Elashdagi triboelektrik hodisalar. Ishqalanish natijasida elektr zaryadlari hosil boUishiga triboelektrik hodisa deb aytiladi. Bunday hodisalar ba'zan dori moddalarni elashda ham yuz berib. bunda hosil bodgan zaryad qarama-qarshi qutbli bodishi mum- kin. Masalan, oltingugurt va qo'rg-oshin oksidining alohida-alo- hida zarrachalari ishqalanishi hisobiga manfiy, birgalikda esa har xil (oltingugurt manfiy, qo'rg'oshin oksidi musbat) zaryadlar hosil bodadi. Ba'zi elektr faol moddalar zaryadi yo‘qolgandan yoki chiqib ketgandan (утечка) so‘ng qattiq (прочний) bodaklar hosil qiladi. Bunday moddalarga qo‘rg‘oshin oksidi, bug'doy kraxmali, qand va boshqalar kiradi. Triboelektrik hodisalar elash jarayonni qiyinlashtirgani uchun uning hosil bo‘lishining oldini olish kerak. Buning eng qulay usuli elak materialini o‘zgartirish yoki tolqonlar- ni har xil usullarda elashdir.
Tolqonlarning niaydaligini aniqlash. Tolqonlarningmaydali- gi elak teshigining o'lchovi bilan aniqlanib maydalangan tolqon undan to‘la o‘tishi kerak. Maydaligiga qarab tolqonlar:
yirik;
o‘rtacha yirik;
o'rtacha mayda;
mayda;
juda mayda;
o‘ta mayda bo‘ladi.
Agar tolqonning maydalik darajasi ko’rsatilmagan bo‘lsa, zarrachalarning odchovi 0.150 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. XI DF 2-bo‘limidagi 1-jadvalga 23 elak kiritilgan bo‘lib, 7 xil mayda- lik darajasiga to‘g‘ri keladi. Bu jadvalda elaklar teshigining shakli. teshigining maqbul (номинальньгй) o‘lchovi (mm). elak materiaii va NTH bo‘yicha raqami, elak tayyorlangan materialining raqami. tolqonning kattalik darajasi koTsatilgan bo‘ladi (1-jadval). Elaklar to‘qima, teshilma va panjarasimon bo'ladi.
To‘qima elaklar - ipak, kapron iplaridan, po‘lat. jez va mis simlaridan to'qiladi. Ipak va kaprondan to'qilgan elaklar tur-
зо
li xildagi mayda hamda o'rtacha yirik tolqonlarni elashga ishla- tiladi. Ular mustahkam bo'lib, elangan materialning bir xilligini ta'minlaydi. Simdan to'qilgan elaklar hamma kategoriyadagi yirik tolqonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |