0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet44/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Organopreparatlar deb. hayvon a'zolari. to'qimalari va chiqin- di moddalaridan tayyorlanadigan preparatlarga aytiladi. XIX asr- da ichki sekretsiya bezlari kashf qilingandan keyin organopreparat- larning ilmiy asosi yaratildi.
Keyingi yigirma yil ichida organopreparatlar ishlab chiqa- rish juda rivojlandi. Hozirgi vaqtda qon tomir kasalliklari va saratondan keyingi uchinchi o'rinda allergiya kasalligi turadi. Atrof-muhitdagi havo, suv va tuproqning turli kimyoviy mod- dalar bilan o‘ta ifloslanishi organizm chidamliligini pasaytirib yubormoqda va uni turli allergik kasalliklarga chalinishiga olib kelmoqda. Hozir dunyo miqyosida 1300 xil allergen ma'lum, shundan 900 tasi O‘rta Osiyoda uchraydi. Ular ichida sun'iy usulda olingan dori-darmonlar ham bor. Shu sababli ularni orga- nizmga yaqin tabiiy birikmalar bilan almashtirish katta ahami- yatga ega.
Organopreparatlar maxsus endokrin zavodlarda. qushxona qoshidagi sexda yoki kimyo-farmatsevtika korxonalarida ish- lab chiqariladi. Odatda. bu korxonalar qushxonaga yaqin joy- da tashkil qilinadi. Qushxonalarda veterinar shifokor nazoratida so'yilgan hayvonlarning kerakli organlari ajratib olinadi va tez- da tegishli ishlab chiqarish sexlariga yuboriladi yoki ular kon- servatsiya qilinadi. A'zolar quyidagi usullarda konservatsiya qilinadi:

  1. Tegishli a’zo -8-12 °C da. ba'zan -40 °C da muzlatila- di. Bunda bezlardagi kimyoviy jarayon deyarli to‘xtaydi va ta'sir

87
qiluvchi moddalar parchalanishdan saqlanadi.

  1. 96 % li spirt yoki atsetonga solib qo'yiladi. Bu usulda a’zo- lar saqlanishdan tashqari, yog' va yog'simon moddalardan ham tozalanadi.

  2. Natriy xlorning to‘yingan eritmasi yoki quruq tuzga botirib qo'yiladi. Ishlatishdan oldin a’zolar yog‘-go‘shtlardan tozalanib. go'sht qiymalagichda qiymalanadi.

Organopreparatlar xossalari bolyicha bir necha xil tasnifla- nadi:

  1. qaysi a’zodan olinganligigaqarab (qalqonsimon bezpreparat- lari, buyrak usti bezi preparatlari, jigar preparatlari va boshqalar);

  2. texnologiya jihatidan - olinish usuli va tozaligiga ko'ra - quruq organopreparatlar, ichiladigan va inyeksiya uchun ishlatila- digan organopreparatlar;

d) ta’sir etuvchi moddasi bo'yicha (gormonlar, endokrin pre- paratlar. fermentlar. noaniq ta’sirga ega bo'lgan preparatlar).
Organopreparatlar tez parchalanib ketishi tufayli ularni tayyor- lash jarayonida maxsus asbob-uskuna (sirlangan idishlar va bosh- qa) lardan foydalanish, jarayonning tez bajarilishini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Organopreparatlar ko'pincha terapevtik unumdorligi bo'yicha o'ziga xos biologik, ba'zan kimyoviy usul- larda baholanadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling