Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlar Qoraqalpog‘iston Respub- likasi va viloyatlardagi “Qishloqxo‘jalikkimyo” jamiyatlari to- monidan yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan. “Qighloqxo‘jaIikkimyo” jamiyatlari tarkibida davlat buyurt- masidagi ekinlar ta’minoti bo‘yicha 139 ta filial, ulaming 936 tasi mineral o‘g‘itlar tarqatish shoxobchalari, davlat buyurtmasidan tashqari ekinlar va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari ta’minoti bo‘yicha 13 ta maxsus baza hamda ulaming 466 ta chakana savdo do'konlari mavjud. Ma’lumki, kimyo korxonalaridan qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlami yetkazib berish jarayoni amaldagi qonun hujjatlari va boShqa quyidagi asosiy me’yoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi, jumladan: -Vazirlar Mabkamasining 2004-yilning 23-yanvaridagi “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishini yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 33- sonli qarori; -0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili qabul qilinadigan “Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori; Vazirlar Mahkamasining 2004-yilning 30-aprelidagi «Am- miakli selitrani ishlab chiqarish, tashish va sotishni nazorat qilish- ga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida» gi 204-sonli qarori; 0‘zbekiston Respublikasi IIV, «0‘zkimyosanoat» DAK va «0‘zbekiston temir yoMlari» DATK tomonidan 2004-yilning 4-iyunida tasdiqlangan «Ammiakli selitrani ishlab chiqaradigan Kimyo korxonalaridan «Qishloqxo‘jalikkimyo» HAJ omborlari, hamda ishlab chiqarishda ishlatadigan korxonalargacha va eksport- ga tashib borish bo‘yicha maxsus tartib»i va tartibga 2007-yilda kiritilgan 1- sonli qo‘shimcha qarori; 0‘zbekiston Respublikasi IIV va «O‘zkimyosanoat» DAK tomonidan 2004-yilning 27-yunida tasdiqlangan «Ammiakli se- litra saqlanadigan omborlami tashkil etish va jihozlash bo‘yicha talablar»; yuqoridagi qarorlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Vazir- lar Mahkamasi tomonidan 2006-yilning 13 fevralida tasdiklangan 03-26-53 sonli «Chegara tumanlarida mineral o‘g‘itlami yetka- zib berish davrida ulaming respublikadan noqonuniy olib chiqib ketilishini oldini olish, tashish, saqlash va ishlatishda nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora- tadbirlar Dastur»i; Adliya vazirligida 2005-yilning 14-fevralida 1451-sonli ro‘yxatga olingan «Qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga ammiakli selitrani yetkazib berish shartnomalarini tuzish, saqlash va berish tartibi to‘'g‘risida»gi Nizomi; Vazirlar Mahkamasining 201 l-yilning 26-iyunidagi 185 -sonli «Mahsulotlaming monopol turlarini tovar -xomashyo birjasi orqali sotish ro‘yxatini yanada kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish chora - tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling