Maydalagichlar to‘g‘risida tushuncha. O'simlik xomashyo- lari qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroran maydalanishi mumkin.
0’simlik xomashyolarini maydalash jarayoni o‘t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘t qirqgich oddiy tuzilgan bo'lib, diskli va do‘mbirali bo'ladi.
Do'mbirali o't qirqgichda egri chiziqli qirqgich pichog'i, sal- moqli g‘ildirak (маховик) kegay (спица) ga mustahkamlangan bo'ladi. O'simlik xomashyosi pichoq ostiga tasma yordamida
25
yuboriladi. Bunda tasma yoki pichoqning harakat tezligiga qarab maydalanish katta-kichikligi ta?minlanadi.
Ildiz qirqgichning ikkita pichog'i bo'ladi. Yuqoridagi pichog'i eksentrikka mahkamlangan bo'lib, yuqoriga va pastga harakat qila- di, pastdagisi qimirlamay turadi.
Maydalanadigan xomashyo pichoqlar orasiga harakatlanadi- gan tamovcha orqali yuboriladi. Mahsulotning maydalik darajasi pichoqlar oralig'ining katta-kichikligi bilan belgilanadi.
Agar o‘simlik quruq bo‘lib, kesish qiyin bo‘lsa. oldindan uni namlangan matoga o'rab qo‘yiladi.
Xomashyoni oxirigacha maydalashda har xil tuzilishdagi tegir- monlardan foydalaniladi.
Silliq va tishli-jo‘vali tegirmonlar. Bu maydalagichlaming ish unumi yuzasining tuzilishiga bog'liq. Tishli-jo‘vali tegirmon- lar silliq yuzaliga nisbatan ancha katta bo'laklami ham maydalash imkoniyatiga ega. Bunday tegirmonlar oziq-ovqat, kimyo sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Diskli tegirmonlar asosan tik holatda o"rnatilgan ikkita disk- dan iborat bo'lib, ularning biri aylanadigan disk, ikkinchisi aylan- maydigan disk bo‘lishi mumkin. Disklar yuzasiga bir necha qator aylanma tishlar o'matilgan bo‘ladi. Disk yopilganda bu tishlar bir- birining orasiga kiradi.
Disk harakatga kelganida maydalanadigan xomashyo tishlar orasiga tushib katta kuch bilan uriladi. kesiladi va ezilib maydala- nadi. Bunday tegirmon dismembrator deyiladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |