Sanoat reglamenti TD ishlab chiqarish sanoat reglamenti vosi- tasi bilan amalgaoshiriladi. Sanoat reglamenti faqattexnologikhuj- jat boTmasdan, balki undan dori ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda (agar u ishlab chiqarishga birinchi marta joriy qilina- yotgan bo'lsa) yoki ishlab chiqarishni o'zgartirishda foydalaniladi. Shuningdek, reglament asosida quyidagilar aniqlanadi:
texnik-iqtisodiy normativlar, shu jumladan xomashyo va material sarflash miqdori;
texnika xavfsizligi, sanoat sanitariya gigiyenasi va yong'in- ning oldini olish tadbirlari;
ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, sanoat oqova suviarini zararsizlantirish hamda tozalash, atmosferaga chiqarila- digan gazlarni zararsizlantirish choralari va hokazo.
Sanoat reglamentlari tajriba sexida va sanoat korxonalarida yoki ularning topshirig‘i bilan tarmoq ilmiy-tekshirish oliygohlarida yoki oliy o'quv yurtlarining kafedralarida ishlab chiqiladi. Sanoat reglamenti TST 64-2-72 bo'yicha „Kimyo-farmatsevtika mahsu-
16
lotlari sanoat reglamentini ishlab chiqish" tartibiga binoan ishlab chiqiladi va u 3 bosqichdan iborat bo'ladi.
Laboratoriya reglamenti - bu texnologik hujjat bo'lib, dori vositalarini ishlab chiqarishdagi ilmiy ish natijalarini laboratoriya sharoitida yakunlangan ko'rinishi bodib hisoblanadi. Laboratoriya reglamenti asosida tajriba sanoat qurilmalari loyihalanadi va ishla- tiladi. Bu qurilmalar yordamida dori mahsulotlari ishlab chiqarila- digan yangi texnologiya oTganiladi.
Sanoat tajriba reglamenti - bu ham texnologik hujjat bo'lib. tajriba-sanoat qurilmalarida dori ishlab chiqariladigan yangi tex- nologiyani oTganish nihoyasiga yetkaziladi. Bu bosqich ishlab chiqaruvchining laboratoriyasida dori mahsulotini sanoat miqyosi- da ishlab chiqarishni loyihalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |