0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet17/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Kolloid tegirmonlar o‘ta mayda tolqon (упа) olish uchun ish- latiladi. Tegirmon ikkita tez aylanadigan konussimon g'ildirakdan iborat bo'lib, ulaming oralig‘i 0,005 mm ga teng. Jism shu oraliq- dan o'tib maydalanadi.
Maydalanadigan tuz har xil birikmalar, qotishmalar uchun tur- li xil tegirmonlar mavjud boTib ular: diskli, bolg'achali, qarama- qarshi oqimda ishlaydigan turlaga bo'linadi, tebranma harakatli va koiloidli tegirmonlarda esa, o‘simliklarni kesib maydalagich - o‘t va ildiz qirqgichlardan foydalaniladi.
Elaydigan mexanizmlar
Farmatsevtika korxonalarida elaydigan mexanizmlarning aso- san ikki xili ishlatiladi:
1. Tekis (yassi) elakli mashinalar.
28

2. Do'mbira (барабан) elakli mashinalar.
Yassi elakli mashinalarga tebranma va zirillovchi elaklar kiradi.
Tebranma elakli mashinalar. Bunda g‘ildirakchalar (ролик) ga 2-4° qiyalikda joylashtirilgan elak tirsakli o‘q yordamida ikki yo‘naltirgich orasida ilgarilama harakat qiladi. U har soniyada 50 dan 200 martagacha tebranib, amplitudasi 200 mm gacha bo‘ladi. Ancha mukammallashtirilgan mashinada elak qutisi (коробка) bilan oshiq-moshiqli (шарнир) ilmoq (подвес)^а yoki qiyshiq shotili tirgovich (opora)ga o‘matilgan bo‘lib, ilgarilanma-teskari harakat qiladi.
Bunda 2-3 tebraruna elak ustma-ust qo‘yib joylashtirilgan bo'ladi. Masalan, maydalangan xomashyoni tindirmayoki ekstrakt tayyorlashdan oldin ikkita ketma-ket joylashgan elakdan o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Xomashyo hampadan teshigi kichik bo‘lgan elakka tushib elanadi. Bunda diametri 0.5 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalar o‘tadi. Chang va mayda zarrachalardan tozalangan xomashyo ikkinchi elakda elanganda 3 mm dan kichik bo'lgan hamma zarrachalar o‘tadi, elakda qolganlari esa qaytadan mayda- lashga yuboriladi.
Zirillovchi elaklar. Zirillovchi (вибрацион) elaklar elektro- magnitli. giratsion va inresion elaklarga bo‘linadi. Zirill- ovchi elaklarni mayda tolqonlarni elashda ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki zirillovchi harakat elak teshiklariga tolqon tiqilib qolishining oldini oladi.
Elektromagnitli zirillovchi elakda ilgarilanma-qaytma mah- kamlanib qo‘yilgan yakoming navbatma-navbat magnitlanishi va magnitsizlanishi hisobiga amalga oshadi. Asbob elektr tarmog'iga ulanganda elektromagnit yakorni va unga mahkamlab qo‘yilgan elakni o‘ziga tortadi, bu vaqtida o‘ng tomondagi ulagich uziladi va yakor magnitsizlanadi, elakning orqaga harakati kuchli prujinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon 200 marta, 3 mm ampli- tuda bilan uzluksiz davom etaveradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling