0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


o‘z buyurtmalari bo‘yicha bajarilgan uyushmaning pullik xiz- matlari hajmi Va sifati ustidan nazorat olib borish


Download 1.24 Mb.
bet33/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

o‘z buyurtmalari bo‘yicha bajarilgan uyushmaning pullik xiz- matlari hajmi Va sifati ustidan nazorat olib borish;

  • uyushma ma’muriyatini oldindan xabardor etgan holda belgi­langan limitdagi suvning bir qismidan xohlagan muhlatda foy- dalanmasligi yoki uyushmaning boshqa a’zosiga berish (binobarin bu ulami pullik va moddiy badallami to‘lashdan ozod etmaydi).

    SIU a’zolarining majburiyatlari. SILf a’zolari o‘z huquqlarini bilishlaridan tashqari quyidagi majburiyatlarga ham rioya qilish- lari lozim:

    • ajratilgan suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish;

    • belgilangan badallami hamda uyushma xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lash;

    • ustav qoidalari, shartnoma majburiyatlari, suv resurslarini muhofaza qilish va foydalanishni tartibga soluvchi qonun huj- jatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

    • suv hajmi va yetkazib berish muddati, irrigatsiya-melioratsi­ya xizmatlarining amalga oshirilishini uyushma bilan oldindan kelishib olish;

    • belgilangan limitdan ortiq bo‘lmagan hajmdagi suvlami olish va suvlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish;

    • o‘z balansida bo‘lgan suv xo‘jalik obyektlarini ishga yaroqli holatda saqlash va boshqa suv inshootlariga zarar yetkazmaslik;

    • suv o‘lchash vositalarining saqlanishiga javobgar bo‘lib, ular aybi bilan yaroqsiz holatga kelsa, keltirilgan zarar o‘mini tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash;

    • fermerlararo irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan suv olish uchun qo'shimcha suv olish nuqtalar, ko‘tarma va to‘siqlar qu- rishni uyushnia bilan kelishgan holda amalga oshirish.

    SlUning o‘z a’zolari oldidagi huquqlari. Suv iste’molchilarining suv ta’minotida tenglik va adolatni ta’minlash uchun SlUning ham o‘ziga yarasha huquqlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

    • o‘z ixtiyoridagi mavjud suv resurslarining avval belgilangan limiti o‘zgarganda uyushma a’zolarini oldindan xabardor etgan holda ulaming limitini operativ ravishda o‘zgartirish;

    • uyushma a’zolari tomonidan ma’lum bir muddatga belgilan­gan limitdan ortiq suv olinsa, u holda keyingi muddatda beriladi- gan suv hajmini qisqartirish;

    • ustav va shartnoma majburiyatlariga rioya qilmagan uyush­ma a’zolariga choralar ko‘rish, jumladan, sug‘orish suvi berishni vaqtincha to‘xtatish.

    SlUning o‘z a’zolari oldidagi majburiyatlari quyidagilami o‘z ichiga oladi:

    • suvdan foydalanishda belgilangan qoidalarga muvofiq suv resurslarining muayyan miqdorini uyushma a’zolari o‘rtasida re- jalashtirish va adolatli taqsimlash;

    • uyushma a’zolarining sug‘oriladigan yerlaridan drenaj va oqava suvlaming chiqib ketishini ta’minlash;

    • uyushma aybi bilan belgilangan ma’lum bir muddatda suv yetkazib berilmasa, u holda belgilangan limit doirasida boshqa bir muddatda yetkazib berilmagan suvni qoplash uchun imkoniyat doirasidagi barcha choralami ko‘rish.

    Har bir SIU ustavdan tashqari, kundalik amaliy ish faoliyatini tartibga soluvchi va belgilab beruvchi o‘zining ichki tartib qoi- dalariga ega bo'lishi zarur, chunki ustavda SlUning butun faoliya­tini batafsil ravishda yoritib bo‘lmaydi. Masalan, ustavda qoidabu-
    zar a’zolarga, jumladan, suv berishni vaqtincha to‘xtatish chorasi belgilangan bo‘lishi mumkin. Umumiy yig‘ilish yoki kengash qarorlarida jarima solish jarayoni, suv berish qanday muddatlarga kechiktirilishi, badallami hisoblash usullari va to‘lash muddatlari kabilar batafsil o‘z ifodasini topadi. SIU qarorlarining barchasi ustavga asoslangan bo‘lishi zarur.
    0‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha SlUlar tegishli ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan so‘ng yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladilar. Fuqarolik Kodeksida (39-modda. Yuridik shaxs tushunchasi) yuridik shaxsga quyidagi- cha ta’rif beriladi: “0‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boMgan hamda o‘z majburi- yatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomi- dan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ulami amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.”
    Shuningdek, shu Kodeksning 40-moddasiga binoan yuridik shaxslar o‘z faoliyatlaridan kelib chiqqan holda 2 ta asosiy gu- ruhga, ya’ni foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) va foyda olishni maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) tashkilotlarga bo'linadilar. Tijorat­chi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda na- zarda tutilgan boshqacha shaklda boMishi mumkin. Tijoratchi tash­kilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shakl­da tashkil etilishi mumkin. Tijoratchi boTmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tad- birkorlik faoliyati bilan shug‘ullana oladi.
    Qonunga muvofiq yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.

    Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling