0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishga tushirish reglamentini
- Dorixona sharoitida tayyorlangan dorilarni yagona rasmiylashtirish qoidalari
Reglamentni tasdiqlash. Laboratoriya reglamentini - shu reglamentni ishlab chiqqan korxona ilniiy rahbari; sanoat-tajri- ba reglamentini - texnologik jarayonni sanoat tajriba qurilmalari- da ishlab chiqqan korxonaning texnik rahbari mahsulotni sanoat miqyosida ishlab chiqarishni loyihalaydigan tashkilot va sanoat- ning shu tarmog‘i bo‘yicha bosh oliygohlar bilan kelishgan hol- da tasdiqlaydi.
Ishga tushirish reglamentini loyiha-texnik hujjatlami tayyor- lagan va bosh oliygoh bilan kelishgandan keyin ishiab chiqarish quvvatini ta'minlaydigan korxonaning texnik rahbari tasdiqlaydi. Sanoat reglamenti - ishlab chiqarish quvvatini ta'minlaydigan korxona texnik rahbari shu sohadagi bosh oliygoh bilan kelishgan- dan so‘ng tasdiqlaydi. Farmatsevtika fabrikalari reglamentini Res- publika sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydi. Ishga tushirish va sanoat reglamentlarining asosiy farqi shuki, ishga tushirish regla- menti loyihalangan va o'matilgan katta quvvatdagi sanoat ishlab chiqarish asbob-uskunlarida sinab ko‘rilib tegishli o'zgartirishlar kiritiladi, sanoat reglamentida esa ishlab chiqarish amalga oshgan bo‘ladi. Ishga tushirish reglamenti - agar FM ning talabalari hamda ish- lab chiqarishning texnik-iqtisodiy va loyiha ko'rsatkichlari to"la qondirilsa, sanoat reglamentiga o'tkaziladi. Sanoat reglamenti muhim hujjat bo'lib, DF va DST (ГОСТ) qoidalarini buzish mumkin bo‘lmaganidek, uni ham buzishga hech 20 kimning huquqi yo'q. Reglamentning bajarilishi korxonaning ;ex- nik-nazorat bo'limiga (OTK) yuklatilgan, u to'g'ridan-to'g'ri korxona direktoriga bo‘ysunadi. Kerak bo'lganda reglamentga tegishli o'zgarishlar va to'ldirishlar kiritiladi hamda qaytadan tas- diqlanadi. Dorixona sharoitida tayyorlangan dorilarni yagona rasmiylashtirish qoidalari SogMiqni saqlash vazirligining 1972-yil 19-iyuldagi 583-son buyrug'iga binoan „Dorixona sharoitida tayyorlangan dorilar- ni yagona rasmiylashtirish qoidalari" tasdiqlangan. Bu buyruqqa binoan yakka tartibda tayyorlangan hamda dorixonada oldindan tayyorlab qo‘yilgan (внутриаптечная заготовка) va qadoqlangan dorilar ishlatish usuliga qarab maTum namunadagi (образец) yor- liq (этикетка) bilan rasmiylashtiriladi. Dorixona yorliqlari asosi oq bo'lgan har xil ranglarda bo'ladi. Yashil rang ichiladigan dori- larga, to‘q sarig'i (оранжевий) - sirtga ishlatiiadigan doriiarga, pushti - ko'z dori turlariga (tomchi, surtma), ko‘k rang - inyek- siya qilinadigan dorilarga moTjallangan. Yorliq oTchami dori solib beriladigan idishlar hajmiga bog'liq. Yakka tartibda tayyorlanadigan dorilarni rasmiylashti- radigan yorliqlarda quyidagi belgilar boTishi kerak: tibbiyot va farmatsiya timsoii (ilonli kosa), dorixona HBsining nomi, dorixona raqami, retsept raqami, kasalning ismi-sharifi. qabul qilish usuli (ichishga, sirtga, inyeksiya uchun) yoki dori shak- lining turi (ko'z tomchisi. surtma doriiar va hokazolar), dori- ni qabul qilish tafsiloti (necha marta qabul qilish, ovqatdan oldinmi yoki keyinmi), miqdor o'lchovi (tomchi, qoshiqda va hokazo), dori tayyorlagan kun (sana), uning narxi. „Bolalardan ehtiyot qiiing" degan umumiy ogohlantiruvchi yozuv, inyek- siya, dori turining yorlig'ida yuborish usulini yozish uchun bo'sh joy bo'lishi kerak. Bundan tashqari, mikstura, ichishga mn‘ljallangan tomchilar, ko'z surtma dorisi va ko‘z tomchi- larini rasmiylashtirish uchun yorliqlarda bosma usulda yozil- gan quyidagi ogohlantiruvchi yozuviar bo'lishi kerak: mikstu- ra uchun „Salqin va qorong'i joyda saqlansin“ va „Ishlatishdan oldin chayqatilsin“. Yorliq yozuvi davlat va rus tillarida (ishlatish usuli kira- di) yozilgan boTishi kerak. Dorixonalarda oldindan tayyorlab qo‘yiigan va qadoqlangan dorilarning yorliqlarini rasmiylash- tirish yakka tartibda tayyorlangan dorilarni rasmiylashtirishga o'xshaydi. Farqi. retsept raqami, kasalning ismi-sharifi, qabul qilish to‘g’risidagi ko'rsatmalar bo'lmaydi. lekin turkum raqa- mi. qadoqlangan va tayyorlangan vaqti yozilgan bo'lishi kerak. Dorixonada oldindan tayyorlab qo'yilgan, qadoqlangan dorilar- ning yorliqlaridagi nomi bosma usulida yozilgan boTishi kerak. Ishlatilishi chegaralanganlarga esa dori nomi yozilgan muhrlar- dan foydalanish tavsiya etiladi. Tayyorlangan turkum raqami va qadoqlanganligi to‘g‘risi- dagi ma'lumot qadoqlash paytida to‘ldiriladigan yozuvlar daf- tari turkum raqamlariga to'g'ri kelishi kerak. Standart yorliqlard- agi yozuvlardan tashqari. dorixonada qo'shimcha ogohlantiruvchi yozuvli yorliqlar ham bo‘lishi kerak. Bu yorliqlar kerak bo'lganda qo'shimcha yopishtiriladi. Korxona sharoitida tayyorlangan TD tamg‘alash FM. VFM- larga muvofiq amalga oshiriladi. Tamg'atash, yorliqlarni yopish- tirish hamda idishlarga (taralarga, metall va plastmassa qalam- donlar, tabletka solinadigan probirkalar, ampulalarga), tegish- li so‘zlarni yozishda o'chmaydigan bo‘yoqlardan foydalanila- di. Har ikkala holda ham yozuvlarda quyidagi umumiy belgilar boTishi kerak: vazirlik nomi. tayyorlovchi korxona va uning tovar belgisi, dorining lotin va rus tillaridagi nomi, miqdori, ish- latish usuli, turkumi. guvohnomasi, qayd qilingan raqami, saq- lanish muddati (chiqarilgan vaqti, yaroqlilik muddati, oy va yil- lar) va narxi. Yorliqlar va yozuvlarda asosan saqlanish usuliga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha belgilar bo'lishi mumkin. Korxona ishlab chiqaradigan dorilarni tamg‘alashning o‘ziga xos jma- ti shundaki, kichik hajmdagi idishlar yorliqlar va belgilardan tashqari, dorilar o‘raladigan yoki solinadigan bog'lamlar. quti- lar, o'ramlar va boshqalar ham tamg‘alanadi. Tashqi yorliqlar- ning matn (bog'lamlar, qutilarga yopishtiriladigan) „ichkisiniki“ bilan bir xil boTadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling