0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


SIUning budjetini shakllanishi va unda buxgalteriya hisobini yuritish


Download 1.24 Mb.
bet34/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

6.3.SIUning budjetini shakllanishi va unda buxgalteriya
hisobini yuritish

SIU budjeti - joriy kalendar yili yoki hosil yili kabi ma’lum davr uchun biznes-rejasini amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar va daromadlami oldindan baholashni anglatadi. Oddiy qilib ayt- ganda, budjet - muayyan davrdagi rejalashtirilgan tadbirlaming miqdoriy moliyaviy qismi bo‘lib, unda har oyda sarf-xarajatlami qoplash uchun zarur mablag1 va kutilayotgan daromad miqdori ko‘rsatiladi.
Suv iste’molchilari har ishlab chiqarish yili yakunida kelgusi moliya yili davomida qilinadigan xarajatlar va ulaming moli- yalashtirish manbalari, ya’ni irrigatsiya xizmati badallari SlUlari budjetida qat’iy belgilab qo‘yiladi. Byudjet ushbu uyushmalar miq- yosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, jami daromad qiymatini aniqlash va taqsimlash natijasida o‘z tasarrufida qoladigan pul fon- dining shakllanishi va undan oqilona foydalanishni bildiradi. Ay- rim hollami hisobga olmaganda budjet “ichki” hujjat hisoblanadi. ya’ni, tashkilot budjetdan yil davomida moliyaviy rejalashtirish va pul mablag4larini boshqarish maqsadlarida foydalanadi. SIU a’zolari tomonidan tasdiqlailgan budjet tashkilotning buxgalterlik hisobi tizimi uchun nazorat o‘matadi va bu tizimda SlUning daro­mad va xarajatlari buxgalterlik hisobi tizimi va tartib-qoidalarida qayd etiladi.
SlUning yillik budjetini tuzish uchun birinchidan, shtat jadvali bo‘yicha ajratilgan ish haqi umumiy qiymatini, ikkinchidan, baja- riladigan ish hajmlari uchun sarflanadigan xarajatlar umumiy qi­ymatini aniqlash zarur. Mazkur uyushmalaming yillik budjeti to‘rt qismdan iborat bo‘ladi. Ular quyidagilar:

  1. Yillik ish haqi fondi. Yillik ish haqi fondini aniqlash uchun shtat jadvaliga kiritiladigan xodimlar soni, tarif bo‘yicha ular- ning razryadlariga oylik maoshlar belgilanadi. Uyushma umu- miy yig‘ilishi qarori bilan yollanma xodimlaming ish haqiga qo‘shimcha 40 foiz miqdorida moddiy rag‘batlantirish fondi. Bun- dan tashqari yollanma xodimlarga har yili bir oylik maosh miq­dorida moddiy yordam tariqasida fond tashkil etilishi mumkin.

  2. Ijtimoiy sug‘urta ajratmasi. Barcha yuridik shaxslarga, mulk shaklidan qat’iy nazar, ijtimoiy sug‘urta uchun 25 foiz miqdorida to‘lov belgilangan.

  3. Ishlab chiqarish xarajatlari qiymati. Ishlab ehiqarish bilan bog‘liq boMgan barcha xarajatlar: ariq-zovurlami tozalash, in- shootlar va texnikalami ta’mirlash, elektr energiyasi, yonilgM- moylash materiallari, aloqa xizmati, pudratchi tashkilotlaming ba- jargan ishlari, ehtiyot qismlar sotib olish va bajarilgan boshqa ish- lar uchun sarflangan xarajatlar majmui rivojlanishbadali qiymatini belgilaydi. Rivojlanish badali uchun yig‘imlar har bir a’zoning sug‘oriladigan ekin maydoniga qarab belgilanadi. Yillik rivojla­nish badali miqdori ushbu ajratma asosida belgilanishi lozim.

  4. Ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari. Telefon, idora uchun elektr energiyasi, gaz, suv, konselyariya xarajatlar va boshqa xarajatlar ma’muriy-xo‘jalik sarf-xarajatlari hisobiga kiritiladi.

Moliyaviy rejalashtirish va pul mablag‘lari boshqarishning sa- marali quroli bo‘lishi uchun budjet kamida har chorakda yoki hatto har oyda qayta ko‘rilishi va muhokama qilinishi kerak. Byudjetni muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqish amaldagi daromad va xarajatlardagi ko‘rsatkichlardan farq qilgan qilmaganligi hamda buning sabablarini aniqlashga yordam beradi. Amaldagi hamda budjetda rejalashtirilgan daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq bir necha sabablar tufayli yuzaga keladi. Jumladan, mavsumiy xara­jatlar, kutilmagan xarajatlar (kanalni suv urib ketishi va hokazo), irrigatsiya xizmati uchun badallaming kechiktirib to‘lanishi, infly- asiya, haqiqatdan yiroq boMgan budjet ko‘rsatkichlari, fors-major vaziyatlar va boshqalar.
Xarajat va daromad bo‘yicha turli farqlar vujudga kelgan holda odatda joriy vaziyatni aks ettirish maqsadidabudjetni SIU kengashi a’zolari qayta qo‘rib chiqishi, lozim boMsa o‘zgartirishi tavsiya etiladi. Agar budjetni qayta ko'rish va muhokama qilish chog‘ida bo‘lajak taqchillik vaziyati aniqlansa, bu tadbir SIU da moliyaviy inqirozning oldini olishga yordam beradi. Masalan, bunday budjet­ni qayta ko‘rish jarayoni kelajak xarajatlami qisqartirishni o‘z ich- iga olishi rmunkin. Tuzatish choralari barvaqtko‘rilsa, SIU xodim- lar sonini qisqartirish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini to‘xtatish zaruriyatining oldini olishga erishadi. Byudjetni tegishli ravishda monitoring qilish muammolardan qutulishni ta’minlaydi. Buning uchnn SlUning kengash a’zolari har oyda bir marotaba uchrashib, boshqaruvchining hisobotini tinglaydilar. Boshqaruvchi kengash a’zolariga origan oyda SIU hisob raqamiga fermerlardan kelib tushgan badal pullari hamda ulaming ishlatilishi bo‘yicha toriiq hisobot beradi. Bundan tashqari kengash a’zolari va boshqaruvchi kelgusi oyda qilinadigan ishlar hamda SIU hisob raqamiga tushishi kutilayotgan badal pullarini ham muhokama qiladilar. Shuning- dek, yigrilishda budjet rejaga asosan amalga oshirilayotganligini ham muhokama qiladilar. Nima uchun SlUda budjet muhim aha- miyatga ega:

  • byudjet orqali irrigatsiya xizmati badali qiymati aniqlanadi;

  • budjet tuzish jarayoni moliyaviy manbalar qanday ishlatilishi, qaysi tadbirlar moliyalashtirilishi va sarflanadigan mablag‘laming manbalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi;

  • budjet xodimlar uchun uyushmaning moliyaviy faoliyatini boshqarishda vakolat va korisatma vositasi bo‘lib xizmat kiladi.

  • budjet SIU yoki boshqa bir tashkilotning moliyaviy maqsadalariga erishish uchun qanday moliyaviy manbalar kerak- ligini aniqlaydi;

  • budjet tuzish mavjud moliyaviy mablagriardan foydalanish samaradorligini oshiradi;

  • budjet amaldagi natijalami taqkoslash uchun asos yaratadi.

Byudjetning tarkibiy qismlari. Boriajak xarajatlami aniqlashda
avvalgi yillardagi budjet ma’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Agar budjetni ishlab chiqish uchun yetarli moliyaviy ma’lumotlar bo‘lmasa, boshqa SlUlaming tajribalaridan foydala- nish mumkin. Masalan, kanal yoki zovumi tozalash xarajatlari bi­lan bog‘liq ma’lumotlami mahalliy ko‘chma mexanizatsiyalashgan kalonnadan yoki boshqa qurilish bilan shug‘ullanadigan tashkilot- lardan olish mumkin. Agar boshqa manbadagi ma’lumotlardan foydalanilsa, uyushmaga xos xususiyatlami aks ettirish maqsadida bunday budjetga tegishli tuzatishlar kiritish lozim.
Byudjetni ishlab chiqishda SIU fermerlarga suv yetkazib berish evaziga yuzaga keladigan daromad va xarajatlami aniqlashi zarur. Daromad irrigatsiya xizmatlari uchun fermerlar to‘laydigan badal pullari hamda SlUga a’zo bo‘lmagan boshqa suv iste’molchilardan olinadigan badallami o‘z ichiga oladi.
Xarajatlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas deb nomlanuvchi ikki guruhga bo‘linadi. 0‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bevosita bogMiq bo‘lgan moddalar bo‘yicha xarajatlami bildiradi. (o‘zgaruvchan xarajatlar bu SlUning ish­lab chiqarish faoliyatiga bevosita bog‘liq boMgan xarajatlardir). 0‘zgaruvchan xarajatlarga suv taqsimlash va suv olinadigan kanal- larga texnik xizmat ko‘rsatish, irrigatsiya inshootlari va quvurla- rini ta’mirlash, asbob-uskunalar uchun yonilgi, yoki asbob-uskuna ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar misol bo‘la oladi. 0‘zgarmas xara­jatlar SlUning muayyan davrdagi faoliyatiga bog‘liq bo'lmagan holda amalga oshiriladigan xarajatlardir. Ularga ish haqi, elektr energiyasi, idora boshqaruvi uchun xarajatlar, mashinalar, asbob- uskunalar, binolaming amortizatsiyasi va sug‘urta qilish xarajatlari kiradi.
0‘zgarmas xarajatlami 0‘zgaruvchan xarajatlarga nisbatan aniq- lash osonroq. Lekin bunda ijara va ish haqinining oshishi kabi yil davomida kutilayotgan o‘zgarishlami hisobga olish kerak. 0‘zgaruvchan xarajatlami imkon boricha aniqlash lozim, lekin bunda mavsumiy hamda o‘rtacha oylik xarajatlami hisobga olishni unutmaslik zarur. Odatda budjet ikki qismdan iborat bo‘ladi:

  1. daromadlar qismi;

  2. xarajatlar qismi.

Ushbu ikki bo‘lim doirasida daromad va xarajatlar yana kichik- roq maxsus bo‘limlarga bo‘linadi. Bu toifalaming har biri alohida qatorga joylashtirilib, uning yoniga pul ko‘rinishidagi qiymatlari ko'rsatiladi va bu toifalar «qator moddalari» deb nomlanadi.
Daromadga taalluqli budjet qatori moddalari odatda jadvalning chap tomonida ko‘rsatiladi, xarajatlarga tegishli moddalar esa jad- valning o‘ng tomonida keltiriladi. Quyida daromadlar va xarajatlar budjeti qator moddalarining namunasi keltirilgan:

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling