0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.24 Mb.
bet36/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Mamlakatimizda suv hayot manbai sifatida ahamiyatini asos- lab bering.

  2. SIU faoliyating tashkiliy-iqtisodiy asoslarini tushuntirib be­ring.

  3. SIU qanday moliyalashtirish manbalariga ega?

  4. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda SlUlarga qanday vazifa yuklatilgan?

  5. SIU ishlab chiqarish faoliyatida unga qanday imtiyozlar yaratilgan.

  6. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida suv istemolchilariga kimlar kiradi?

  7. SIU a’zolarining huquqlari va vazifalarini nimalardan iborat?

  1. BOB. QISHLOQ XO JALIGIDA MUQOBIL
    MASHINA-TRAKTOR PARKLARIFAOLIYATINI
    SAMARALITASHKIL ETISH


    1. Mashina tarktor parklarining huquqlari va uning ustav jamg‘armasini shakllanishi

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami amalga oshirilishi mav- jud texnikaviy hamda texnologik salohiyatidan foydalanishning tashkiliy shakllarini isloh qilishga olib keldi. Ma’lumki, fermer xo‘jaliklarida yangi texnika va ilg‘or texnologiyalami joriy etish mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish, tannarxini arzonlashti- rish, qo‘1 mehnatini kamaytirish, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Fermer xo‘jaliklariga keng ko‘lamli qishloq ishlab chiqarish infratuzilma xizmatlari ko‘rsatishda AJ MTP korxonalari tizimini tutgan o‘rni beqiyosdir.
Mustaqillik yillarida ushbu sohani rivojlantirishga hukuma- timiz tomonidan juda katta e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligida mavjud texnika vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martidagi 95-sonli qaroriga asosan mashina-traktor parklari (MTP) tashkil etilib, bugungi kunga kelib ulaming soni o‘sib bormoqda. Ushbu turdagi MTP aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tuzilgan bo‘lib, bular aksiyalar paketi davlat ixtiyoridadir, ya’ni ushbu tuzilmalar davlat tomonidan nazorat qilinadi. Tashkil etilgan davrdan boshlab hozirgi kunga qadar ushbu tashkilotlami moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida juda keng qamrov- li tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ulami lizing asosida yuqori unumli texnikalar bilan ta’minlanishi, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini ortishiga sabab boTdi.
AJ MTP korxonalari tizimini barqaroT rivojlantirish va sohada sogTom raqobat muhitini yaratish maqsadida 0‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qator qaror va farmonlari qabul qilindi. Ularga:

  • 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 106-sonli «Mashina - traktor parklarining moddiy - texnika bazasini yanada mustahkamlash ulaming xizmatlarini ken- gaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori;

  • 0‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-apreldagi “Qishloq xo‘jalik mashinasozligini modemizatsiyalash va rivo- jlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-249-sonli qarori;

  • 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 14-noyabrdagi “2009-yilda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotishning asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 247-son- li qarori.

Mashina tarktor parklari ochiq aksiyadorlik jamiyati (AJ MTP) 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik kor- xona hisoblanadi va o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasi qo- nunlari, hamda o‘z ustavi asosida tashkil etadi. Korxona, qcnunda belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida filial tashkil etishi, vakolatxonalar ochishi mumkin.
AJ MTP huquqiy shaxs huquqlariga ega sho‘ba korxonalar va unga tobe jamiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Korxona mustaqil ba- Ians yuritadi, belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi hudu­dida va xorijiy bank muassasalarida hisob raqamlarini va boshqa raqamlami ochadi, AJ MTPning toTiq nomi davlat tilida yozilgar va joylashgan joyi ko‘rsatilgan yumaloq muhrga, shtampga, ish qog‘ozlari va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgi- siga va boshqa identifikatsiya vositalariga ega. AJ MTP o‘z faoli­yatini va oldida turgan vazifalami amalga oshirish uchun quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  • mintaqalararo hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

  • MDH, davlatlari va xorijiy davlatlar korxona va tashkilotlan bilan o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish;

  • (Uzbekistan Respublikasi hududida va undan tashqarida filial, vakolatxona qo‘ shma korxona, ishlab chiqarish sexlari,bo‘linmalar va boshqa yangi korxonalami tashkil etish va ochish;

  • o‘quv muassasalari bilan birgalikda shartnoma asosida mal- akali mutaxassislami tayyorlash;

  • birgalikda faoliyat haqidagi shartnomalar asosida Jamiyat va uning filiallari faoliyatiga xorijiy sarmoyalami jalb etish;

  • O'zbekistan Respublikasi hududida va undan tashqari huqu- qiy va jismoniy shaxslar bilan turli bitimlar tuzish va ularni amalga oshirish;

  • O'zbekistan Respublikasi hududida va undan tashqari ko'char va ko'chmas mulk, mulkiy va nomulkiy huquqdami hamda intellek- tual mulkni egalikka sotib olish, qabul qilish ijaraga berish va ija- raga olish;

-turli uyushma, ittifoq, konsorsium, aksiyadorlik jamiyati, bir- lashmalarga a’zo bo'lish;

  • belgilangan tartibda bank muassasalarida turli hisob raqam- lami ochish, shu jumladan xorijiy valyutada, bank ssudalari va kreditlaridan foydalanish, qonunchilikka muvofiq barcha to'lov shakllaridan foydalanish va akseptlash, amaldagi konvertatsiya tartibiga asosan o'z mablag'larini vakolatli banklar orqali konver­tatsiya qilish;

  • turli tender va tanlovlarda ishtirok etish;

  • o'z xo'jalik faoliyatini mustaqil rejalashtirish;

  • O'zbekistan Respublikasi amaldagi qonunchiligida belgilan­gan tartibda mulk, qarz, kamomad, boshqa yo'qotishlami mustaqil tarzda balansdan chiqarish;

  • Jamiyatning Ustav vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish texnik maqsadli buyumlar, xomashyo, materiallar, transport vositalarini sotib olish;

  • homiylik va xayriya faoliyatini amalga oshirish;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq ishchi va xizmatchilariga qo'shimcha ta’til, qisqartirilgan ish kuni, ish jadvali va boshqa ijti- moiy imtiyozlami belgilash va taqdim etish.

174
AJ MTP aksiyadorlari quyidagi huquqdarga ega:

  • jamiyat aksiyadorlari reestriga kiritilish;

  • uzi haqida depozitariydagi depo hisob varag‘idan o‘ziga nis- batan tegishli ko‘chirmani olish;

  • dividend ko‘rinishida jamiyat foydasining bir qismini olish;

  • jamiyat tugatilgan taqdirda, o‘ziga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;

-jamiyat boshqaruvida ishtirok etish;

  • mazkur Ustav va amaldagi qonunchilikka muvofiq, Jamiyat moliyaviy faoliyati natijalari haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumotni olish;

  • olingan dividendni erkin tasarruf qilish;

  • o‘z huquqlarini qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish vakolatli davlat organida, hamda sudda himoyalash;

  • qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlaming uquvsiz yoki g‘arazli xatti-harakatlari tufayli ko‘rgan zaraming to‘lanishini talab qilish;

  • o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida turli uyushma va boshqa jamoa tashkilotlariga birlashish;

  • vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ziyonlar va (yoki) qimmat­li qog'ozlami sotib olishda zarar ko‘rish va (yoki) foydaning bir qismini yo‘qotish ehtimoli bilan bog‘Iiq bo‘lgan tavakkalchilikni sug‘urtalash.

AJ MTP Aksiyadorlar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
AJ MTPning har bir oddiy aksiyasi aksiyador - aksiya egasiga bir xil hajmda huquq beradi. Oddiy aksiya egalari amaldagi qo­nunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida, uning va- kolatlariga kiruvchi barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli, shuningdek, dividend olishga va jami­yat tugatilgan taqdirda mulk qismini olishga haqli. Imtiyozli ak­siya egalari, agar boshqasi qonunchilikda belgilanmagan bo‘Isa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega emas.
AJ MTPning ustavi bilan belgilangan imtiyozli aksiyalar egalari, to‘planma (kumulyativ) imtiyozli aksiyalar egalaridan tashqari, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar- ni qisman to‘lash haqida qaror qilingan yillik aksiyadorlar umu- miy yig‘ilishidan keyingi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishidan boshlab, uning vakolatlariga kiruvchi barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Bunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalarining umumiy yig‘ilishda ishtirok etish va ovoz berish huquqi, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘liq dividend to‘lashning birinchi to‘lovi amalga oshirilganidan so‘ng to‘xtatiladi.
AJ MTPning aksiyadorlari majburiyatlari:

  • Mazkur Ustavda va amaldagi qonunchilikda belgilangan tar- tib, muddat va miqdorda o‘z aksiyalari uchun to‘lovni amalga os- hirish;

  • Mazkur Ustavda va amaldagi qonunchilikda belgilangan tar- tibda Jamiyat boshqaruvida ishtirok etish;

  • Mazkur Ustavda belgilangan doirada, Jamiyat boshqaruv or- ganlari qarorlariga bo‘ysunish;

  • Jamiyat faoliyati to‘g‘risida sir hisoblangan ma’lumotni osh- kor etmaslik;

AJ MTPning mulki aksiyalarga tulangan badal, jamiyat xo‘jalik faoliyati natijasida ishlab chiqilgan mahsulot, olingan foyda hamda 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ruxsat berilgan asoslar- da topilgan boshqa mulklardan tashkil topgan. Davlat korxonasi negizida tashkil topgan aksiyadorlik jamiyati barcha mulklar, pul mablaglari va boshqa moliyaviy resurslar, hamda shakl o‘zgartirish paytidagi karzlarining tulik vorisi hisoblanadi. Nizom fondining boshlang‘ich qiymati Davlat mulk qomitasi tomonidan davlat kor- xonasining barcha mulkini baholashi natijasida aniqlangan.
AJ MTPning ustav jamgarmasining taqsimlanishi:

  • 2 % - joylashtirilgan mexnat jamoasi ulushi;

  • 35 % - “AJ MTPlar birlashmasi” nizom jamg‘armasini shakl- lantirish uchun berilgan davlat ulushi;

  • 34 % - joylashtirilgan qishloq xo‘jalik korxonalar ulushi;

  • 25 % erkin savdo ulushi;

Aksiya o‘zining nominal qiymatiga ega bo‘ladi.
AJ MTPning ustav jamg‘armasi aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyalar nominal qiymatidan tashkil etiladi. Jamiyat to­monidan chiqarilayotgan barcha aksiyalaming nominal qiymati bir xil bo‘lishi shart. Ustav jamg'armasi shakllantirilishining oxirgi muddati qimmatli qog'ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab bir yildan oshishi mumkin emas. Belgilan- gan muddat tugagandan so‘ng, ta’sischi tomonidan to‘lanmagan aksiyalar bekor deb e’lon qilinishi kerak. Ustav jamg‘armasi miq- dori oshirilganda, aksiyalar uchun toMovni amalga oshirish mud­dati qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi belgilangan tartibda tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab, bir yil deb belgilanadi. Qo‘shimcha joylashtirilayotgan aksiyalar uchun to‘lovning aniq muddati ushbu aksiyalami joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilin- ganda belgilanadi.
Oddiy aksiyalar bilan birgalikda AJ MTP bir yoki bir nechta turdagi imtiyozli aksiyalami joylashtirishga haqli, ushbu aksi­yalaming nominal qiymati uning ustav jamg‘armasining 20 foi- zidan oshmasligi kerak. Bitta to'langan oddiy aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida bitta ovoz huquqini beradi.
AJ MTPning har bir ishtirokchisi aksiyadorlik jamiyati aksiya- sini sotib olgandan so‘ng, amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadi- gan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi va quyida “Aksiyador” deb ataladi. Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov pul mablagTari va boshqa to‘lov vositalari, shu jumladan pul qiy­matiga ega huquqlar (shu jumladan mulkiy) yordamida amalga os- hirilishi mumkin.
Qo‘shimcha aksiyalar uchun toTov shakli ushbu aksiyalar- ni joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda belgilanadi.
Qo‘shimcha aksiyalari uchun to‘lovni pul mablag‘laridan o‘zga vositalar bilan amalga oshirilganda, mulk qiymati Jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan aniqlanadi, amaldagi qonunchilik bi­lan nazarda tutilgan holatlarda esa mustaqil ekspertlami (baholov- chi) jalb qilgan holda baholanadi. AJ MTPning mulki aksiyalarini joylashtirishdan olingan daromad, asosiy va aylanma mablag‘lar, ко‘char va ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar, olingan foyda va 0‘zbelqstan Respublikasi qonunchiligi bilan man etilmagan boshqa usullarda olingan mulkdan tashkil topadi. Yangi chiqa- rilgan qimmatli qog‘ozlami sotib olishda, AJ MTP aksiyadorlari, ularga tegishli qimmatli qog‘ozlar miqdoriga mutanosib ravishda imtiyozli huquqdan foydalanishadi. Agar yangi chiqarilgan qim­matli qog‘ozlar aksiyadorlar orasida tarqatilmasa, qolgan aksiyalar erkin savdo yo‘li bilan tarqatiladi. Imtiyozli huquqdan foydalan- maslik to‘g‘risidagi qaromi Umumiy yig'ilishda ishtirok etayot- gan va ovoz berish huquqiga ega aksiyalar egalarining ko'pchilik ovozlari bilan qabul qilinishi mumkin. Jamiyat xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlami qoplash maqsadida aksiyalar chiqarishga haqli emas.
AJ MTPning ustav jamg‘armasi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yoTi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu jamiyatning kuzatuv kengashi yig‘ilishida bir ovozda qaror qabul qilish va aksiyalami nominal qiymatini oshirish yoTi bilan amalga oshadi. Qo‘shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan e’lon qilingan aksiyalar doirasida, eng ko‘p miqdori 2 000 000 (ikki millon) dona oddiy aksiyani joylashtirilishi mumkin.
AJ MTPning ustav jamg‘armasi miqdorini qo‘shimcha aksiya­lar joy lashtirish yoTi bilan ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalaming nominal qiymati miqdorida ro'yxatga olinadi. Bunda ma’lum tur va toifali aksiyalaming e’lon qilingan miqdori, ushbu tur va toifadagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalar miqdorigacha kamaytirilishi shart.
AJ MTPning ustav jamg‘armasi miqdorining kamaytirilishi ak- siyalar nominal qiymatini kamaytirish yoki ulaming umumiy soni- ni kamaytirish, shu jumladan korxona tomonidan aksiyalar qismini sotib olish va keyinchalik bekor qilish yo‘li bilan amalga oshirili- shi mumkin. Agar ustav jamg‘armasi miqdorining kamaytirilishi natijasida jamg‘arma miqdori qonunda belgilangan eng kam ustav jamg‘armasi miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat bunday kamay- tirishni amalga oshirishga haqli emas. Ustav jamg‘armasi miq­dori kamaytirilishi haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida, jamiyat unga ma’lum boigan barcha kreditor- lami ustav jamg‘armasining yangi miqdori haqida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
AJ MTP tomonidan qimmatli qogozlami chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirish va hisob-kitoblami amalga oshirish tar- tibi 0‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va korxona ustavi bilan belgilanadi. Jamiyat quyidagi turdagi aksiyalami chiqaradi: imtiyozli va oddiy. Qo‘shimcha (e’lon qilingan) aksi­yalami korxona tomonidan joylashtirish tartibi va shartlari uning ustavi va 0‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi. Qo‘shimcha aksiyalar jamiyat kuzatuv kengashi qa- rori bo‘yicha ochiq yoki yopiq obuna yo‘li bilan joylashtiriladi. Jamiyat aksiyadorlari yangi chiqarilgan aksiyalami bozor qiyma- tidan to‘qson foizdan kam boMmagan narxda imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanishadi.
Qo‘shimcha aksiyalarga to‘lov, aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim. Aksiyalarga to‘lov amaldagi qonunchilikda bel­gilangan tartibda, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa to‘lov vositalari yordamida amalga oshiriladi. Agar qo'shimcha chiqarilgan aksiyalar, davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab, chiqariluv qarori bilan belgilangan imtiyozli sotib olish mudda- tida jamiyat aksiyadorlari tomonidan to‘liq sotib olinmasa, aksi- yalarning qolgan qismi investitsiya institulari orqali erkin savdoga chiqarish yo‘li bilan joylashtiriladi. Qo‘shimcha chiqarilgan, oddiy
179
va imtiyozli aksiyalar beradigan huquqlar amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanishadi. AJ MTP qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa qimmatli qog‘ozlami ham joylashtirishga haqli.


    1. Download 1.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling