0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Suv iste’molchilar uyushmasi faoliyatining huquqiy asoslari
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
Suv iste’molchilar uyushmasi faoliyatining huquqiy asoslari
Huquqiy asos bu qonunchilik tizimining asosiy va ajralmas tu- zilmasi bo‘lib, parlament tomonidan qabul qilingan qonun va qa- rorlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari hamda mahalliy davlat hokimiyati organla- rining normativ-huquqiy hujjatlaridan iborat bo‘lgan turli qonuniy hujjatlar to‘plamidir. Bu qonuniy hujjatlaming maqomi va ustun- ligi har bir mamlakatda turlichadir. Shuningdek hukumat, vazirliklar va mahalliy hokimiyatlar tomonidan qabul qilingan qonuniy hujjatlamingjamiyatda qanday kuchga egaligi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, dunyo tajribasida SlUlar faoliyatini tartibga solib turuvchi huquqiy asosni ikki qismga ajratib o‘rganish mumkin: SIU to‘grisidagi Qornm (hozirgi kunda 0‘zbekistonda mavjud emas) odatda mamlakat huquqiy normativ hujjatlarining tarkibiy qismi bo‘lib, SlUlami tashkil etish va boshqarishni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solib turuvchi asosiy huquqiy hujjatdir. Jahon tajribasidan ma’lumki, SIU to‘g‘risida alohida qonun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. SIU tashkil etish va faoliyat ko'rsatishiga asos bo‘luvchi qonun- lar (0‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi (77-modda- si) hamda “Nodavlat va notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun asos bo‘lishi mumkin). Amaliyotda bu huquqiy normativ hujjatlar nazariy nuqtayi nazardan mamlakatning bir necha qonuniy hujjatlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bu qonun va huquqiy-nomiativ hujjatlaming barchasi SlUni faoliyat ko‘rsatishi uchun qonuniy asos sifatida xizmat qiladi. Masalan, SIU yollanma ishchi kuchidan foydalanadigan bo‘Isa, bu jarayon mamlakatning Mehnat Kodeksi va qandaydir bir uskuna sotib oladigan bo‘lsa, bu munosabatlar shartnomalar bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar tomonidan tartibga solinadi. Shuningdek, SIU- ga qarashli yoki u tomonidan foydalaniladigan infratuzilmalarga zarar yetkaziladigan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda bunga nisbatan tegishli choralar qo'llash belgilangan. SIU to‘laydigan soliqdar esa soliq kodeksi tomonidan tartibga solinadi. Awalombor, qonun SlUning huquqiy maqomini belgilab be- radi va bu, o‘z navbatida, uyushma a’zolari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan teng huquqli munosabatlarga kirishishga imkon beradi. SlUning a’zolari qanchalik ko‘p, ayni vaqtda mavjud suv resurlariga talab yuqori bo‘lsa, nizolaming paydo bo‘lish ehtimoli ham shunchalik ko‘p bo‘lishi aniq. Agarda huquqiy asos yetarli bo‘lsa, u yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizo va mummmolami oldini olish yoki kamaytirishga ko‘mak beradi. SIU to‘g‘risidagi maxsus qonun uning barqaror faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo‘ladig£m huquqiy muhitni yaratib beradi. SlUning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qonunda nimalar aks ettirilishi zarur: SlUning huquqiy maqomi; a’zolik haqidagi tartib -qoidalar; ichki boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi; SIU faoliyatining moliyaviy asosi; suv yetkazib beruvchi tashkilot, suv iste’molchilar va SIU ning suv bo'yicha huquqlari va majburiyatlari; Sug‘irish va zovur tizimlariga egalik huquqlari. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatning bosh qonuni hisoblanadi hamda fuqarolar, davlat boshqaruv or- ganlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Barcha qonun va qonunosti hujjatlari Konstitutsiyaga muvofiq qabul qili- nadi. Konstitutsiyaning inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (II bo‘lim) hamda Jamiyat va shaxs (III bo‘lim) bo‘limlaridagi moddalar SlUni tashkil etishga va faoliyat- ini amalga oshirishga nazariy tomondan xizmat qiladi. 0‘zbekiston Respublikasining Qonunlari 0‘zbekiston Re- spublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga binoan qonun- chilik tashabbusi huquqiga 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 0‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 0‘zbekiston Respublikasining Kon- stitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi hukuqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Asosiy qonuniy hujjatlarda SIU tuzish va faoliyatini amalga oshi- rish alohida qayd etilmagan bo‘lsada, lekin quyidagi qonun va qonun osti hujjatlar orqali tartibga solinishi mumkin: “Fuqarolik Kodeksi”ning 77-moddasi: “Fermer xo‘jaligi to‘grisida”gi Qonunning (2004-yil avgust- dagi yangi tahriri) 26-moddasi “Dehqon xo'jaligi to‘grisida”gi Qonunning (2004-yil avgust) 22-moddasi. “Nodavlat va notijorat tashkilotlar to‘grisida”gi Qonun (1999-yil 14 aprel) “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun (1993-yil 6 may) “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeks (1997-yil 25 aprel) Yer Kodeksi (1998-yil aprel Soliq Kodeksi (1997-yil 24 aprel) Qonunosti hujjatlar qonunlar asosida qabul qilinadi. Qonunosti hujjatlami qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanishi talab qilinmaydi hamda qonun hujjatlariga nisbatan tez qabul qilinadi. Bu hujjatlar asosan biror masalaga qaratilgan bo‘lib, uning barcha kirralarini qamrab oladi. Quyidagi qonunosti hujjatlar SIU faoli- yati bilan bog‘liq: • Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5 yanvardagi 8-sonli qa- rorining 7-ilovasi suv iste’molchilari kimlar va kimlar SIU a’zosi bo‘la olishiga aniqlik kiritadi. Suv iste’molchilari qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida muayyan miq- dorda suv olish, undan foydalanish va oqovaga chiqarish bilan bog‘lik xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiruv- chi yuridik va jismoniy shaxslar. Ular jumlasiga fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar kiradi. Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatlami amalga oshiruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik, jismoniy shaxslar birlashmasi (uyushmasi) hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi “0‘zbekiston Respublikasida cheklangan suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori suv taqchil bo‘lgan mavsumda suv taqsimlash tartib qoidalarini belgilab beradi. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-iyuldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining asosiy tamoyillari va tashkiliy tuzilmasini belgilab beradi. Shu qa- roming 5-ilovasiga ko‘ra, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi SlUlar- ni qo‘llab quwatlashi ta’kidlanadi. Agarda SlUni tashkil etish va boshqarishuchun qonuniy asoslar noaniq bo‘lsa, SlUning barqaror va to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi kiyinlashadi. Shuni ta’kidlash zarur- ki, SlUni tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatishiga faqatgina qo- nun hujjatlari yetarli emas. Buning o‘ziga xos muhim xususiyati shundaki, SlUlar uchun huquqiy asos qonun hujjatlaming barcha darajasida o‘z ifodasini topishi zarur. SIU to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilinishi yoki biror qo- nunga bu haqda maxsus bo‘lim kiritilishidan tashqari, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tishidan oldin SIU o‘z a’zolari tomonidan tas- diqlangan ichki tartib qoidalarini belgilab beruvchi ustaviga ega bo‘lishi kerak., Har bir SIU mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda suvga bo‘lgan talabni aniqlash, irrigatsiya-melioratsiya xizmati badalini hisoblash va to‘lash tartibi, suvni yetkazib berish tartibi hamda boshqa jarayonlami o‘z ustavida aks ettiradi. Shu nuqtayi nazardan SlUlaming ustavi bir-biridan farq qilishi mumkin. Ustav SlUning maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi asosiy ichki huj- jatdir yoki boshqacha so‘z bilan aytganda SlUning “asosiy qo- nuni” hisoblanadi. Ustav SIU tashkil etish, uyushma va a’zolarning huquq- majburiyatlari hamda uning tashkil iy tuzilmasini belgilab beruvchi ichki tartib-qoidalar to‘plamidir. Amaliyotda ustav tartib qoidalarining asosiy tarkibi SlUlar tuzishga asos bo‘luvchi qonun hujjatlaridako‘rsatilgan bo'ladi. Qonun hujjatlari va ustav o‘rtasidagi farq shundan iboratki, qonun hujjatlari SlUning umumiy tartib-qoidalarini ko‘rsatib bersa, ustav uning ichki tartib-qoidalarini batafsil belgilab bcradi. Qonun hujjatlari mamlakatdagi barcha SlUlarga taalluqli bo‘la- di, ustav esa qonun hujjatlari doirasida o'ziga hos bo‘lishi mumkin va har bir SlUning talablariga aniq javob beradi. Ustavni tayyorlash va tasdiqlash jar ay onida barcha SIU a’zolari faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq. Chunki u har bir suv iste’molchining manfaa- tini o‘zida aks ettirishi kerak. 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan namunaviy ustav tavsiya etilgan. Biroq tavsiya etilgan ustav asosida har bir SIU o‘z ustavini ishlab chiqishi lozim. Ustav loyihasi ishlab chiqilgach, SIU a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Har bir a’zo ustavning har bir bo‘limi bilan yaqindan tanishib chiqishi kerak. Odatda ustavda quyidagilar batafsil bayon qilinadi: • SIU a’zolari qabul qilgan qarorlarga so‘zsiz rioya qilish; suvga talabnoma berish tartibi; nizolami hal qilish tartibi; SIU tartib-qoidalarini buzganlarga jarima solish; Irrigatsiya xizmati badalini hisoblash usullari. Ustavni tasdiqdasb jarayonida SlUning barcha a’zolari to‘liq qatnashishlari maqsadga muvofiq. Ekin maydonining katta kichikligidan qat’iy nazar SlUning har bir a’zosi odatda bir ovozga ega boMadi. Ustav quyidagilami o‘z ichiga oladi: SlUning maqsadi va vazifalari hamda uyushma haqidagi umumiy ma’lumotlar: rasmiy nomi, manzili, xizmat ko‘rsatadigan hudud maydoni, a’zolar soni; SlUga a’zo bo‘lish tartibi; SIU ta’sis etish uchun zarur bo‘ladigan fermerlar soni. Ma- salan, muayyan hududdagi fermerlarning 50%dan ortigi SIU tu- zishni qo‘llab-quwatlasa, ulaming ovozi hal qiluvchi hisoblanadi; SlUning huquqiy maqomi notijorat yoki jamoat tashkiloti; SlUning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv organlari. Umumiy yig‘ilish, kengash, taftish komissiya, ijroiya organi tavsifi va vazifalari; irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlaridan foydalanish hamda ulami ishchi holatda saqlash tartibi; suv xizmatiga haq to‘lash-irrigatsiya xizmati badalini hisoblash, belgilash va yig‘ishning usullari va jarayoni; SIU a’zolarining huquq va majburiyatlari; SlUni tugatish va qayta tuzish; SlUlar federatsiyasini tashkil qilish. Federatsiya va undagi SlUlaming huquq va majburiyatlari va boshqa tartib qoidalar. SIU a’zolarining huquqlari, ustavning bu bo‘limi nihoyatda katta ahamiyatga ega, chunki SIU a’zolarining huquqlarini aniq bel- gilab beradi. Odatda a’zolaming huquqlari quyidagilardan iborat: uyushmanig boshqaruv organlariga saylash va saylanish; o‘z manfaatlariga tegishli bo‘lgan masalalar muhokamasida og‘zaki yoki yozma tarzda ishtirok etish; 158 belgilangan hajmdagi suv limitini olish; qo‘shimcha suv resurslari mavjud bo‘lsa, uyushmaga a’zo bo‘lmaganlarga nisbatan birinchi navbatda olish; o‘zining suv xo‘jalik obyektlarida uyushma yoki boshqa pud- ratlar bilan irrigatsiya-melioratsiya xizmatini ko‘rsatish shakllarini mustaqil belgilash; uyushma boshqaruv organi faoliyati to‘g‘risida o‘z ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarini ifodalovchi ma’lumotlami olish; o‘z qiziqish, manfaatlari va ehtiyojidan kelib ehiqqan holda SlUga takliflar kiritish; Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling