Quruq organopreparatlarning umumiy olinish texnologiya- si. Ulami ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xomashyo- ni tozalash, qiymalash, quritish. yog'lardan tozalash, ajratuvchini uchirish, baholash va qadoqlash.
A'zo olinib, go‘sht qiymalagichda qiymalanadi. Qiyma sirlan- gan patnislarga yupqa qilib solinib. quritish javonida 40-50 °C haroratda quritiladi. Quritilgan mahsulot „Sokslet" asbobida benzin yoki petroley efiri bilan yog'sizlantiriladi. Ajratuvchi bug'latiladi. Quruq mahsulot tegirraonlarda maydalanadi va baholanadi.
Ichish uchun mo'ljallangan suyuq organopreparatlarning olinishi. Kerakli a’zo qiyma holiga keltirilib, tegishli ajratuvchi
88
(efic nordonlashtirilgan spirt. suv) bilan ajratma olinadi. Olin- gan ajratma suvli eritmaga o'tkazilib. yot oqsillar va yog'lardan tozalanadi. Buning uchun salqin joyda bir necha kunga qoldirish. izoelektrik nuqtasiga yetkazish. tuzlash kabi usullardan foyda- laniladi, suziladi va baholanadi. Yomon hidni yo‘qotish uchun unga essensiya qo'shiladi. So'ngra qadoqlanadi va salqin joyda saqlanadi.
Inyeksiya uchun ishlatiladigan organopreparatlarning oli- nishi. Bularni ishlab chiqarish quyidagi bosqichiardan iborat: ajrat- ma olish, yog'lar va oqsillardan tozalash. ta'sir etuvchi moddani ajratib olish. uni erituvchida eritish, baholash va qadoqlash.
Qiyma holiga keltirilgan xomashyodan tegishli ajratuvchi yor- damida matseratsiya yoki bismatseratsiya usulida ajratma oli- nadi. Ajratmani yog'lardan tozalash uchun ajratuvchi butunlay bug'latilib, qolgan suvli ajratma suziladi. So'ng teng miqdorda aralashtirilgan benzin va efir bilan ishlov beriladi. Ajratma qavat- larga bo'lingach, benzin qavati (yogiar) quyib olinadi. Oqsil mod- dalardan tozalash uchun yuqorida keltirilgan (sovuq joyda saqlash, izoelektrik nuqtaga keltirish. spirt yoki og'ir metall tuzlari bilan ishlash) usuliaridan foydalaniladi. Ajratma suziladi. biologik baho- lashdan so'ng qadoqlanadi. Faol moddani (gormon, ferment) ajratib olish uchun spirt yoki elektrolit eritmalari bilan cho'ktiriladi. Ajra- tib olingan faol moddalar kerakli erituvchida eritilib. baholanadi va turg'unlashtiriladi. Sterillash kimyoviy. fizik va mexanik usullarda bajariladi. Har bir idishning yorlig‘ida korxonaning nomi, manzil- gohi. ta’sir etuvchi moddaning birligi, tekshirilganligi. tayyorlan- gan vaqti va muddati ko‘rsatilgan bodishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |